Maruza №1 1-mavzu: Fanning vazifa va mazmuni



Download 22,95 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi22,95 Kb.
#293876
  1   2
Bog'liq
1 maruza(1)


Maruza №1
1-mavzu: Fanning vazifa va mazmuni. Ishonchlilik nazariyasi asosiy tushunchalari. (4-soat)
Reja:

1. Ishonchlilikning falsafiy jihati?

2. Ishonchlilikning asosiy atama va tushunchalari?

3. Fanning maqsadi va vazifalari?
Tayanch iboralar: Elektr qurilmalari, ekspluatatsiya, falsafa, ishonchlilik, sarf-xarajat, evolyusion, buzilmaslik, chidamlilik,
1. Ishonchlilikning falsafiy jihati
Ishonchlilik muammosining falsafiy jihati ikki savolga javob berishni talab etadi :

1) Vaqt o‘tishi bilan elektr qurilmalarini dastlabki xarakteristikalarini yo‘qotishi majburiy jarayonmi?

2) Uslubiyat nuqtai nazaridan qaraganda ishonchlilik muammosini kanday falsafiy tushuncha va qonuniyatlar belgilaydi?

Elektr qurilmalari atrof-muhit, inson, ob’ekt va h.k. lar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bunda har xil sabab va oqibat bog‘lanishlari yuzaga keladi. Elektr qurilmalariga ta’sir etuvchi omillar sonining ko‘payishi uning sifat ko‘rsatkichlarini tadrijiy (evolyusion) o‘zgartiradi va dialektika qonunlariga asosan boshqa sifat holatiga olib keladi. Shuning uchun ekspluatatsiya jarayonida elektr qurilmalarida kechayotgan o‘zgarishlar, falsafa nuqtai nazaridan, hamma moddiy ob’ektlarning eng muhim sifati- harakatning qonuniy namoyon bo‘lishidir, chunki tabiatda o‘zgarmaydigan hech narsa yo‘q. Noxush o‘zgarishlarni sekinlatish mumkin, lekin ularni butunlay yo‘q qilish mumkin emas.

Shuning uchun quyidagilarni o‘rganish maqsadga muvofiq:

- elektr qurilmalariga o‘tkaziladigan zarar ta’sirlar manbai va sabablari;

- elektr qurilmalarining ishlash qobiliyatini pasaytiruvchi jarayonlar fizik mohiyati;

- elektr qurilmalarining har xil ta’sirlarga qarshi aks ta’siri;

- yuqorida keltirilgan omillar asosida kerakli vaqt davomida berilgan vazifalarni bajara oladigan tizimlarni yaratish.

Buyumning ishonchliligi uning asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biridir.

Falsafa nuqtai nazaridan olib qaralganda sifat – bu ob’ektning o‘ziga xosligi va boshqa ob’ekt va hodisalardan farqini ifodalovchi belgilar majmuidir. Vaqt davomida sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarishini o‘rganuvchi ishonchlilikni "sifat dinamikasi" deyish mumkin.

1.2. Ishonchlilikning iqtisodiy jihati Ishonchlilik muammosining falsafiy jihati ikki savolga javob berishni talab etadi :

1) Vaqt o‘tishi bilan elektr qurilmalarining dastlabki xarakteristikalarini yo‘qotishi majburiy jarayonmi?

2) Uslubiyat nuqtai nazaridan qaraganda ishonchlilik muammosini kanday falsafiy tushuncha va qonuniyatlar belgilaydi?

Elektr qurilmalari atrof-muhit, inson, ob’ekt va h.k. lar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bunda har xil sabab va oqibat bog‘lanishlari yuzaga keladi. Elektr qurilmalariga ta’sir etuvchi omillar sonin ing ko‘payishi uning sifat ko‘rsatkichlarini tadrijiy (evolyusion) o‘zgartiradi va dialektika qonunlariga asosan boshqa sifat holatiga olib keladi. Shuning uchun ekspluatatsiya jarayonida elektr qurilmalarida kechayotgan o‘zgarishlar, falsafa nuqtai nazaridan, hamma moddiy ob’ektlarning eng muhim sifati- harakatning qonuniy namoyon bo‘lishidir, chunki tabiatda o‘zgarmaydigan hech narsa yo‘q. Noxush o‘zgarishlarni sekinlatish mumkin, lekin ularni butunlay yo‘q qilish mumkin emas.

Ishonchlilikning erishilgan darajasini baholash va uni oshirish zarurligi iqtisodiyot nuqtai-nazaridan xal qilinishi kerak, chunki iqtisodiyot ishonchlilik masalalarini yechishda asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.

Ishonchlilikning talab etilgan darajasiga erishish uchun har xil variantlarni taqqoslayotganda elektr qurilmalarini ishlab chiqarish va uning ekspluatatsiyasi sarf-xarajatlarini hamda ulardan foydalanishda olinadigan samaradorlikni hisobga olgan holda eng ko‘p majmuiy iqtisodiy samara olish shartining bajarilishini ta’minlamoq kerak.

Elektr qurilmalari ekspluatatsiyasi jarayonida majmui iqtisodiy samaraning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi quyidagi omillarga bog‘liq:

1. Yangi elektr qurilmalariga ketgan sarf-xarajatlar (loyihalash, ishlab-chiqarish, sinash, sozlash, tashish va h.k.) – QI; va ekspluatatsiya sarf xarajatlari (texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash) – QE(L).

QI va QE – samaradorlik balansida hamma vaqt manfiy son.

2. Elektr qurilmalaridan foydalanish iqtisodiy samara-foyda beradi QP(L).

Vaqt o‘tishi bilan QE(L) o‘sa boshlaydi, chunki elektr qurilmalarieskiradi va u yo‘qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-xarajatlar ko‘payadi (1-rasm).


Ikkinchi tomondan, vaqt o‘tishi bilan QR(L)ning o‘sish sur’ati pasayadi, chunki elektr qurilmalarining texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlashlarda turib qolishi uning unumdorligini pasaytiradi. Shuning uchun ham majmuiy samaradorlik egri chizig‘i

Q(L)  QP(L) - (QI QE(L)), (1)

eng yuqori nuqtaga ega va ikki marta abssissa o‘qini kesib o‘tadi. Q(L) ning o‘sishi bilan LLTq ga teng bo‘lgan vaqtdan boshlab

QI  QE(L)  QP(L), (2)

tenglamasiga ega bo‘lamiz (LTq - sarf-xarajatlarning qoplanish muddati, ming km). ya’ni elektr qurilmalarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar qoplangan bo‘ladi va LLTq dan boshlab elektr qurilmalarifoyda keltirishni boshlaydi. Lekin olinadigan foydaning o‘sishi ekspluatatsiya xarajatlarining LLOX gacha bo‘lgan vaqtida kamayadi. (LOX-elektr qurilmalariishlashining chegaraviy muddati).

Bunda yana QIQE(L)Qr(L) holatiga ega bo‘lamiz. L>LOX bo‘lsa, ekspluatatsiya xarajatlari olinadigan iqtisodiy samaradan katta. Elektr qurilmalarining iqtisodiy maqbul ekspluatatsiya muddati LMAXEOX chegarada yotadi. Demak, elektr qurilmalari variantini ishonchlilik nuqtai nazaridan tanlayotganda uning ishlab-chiqarish va ekspluatatsiya xarajatlarini olinadigan iqtisodiy samara bilan taqqoslash kerak. Elektr qurilmalariishonchliligini baholayotganda iqtisodiy ko‘rsatkich asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.



Download 22,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish