O‘lchov metodikasi
Monokristall xossali anizotrop qotishmalarni puxtalikka baholash
|
|
Har bir namuna o‘lchamlarini olishda indentor ma’lum burchakka buriladi. Anizotrop xossali namunanig izlaridagi dioganallari baholanadi
|
Bir xil bo‘lmagan mikro strukturali metall va qotishmalarni plastik deformasiyani hajm bo‘yicha baholash
|
|
Hosil bo‘lgan silindrsimon namunalarda sinalayotgan masofalar oralig‘i l 100 dan kam bo‘lmagan izlar mikroqattiqligi paydo bo‘ladi kam yuklanishli identorda (0,0196-0,049 N), deformasiya orqali hosil bo‘lgan statikaviy izlar orasida masofa qiymatlarianiqlanadi
|
Mikroqattiqlikdagi mikroskop PMT-3M
Mikroqattiqlikdagi mikroskopni umumiy ko‘rinishi 1 rasm.
1 rasm. Mikroqattiqlikdagi mikroskopni umumiy ko‘rinishi PMT-3M: 1 - asosi; 2 – ta’minlash blokini kiritish tumblyori; 3 – yorug‘lik kuchini sozlovchi ruchka; 4 – yuqori stolga o‘rnatiladigan vint; 5 – stoporli vint; 6 – sinaladigan stol; 7 – namunani ko‘rish uchun yorug‘lik darajasi; 8 – namunani shaklini o‘zgartirish vinti; 9 – mexanizmni stopor harakatini sozlash dastagi; 10 – o‘rnatilgan monokulyar vinti; 11 – okulyarli mikrometr; 12 – egiluvchi monokulyar jihozi; 13 – harakatli burash gaykasi; 14 – mikrometrli harakatni burash gaykasi; 15 - tubuushlagich; 16 – tubuushlagichni qotirish vinti; 17 – lentali rez’bali tubuushlagichni joylashtirish gaykasi; 18 - svetodiod; 19 - yoritish; 20 - kolonka; 21 – yorug‘likfiltrlari
Sinalayotgan namuna mikroskop stoliga o‘rnatiladi, namunadagi izlar topiladi va mikroqattiqligi aniqlanadi. Keyin namuna shunday joy strukturasi tanlanadi va olmos uchli piramida olib boriladi (harakatdagi mikroskop stoli 1800 burchak ostida buriladi). Olmos uchli piramida namunaga botirilgandan so‘ng yuklanish olinadi harakatdagi mikroskop stoli orqali qoldirgan strukturadagi piramida izining dioganal uzunliklari o‘lchanadi. Dioganalning uzunligini yanada aniqroq o‘lchash uchun stolning tebranishi hisobga olish kerak. Olmos uchli piramida va mikroskopning okulyar o‘qlari harakatdagi stoldagi namuna 1800 burchakka burilganda to‘g‘ri tartiblangan bo‘lishi kerak aks holda sinalayotgan namunamizning mikroqattiqligi hatoliklar bo‘lishi mumkin. Ushbu holatni bartaraf etishda markaziy qurilmaning maxsus sxemasi berilgan.
Namunadagi botirilgan to‘rt yoqli piramidaning metal qotishma strukturadagi izning asosi to‘rtburchak shakli hosil bo‘lgan bo‘lishi kerak. Amaliyotda ko‘p hollarda plastik-mo‘rt majmuali xossaga ega bo‘lgan materiallar tadbiq qilinishi kuzatiladi, ushbu namunadagi izning shakli to‘rtburchakli yoki rombli holat aks etgan bo‘ladi. Izning rombli shakli qirqilgan materiallar tekisligida paydo bo‘ladi, ushbu namunalarda perpendikulyar yunalishdan anizotrop mo‘rtli kuchlar hosil bo‘lishi kuzatiladi.
Nazariy qism
Mikroqattiqlikdagi mikroskop PMT-3M bilan ishlashda tartib boshqarish talab qilinadi. Namunani sinashda shoshilmasdan sekin, ohista, har xil tebranish va ortiqcha kuchlarsiz bajarilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |