63
MAVZU 16
RUDA KONLARINING UMUMIY TAVSIFI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Reja:
1. Rudalarning foydali komponentlar turlariga qarab bo’linishi.
2. Ruda konlarining o’ziga xos xususiyatlari.
3. Ruda yo’qotilishi va sifatsizlanishi.
Foydali komponentlar turi bo’yicha rudalar metall va nometall guruhlarga bo’linadi. Qora
metall (temir, marganets, xrom, titan, nikel va kobalt), rangli metall (miss, qo’rhoshin, ruh,
alyuminiy, volfram, molibden, qalay, simob va surma), nodir metall (oltin, kumush, platina) va
radioaktiv metall (uran, toriy) rudalari metall rudalari guruhiga kiradi. Apatit, fosforit, tosh tuz,
qurilish materiallari sifatida ishlatildigan va tarkibida qimmatbaho toshlari bor jinslar, shungidek
grafit, slyuda va boshqa mineral xom ashyolar nometall rudalar guruhini tashkil qiladi.
Tarkibidagi foydali komponentlar soni bo’yicha metall rudalar oddiy (monometalli) va
murakkab (polimetalli) bo’lishi mumkin. Ruda koni yoki uning bir qismini qazib olish va qayta
ishlash uchun sarflanadigan harajatlar ruda tarkibidagi foydali komponnt o’rtacha miqdori
qiymatiga teng bo’lsa, uni promminimum yoki ishlab chiqarish minimal miqdori deyiladi. Agar kon
jinsi tarkibida promminimum miqdorida yoki undan ko’p foydali komponent bo’lsa, kon jinsi ruda,
aksincha bo’lgan taqdirda esa, foydasiz kon jinsi deyiladi.
Ruda konlari quyidagi o’ziga xos xususiyatlari bilan ko’mir konlaridan farqlanadi:
ko’mirga nisbatan ancha katta qattiqlik va tirnovchanlikka ega. Ko’pchilik rudalarning qattiqlik
koeffitsiyenti 8 – 12, ayrimlarniki esa 15 - 20 va undan ham katta bo’ladi. Rudaning ushbu
xususiyatlari ko’mirnikidan bir necha barobar katta bo’lganligi sababli uni massivdan ajratib olish
uchun burg’ulab-portlatish usuli qo’llaniladi va ko’mirda qo’llaniladigan mexanizatsiya hamda
transport vositalaridan o’zgacha vositalardan foydalaniladi;
- ruda tanalari yotish elementlarining turli-tumanligi standart texnologik qaror qabul
qilish, konni ochish va uni qazishga tayyorlash sxemalari va qazish tizimlarini tanlab
olishga katta ta'sir ko’rsatadi;
- ruda tarkibidagi foydali komponent, shuningdek, minerallarning ruda tanasi hajmi
bo’yicha o’zgaruvchanligi turli bloklardan qazib olingan va turli tarkibdagi rudalarni
omuxtalash asosida foydali komponent miqdorini o’rtachalashtirish zaruriyatini
tug’diradi;
- ruda bo’laklarini ruda tushirgichlar orqali o’z og’irlik kuchi ostida 100m va undan
ko’p chuhurlikdagi pastki gorizontlarga tushirilganda maydalanib ketishining kamligi.
Bu xususiyat konni ochish va bloklarni hazishga tayyorlash jarayonlariga ta'sir
ko’rsatadi;
- kon-geologik
sharoitlar va texnologik jarayonlarni borishi to’g’risidagi
ma'lumotlarning kamligi ularni tezkor nazorat qilish ishlarini qiyinlashtiradi;
- ba'zi rudalarning o’z-o’zidan yonish va qisqa vaqt davomida jipslashishga moyilligi
massivdan ajratib olingan rudani magazinlashtirilgan qazish tizimi orqali qazib olishni
inkor etadi;
- ko’pgina rudalarning ko’mirga nisbatan yuqori qiymatga ega bo’lishi ularni yuqori
darajada va sifatli qazib olishga qat'iy talablar qo’yadi.