58
MAVZU 14
GEODEZIYA FANI, UNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI.
Reja:
1. Geodeziya fani hahida umumiy ma'lumotlar.
2. Geodeziya fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
3. Geodeziya fani tarixidan qishacha ma'lumot.
Geodeziya so’zi grekcha so’z bo’lib geo-yer, dezus-bo’lish degan ma'noni bildiradi.
Geodeziya fani-yerning shakli va o’lchamlari, yer yuzidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan
o’rnini aniqlashda, yer yuzining xarita, plan, qirqimlarini tuzishda hamda muxandislik inshootlarini
qurishda bajariladigan o’lchashlar nazariyasi va amaliyoti haqidagi fandir.
Shunga ko’ra, geodeziya fani amaliy geometriya (yer o’lchash) deb ham yuritilgan. Lekin
hozirda geodeziya xalq xo’jaligining turli sohalaridagi qurilishga doir muhim va murakkab
masalalarni yechish bilan shug’ullanadi. Masalan, yer shakli va kattaligini aniqlash, yer yuzasi
ma'lum qismining plan, karta va profillarini chizish, qishloq xo’jaligini planlashtirish, turli
inshootlar barpo qilishda bajariladigan qidirish, o’lchash va loyihalash ishlarini turli asboblar
yordamida amalga oshirish yo’llarini o’rganish hozirgi geodeziya faninig umumiy vazifasidir.
Bajariladigan ishning mazmuni va usuliga qarab geodeziya quyidagicha bo’linadi va ta'riflanadi.
Yer yuzasi bo’laklarining ko’rinishi va kattaligini aniqlab, uni plan, karta va profillarda
tasvirlash yo’llarini va bunda ishlatiladigan asboblarni o’rganadigan fan geodeziya deyiladi.
Butun yerning umumiy shakli va o’lchamlarini aniqlash, yer yuzasida bir sistemada planiy va
balandlik bo’yicha tayanch punktlar o’rnatish va ularning tarmoqlarini barpo etish masalalariga doir
o’lchash va o’lchash natijalarini tenglash ishlari bilan shug’ullanuvchi fan oliy geodeziya deyiladi.
Geodeziyaning xalq xo’jaligidagi turli sohalarda bino, yo’l, kanal, aerodrom, stantsiya kabi
injenerlik inshootlari o’rnini aniqlash, ularni plan, karta va profilda loyihalash, joyga ko’chirish va
qurish hamda undagi o’zgarishlarni kuzatish ishlariga doir o’lchash usullarini o’rganuvchi maxsus
bo’lim injenerlik geodeziyasi deyiladi.
Demak, injenerlik geodeziyasi geodeziya fani qoidalarini turli injenerlik inshootlari barpo
etishga doir o’lchash ishlariga tatbiq etish yo’llarini o’rganadi.
Yer yuzasining katta qismini qog’ozda tasvirlashning qoida va usullarini o’rganuvchi fan
kartografiya deyiladi.
Aviatsiyaning taraqqiy etishi bilan geodeziyaning s'yomka (plan olish) ishlarida joyni havodan
suratga olish usuli qo’llanila boshladi: bu usul qoidalarini o’rganuvchi fan aerofoto-geodeziya
deyiladi.
Yerning sun'iy yo’ldoshidan turib yer shaklini aniqlash va yer yuzasi suratini olish usullarini
o’rganuvchi fan kosmik geodeziya deb ataladi.
Yer massasida uzluksiz bo’lib turgan geologik va geofezik hodisalar yer shakli va yuzasining
o’zgarishsiz qolmaydi. Shunga ko’ra, hozirgi geodeziya fanining vazifasi yer yuzasida bo’ladigan
hodisalarni statikaviy hol deb qaramay, balki murakkab dinamikaviy jarayon deb qarab, geofezika
va gravimetriya fanlari yutuqlari asosida geodenamik poligon usulini tatbiq etib tadqiqot ishlari olib
borishdan iboratdir.
Davrimizda sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda keng ko’lamda jadal olib borilayotgan
turli qurilish ishlari, masalan, temir va tosh yo’llar o’tkazish, kanal qazish, katta-kichik binolar,
to’g’on, aerodrom, turli stantsiyalar kabi inshootlar qurish injenerlik geodeziyasi oldiga katta,
59
murakkab va mas'uliyatli vazifalar ho’ymoqda; bular geodeziya fanining turli ixtisosliklarga
bo’linib o’sishiga undadi, yangi ish usuli va yangi asboblar yaratilishiga katta yordam berdi va
bermoqda.
Har qanday qurilish ishi geodeziyaga oid o’lchash ishlari bilan boshlanadi, davom etadi va
tugaydi. Masalan, kanal qazish yoki yo’l o’tkazish uchun avval shu inshoot o’tishiga mo’ljallangan
joy kartada belgilanadi, keyin u bilan joyda tanishiladi (bu ish rekognostsirovka deyiladi), yo’lning
o’q chizig’i belgilanadiki, inshoot qurish uchun mo’ljallangan bu joy trassa deyiladi.
Trassaning o’q chizig’i belgilanib joy syomka qilingach, nivelirlanadi. O’q chizig’i profili
chizilib, loyiha chiziqlari o’tkazilgach, ish otmetkalari hisoblanadi. So’ngra loyihadagi nuqtalar
otmetkalari bo’yicha joyga ko’chiriladi. Shundan keyingina qurilish ishi boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: