Agar siz muloqotni iliqlik va samimiylik asosida qurishga harakat qilmoqchi bo’lsangiz, kuyida bildirilgan usullardan kengfoydalanishingiz mumkin.
Muloqotni iliqlik sari yetaklovchi kuyidagi omillar mavjud:
Boshqalar uchun qiziqarli bo’lgan suhbat mavzuini tanlang. Sizning suhbatdoshlaringiz nimaga qiziqishlarini aniqlang. Ularda qiziqish va intilishni uyg’otadigan mavzularga to’xtaling. Ulardan bu voqyealar va holatlar bo’yicha savollar so’rang. Oddiy suhbat odamlarni juda yaqinlashtiradi. Suhbatni ochiqlik va moyillik asosiga quring. Bunda mavzu emas, ko’proq tomonlar orasidagi bir biriga moyillik, qiziqish, samimiylik muhim ahamiyat kasb etadi.
Suhbatdoshingiz bilan birgalikda, hamkorlikda harakat qiling. Faqat o’zingiz gapirmang. Ko’proq uni eshiting. Unga yo’naltiruvchi savollar bering. Umumiylikka keltiruvchi har qanday mashg’ulot va suhbat tomonlar orasini juda yaqinlashtirishini esda tuting.
Agar suhbat orqali o’zingizni boshqa tomon bilan munosabatingizni iliqlik asosida shakllantirmoqchi bo’lsangiz, shunga mos va to’g’ri keladigan vaziyatni tanlang. Ikkalangiz tinch suhbat quradigan vaziyat suhbatning ana shunday tinch va ravon o’tishida juda katta rol o’ynaydi.
Suhbat uchun to’g’ri vaqt tanlang. Suhbatdoshingiz batamom o’zini erkin xis eta olsin. O’zingizga nisbatan unda ishonch uyg’oting. Suhbatdoshingiz biror narsadan havotirda, siqilgan, o’z xissiyotlari ichida bo’lsa, unga o’z xissiyotlarini samimiy o’rtoqlashishi uchun imkon yarating. Yoki, u o’z xissiyotlarini ochiq aytishdan hayiqsa, suhbatni orqaga surib turing. Inson emosional holati suhbatning iliqlik darajasiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Shu bois, suhbatdoshingizning emosional holati sizning maqsadlaringizga mutanosib, loyiq va teng bo’lishini kuting.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
Konfliktli vaziyatda qanday to’g’ri muloqat qoidalari mavjud?
To’g’ri muomala qilish usullariga doir maslahatlarni izohlang.
Tana zabonini qanday tushunasiz?
Tana zaboni qanday ko’rinishlari mavjud?
O’zgani anglash (eshitish) va o’zini anglatish qoidalari izohlang.
Mustaqil o’zlashtirishga tavsiya etiladigan adabiyotlar
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008.
Уткин A^. Koнфликт: теория и практика. M. “Изд-во” 1998 г.
Yoshlar va konfliktlar:Konfliktlar yechimiga o’rganish/ To’ychiyeva Gulxumor-Toshkent.2008 y
Ergeshova D.q., Najimov M.K. Yuridik konfliktologiya: O’quv qo’llanma - Т.: TDYuI , 2007.-97 b.
Konfliktologiya asoslari: O’quv qo’llanma/ R.Z.Jumayev, U.A.Ubaydullayev, B.A.Xujanov. - Toshkent: Akademiya, 2000. - 208 b.
MAVZU. Faol tinglash malakasi REJA
Tinglashga tayyorlik
Birovning his-tuyg’ulariga e’tiborli bo’lish
Konfliktli vaziyatda o’z amallariga mas’ul bo’lish
Odamlar fikrini faol eshitish ko ’nikmalari
Konfliktlar yechimining eng zarur shartlaridan biri - odamlarni faol eshitish ko’nikmasi hisoblanadi. Ammo hayotda aynan mana shu ko’nikmani faol ishlata biladigan odamlar soni juda kam topiladi. Hammamiz ham ko’proq o’zimiz gapirishni istaymiz, kamdan kam hollarda boshqalar so’zlariga quloq tutib, ularga o’z e’tiborimizni qaratamiz. Ammo insonni konflikt va tang holatdan olib chiqib ketadigan ko’nikmalardan biri aynan faol eshitish hisoblanadi. Ba’zan odamga e’tibor bilan quloq tutib, uning so’zlarini sabr bilan eshitishning o’zi uni tinchlantiradi va qoniqtiradi. Fikri eshitilgan inson o’zini o’ziga yordam berilgan, dardlaridan ozod bo’lgan, muammosi yechilgan deb hisoblaydi. Faol eshitish ko’nikmasi - o’z erkin hoxishingiz asosida ikkinchi planga o’tib, boshqa odamning nuqtai nazarini anglashga sayi-harakat qilish va uning xissiyotlari, fikrlari va qarashlarini adekvat tushunish hisoblanadi.
Faol eshitish talablari:
O’zingiz haqida umuman gapirmang
U tanlagan mavzuni umuman o’zgartirmang
Suhbatda umuman maslahat bermang, inson holatiga diagnoz qo’ymang, shu bilan birga suhbatdoshingiz so’zlarini baholamang, uning harakatlarini oqlamang, tanqid ham qilmang, piching ham qilmang, sabr bilan eshiting..
Oldindan nimalar deyishni o’ylab, rejalashtirib qo’ymang, rejalashtirish samimiylikni o’ldiradi.
Boshqalar xissiyotlarini inkor etmang, ularga befarq ham qaramang (ignorirovat). O’z xissiyotlaringizni nazorat qiling. U qanday gapirayotganligiga emas, u nima axborotlarni berayotganligi, sizga uzatishga harakat qilayotganligiga e’tibor bilan qarang. Uning xissiyoti nimadan iborat ekanligiga diqqat qiling. Asabiylashgan odamning ko’zlaridagi yosh, tartibsiz tana harakatlari, o’zini tuta bilmaslik kabilarga juda katta diqqat qiling. Chunki qattiq emosional holatdagi odamning xatti harakatlari tez o’zgaruvchan bo’ladi, mehr birdaniga qahrga aylanib ketishi mumkin. Shu bois, tana harakatlari sizga ichki kechinmalar borasidagi instinktiv ma’lumotlarni uzatadi. Ularni to’g’ri “tarjima” qilish, tahdid uyg’onishi va kuch ishlatilishidan o’zingizni muhofaza qila olishga doimo tayyor turing.
O’zingizni hamma aytilgan xis-tuyg’ularni tushunayotgandek tutmang, agar biror narsani tushunmasangiz, o’zingizni tushunganday tutmang.
Suhbatdoshingizning dardi, hayollari, xis-tuyg’ulari nimaga qartilganligini aniq belgilashga urining. Ularni aniqlash uchun savollar bering. Savollaringiz lo’nda va aniq bo’lsin. Savollar orada samimiylikni oshirishga xizmat qilsin.
Suhbatdoshingizni anglayotganligingiz, uning qarashlari siz uchun oydinlashganini bildira boring. O’z so’zlaringiz bilan vaziyatni so’zlab berishga harakat qiling. Bu sizning vaziyatni to’g’ri anglayotganligingizni nazorat qilib borish imkonini yaratadi.
Konflikt vaziyatlarda faol eshitish uch epatda o’tadi. Ularda axborot olish va uzatishning uch turi aks etadi: axborot almashuv, tasdiqlash bosqichi va tinchlantirish bosqichi.
Tasdiqlash, tomonlarni quvvatlash bosqichi - biror tomon o’z xis-tuyg’ularini ifodalash uchun boshqa tomonga ehtiyoj, zarurat sezganda yuzaga keladi. Masalan, siz biror kishi bilan dildan suhbatlashish uchun juda katta ehtiyoj sezasiz. Bu vaziyatda gapiruvchining vazifasi - o’z muammolarini ifodalash, eshituvchining vazifasi - uning xis-tuyg’ularini anglash va eshitish orqali, unga tinchlanish imkonini yaratishdan iborat bo’ladi.
Faol eshitish talablari amal qilayotganda kuyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
muammoni aniq belgilashga sayi-harakat qiling. Ba’zan muammo haqida aynan so’zlab berilayotganda u aniqroq va asosliroq belgilanadi. Muammoni har ikki tomon anglanganidan so’ng suhbatni davom ettiring.
muammo faktlari va ularga mutanosib o’z xis-tuyg’ularingizni mushohada eting. Masalan, “U sizga shunday degandan keyin, o’zingizni qanday xis qildingiz?”
suhbatdoshingizning xissiyotlarini so’z bilan ifodalab berishga urining. Bu unga o’z xulosalarining qayta anglanishi va to’g’rilanishiga ko’mak beradi.
o’zingizni va suhbatdoshingizni nazorat qilib boring. So’zlarning xissiyotlarga mutanosibligi, ularning real faktlar asosida kelib chiqqanligini aniqlab boring.
Mavzuga qayta-qayta takror e’tibor qilinishiga erishing. Mavzudan chetga chiqib ketmaslikni ta’minlang. Xissiyotlar ketidan ketib, suhbatdoshingiz chetga chiqib ketsa, uni bosim o’tkazmasdan qayta mavzu doirasiga olib kiring.
“Men sizni tushundim”, “Men buni bilaman”, “Men ham shunday bo’lgan edim” qabilidagi jumlalardan o’zingizni olib qoching. Chunki biz har doim ham boshqa inson tushgan va boshidan kechirgan vaziyatni adekvat tarzda anglay olmaymiz. Ko’proq uning xolatini aniqlashtirishga qaratilgan jumlalarni ishlating. Masalan, “Ko’rib turibman, sizga juda qiyin..”, “Qanday qiynalganingizni sezyapman...”, “Bu vaziyatni qanday qabul qilganligingizni faraz ham qilolmayman...”, “ Bu vaziyat sizni tang xolatga kiritib qo’yganligini ko’ryapman...”
O’z sirlaringizni oshkora qilmang. Muloqotdagi yaqinlik ko’p hollarda insonlarni o’zlari haqida ko’proq axborot berib yuborishi, o’z sirlarining oshkora bo’lishi uchun imkon yaratadi. Keyinchalik bunday qilganligingiz uchun kuyinishingiz mumkin.
Ochiq va samimiy suhbat yengillik topgan insonni har doim siz sari yo’lga tushish, sizdan doimiy foydalanish sari yo’llashi mumkin. Ammo sizning vaqtingiz har doim ham topilavermaydi. Vaqt topolmagan holatingizda esa mazkur suhbatdosh batamom sizga qarshi inson bo’lib qolishi mumkin. U kuyidagicha fikr yuritadi: “Ha, mening sirlarimni bilib olish uchun gaplashib, endi umuman menga qaramay qo’ydi”. Doimiy sirdoshga aylanib qolishdan o’zingizni saqlang.
Muloqot jarayonida tabiiy jimlik hukm surish vaziyatlaridan qo’rqmang. Ular tabiiy. Jimlik osoyishtalik alomati bo’lib, fikrlarning qayta anglanishi va mujassamlanishi uchun xizmat qilishi mumkin.
Insonning tana zaboniga e’tiborli bo’ling. Tana zaboni biror narsanining ochiq anglangani, yoki uning aksi, biror narsa tushunilmaganligini ko’rsatishi mumkin. Bu esa sizning suhbatni to’g’ri yo’naltirishingiz uchun asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |