Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti elektr energetikasi kafedrasi «elektr texnik materiallar»


Mustaqil ishni bajarish tartibi va vazifalari



Download 1,5 Mb.
bet2/15
Sana30.05.2023
Hajmi1,5 Mb.
#945850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ETM dan M ishlarni bajarish uchun uslubiy korsatma (2)

Mustaqil ishni bajarish tartibi va vazifalari
Talabaning mustaqil ishi o’quv rejasidagi «Elektronika» fanini o’zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarini ajralmas qismi bo’lib, u uslubiy va axborot resurslari jihatdan ta’minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
O’quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo’yicha to’plagan reyting baholari fan bo’yicha auditoriyadagi o’quv ishlariga berilgan reyting baholari bilan birgalikda guruhning reyting qaydnomasida, talabaning reyting daftarchasida va o’qish yakunida bitiruvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida qayd etiladi.
Talabaning mustaqil ishini asosiy maqsadi – o’qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o’quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;

  • kerakli mahlumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;

  • anhanaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar, mehyoriy xujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o’quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;

  • internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;

  • berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;

  • topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;

Talaba mustaqil ishini tashkil etishda «Elektr texnik materiallar» fanining akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda kuyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • ayrim nazariy mavzularni o’quv va ilmiy adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish;

  • berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;

  • seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;

  • laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish;

  • hisob-grafik ishlarini bajarish;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash va amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish (keys-stadi);

  • maket, model, va namunalar yaratish;

  • ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash.

«Elektr texnik materiallar» fanining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin.
“Elektr texnik materiallar” fani bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari kafedra professori (yoki yetakchi dotsenti) tomonidan o’quv mashg’ulotlarini bevosita olib boruvchi o’qituvchi bilan birgalikda tuzilgan hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo’yicha dastlabki ko’rsatma va tavsiyalar qayd etilgan.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbaasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog’idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo’yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Mustaqil ish fan uchun ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan bohalanadi va natijasi fan bo’yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. Talabaning reyting ko’rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo’yicha, an’anaviy guruh reyting oynasida va fakultetning maxsus elektron tarmog’ida yoritib boriladi. Mustaqil ishni nazorat qilish turlari va uni baholash mehzonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet ilmiy Kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash mehzonlari talabalarga o’quv yili boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. Mustaqil ish bo’yicha belgilangan maksimal reyting bahoning 55% dan kam ball to’plagan talaba fan bo’yicha yakuniy nazoratga qo’yilmaydi.
Elektr texnik materiallar fani bo’yicha talabalarning mustaqil ishlari bo’yicha o’zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig’ilishlari va fakultet ilmiy Kengashlarida muhokama etib boriladi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro’yxatga olinadi va o’quv yili mobaynida saqlanadi.



Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish