Sirpanma (skat) – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya kon lahimi. Yuqori
gorizontdan qazib olingan foydali qazilmani pastki gorizontga o’z og’irlik kuchi ta'sirida tushirishga
xizmat qiladi.
Yo’lak – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan, bremsberg yoki uklonning bir tomoni
yoki har ikki tomonidan ularga parallel o’tiladigan qiya kon lahimi. Yo’laklar odamlar yurishi,
materiallarni tashish, shaxtani shamollatish va boshqa yordamchi ishlarni bajarishga xizmat qiladi.
Pech – yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan qiya kon lahimi. Pechlar, odatda foydali
qazilma qatlami bo’ylab, uning qalinligi orasidan o’tiladi. Ular odamlar yurishi, uskuna va
materiallarni tashish va boshqa yordamchi ishlar uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |