Geodeziyaning boshqa fanlarga bog’liqligi. Geodeziya fani matematika, astronomiya,
geografiya fanlari bilan bir vaqtda va chambarchas munosabatda taraqqiy etdi. Geodezik asboblar
nazariy jihatdan fizik qonunlari asosida yasaladi, o’lchash natijalari matematik qoidalar bo’yicha
hisoblanadi. Yer yuzasida nuqtalar o’rni geografik va astronomik koordinatalar bo’yicha
belgilanadi. Yer shakli va uning o’zgarishidagi jarayonlarni o’rganishda geofezika va geologiya
kabi fanlardan foydalaniladi. Hozirgi davrda geodeziya fani mexanika, avtomatika, elektronika
fanlari bilan va, hatto, kosmik kuzatish natijalari bilan bog’liq holda taraqqiy etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |