Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti elektr energetikasi kafedrasi «elektr texnik materiallar»


) Internet tarmog‘idan foydalanish



Download 1,5 Mb.
bet11/15
Sana30.05.2023
Hajmi1,5 Mb.
#945850
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ETM dan M ishlarni bajarish uchun uslubiy korsatma (2)

4) Internet tarmog‘idan foydalanish. Fan mavzularini o‘zlashtirish, amaliy mashg‘ulot va mustaqil ishlarni yozishda mavzu bo‘yicha internet manbalarini topish, ular bilan ishlash nazorat turlarining barchasida qo‘shimcha reyting ballari bilan rag‘batlantiriladi;
5) Mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o‘quv loyihalarini ishlab chiqish, shuning bilan birga ishtirok etish;
6) Amaliyot turlariga asosan material yig‘ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish, hisobotlar tayyorlash;
7) Ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;
8) Mavjud amaliy mashg‘ulot ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distansion) ta’lim asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlash va h.k.
Yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirishni ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.
Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Ushbu fanda sanoat korxonalarda iste’molchilarning reaktiv quvvat iste’moli xarakteri o‘rganiladi. Tabiiy va sun’iy usullar asosida sistemadan reaktiv quvvat qabulini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. O‘qitilayotgan fanning mazmuni, uning ilmiy va amaliy axamiyati. Reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari: asinxron yuritgichlar, transformatorlar, reaktorlar, elektr xavo tarmoqlari, o‘zgartgichlar. Reaktiv quvvatni liniyalar bo‘ylab va transformator orqali uzatishning zararligi. Reaktiv quvvat manbasini iste’molchilarga yaqinlashtirishning maqsadga muvofiqligi.


Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar “Elektr texnik materiallar” fanini o‘zlashtirish jarayonida magistr:
- quvvat koeffitsienti;
- tabiiy va umumiy reaktiv quvvat koeffitsienti, reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish tadbirlari;
- sinxron yuritgichlarni kichik quvvatli yuritgichlar bilan almashtirish;
- muntazam kam yuklama bilan ishlovchi yuritgichlar qisqichlaridagi kuchlanishni pasaytirish;
- asinxron yuritgichlar o‘rniga sinxron yuritgichlarni ishlatish;
- kam yuklamali transformatorlarni quvvati kichigi bilan almashtirish haqida tasavvuriga ega bo‘lishi;
- sinxron kompensatorlar;
- generatsiya qilinayotgan reaktiv quvvat miqdorini o‘zgartirish;
- kondensatorlarni ulanish svxemalari;
- kondensatorlarni ulash, kondensatorlar ximoyasi. kondensator batareyalarini joylashtirishni bilishii va ulardan foydalana olishi;
- kompensatsiyalovchi qurilmaning asosiy elementlari;
- kompensatsiyalovchi qurilmalarning quvvatlarini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- yuritgichlar va payvandlash transformatorlarining salt ishlash rejimlari cheklash;
- kuch transformatorlari quvvatlarini reaktiv quvvatni kompensatsiyalanishini xisobga olib tanlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
-ma’ruzalar;
-interfaol keys-stadilar;
amaliy mashgulotlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
- guruxlarda ishlash;
- taqdimotlarni qilish;
- individual loyihalar;
- jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushoxada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish .



Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish