Talabalarning bitiruv malakaviy amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun mavzu bo`yicha berilgan korxona bilan yaqindan tanishish va kerakli materiallarni to`plash uchun joriy qilingan. Talabalar bitiruv malakaviy amaliyotiga institutning ishchi o`quv rejasida keltirilgan barcha fanlarni to’liq o’zlashtirilgandan so’ng institutning o’quv jarayoni grafigi asosida bitiruv malakaviy amaliyotiga ruxsat beriladi.
Bitiruv malakaviy amaliyotinining maqsadi:
1. Amaliyot o`tilayotgan korxonaning tegishli sexi va bo`limida mavjud texnologiya, uskuna va jihozlarni o`rganish orqali institutda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash.
2. Kafedra tomonidan berilgan topshiriq bo`yicha bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun ma’lumotlar to`plash.
Bitiruv malakaviy amaliyotini o`tash jarayonida talaba korxona ichki tartib-qoidalariga bo`ysinadi va amal qiladi. Talabaga shu muddatga institutdan va korxonadan amaliyot rahbari tayinlanadi.
Bitiruv malakaviy amaliyotini 8 semestrda o`tiladi.
Bitiruv malakaviy amaliyotini korxona bilan umumiy holda tanishishdan boshlanadi. Bunda talaba korxonaning tarixi va qayta qurilish yo`llari, uning hozirgi kundagi holati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va ularning xajmi, mahsulotning xalq xo`jaligida tutgan o`rni, xaridorli darajasi, tan narxi, olinayotgan foyda, korxonaning iqtisodiy holati kabi masalalar bilan to`liq tanishadi.
So`ngra talaba korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish borasida, korxonaning asosiy ishlab chiqarish bo`limlarini (xom - ashyo ombori, xom-ashyoni boyitishga va metallugik qayta ishlashga tayyorlash jarayoni, olingan boyitmani metallurgik qayta ishlash va tayyor mahsulot olish jarayonlarni) o`rganadi.
Talabalar bitiruv malakaviy amaliyoti institutning ishchi o`quv rejasidagi bakalavr tayyorlash rejasiga ko`ra kunduzgi bo`lim uchun 4-kurs 8-semestrida institutning o’quv jarayoni grafigi asosida bitiruv malakaviy amaliyotiga ruxsat beriladi.
Bitiruv malakaviy amaliyotining muddati institutning o’quv jarayoni grafigi asosida har bir mutaxassislik yo’nalishlari alohida belgilanadi. Talabalar bitiruvmalakaviy amaliyotiga ketishdan oldin o’zining bitiruv malakaviy ishining nazariy qismini to’liq yakunlagan bo’lishi va texnologik, iqtisodiy qismini bajarish uchun bitiruv malakaviy ishi rahbaridan tegishli vazifalarni olgan bo’lishi shart.
Malakaviy bitiruv oldi amaliyotini o’tash davrining vaqt taqsimlanishi quyidagicha:
Korxonaga yetib kelish, kerak holda yotoqxonaga joylashish - 1 kun (boshqa shaharga borilgan taqdirda).
Tibbiy ko’rikdan o’tish-1 kun;
Xujjatlarni rasmiylashtirish hamda texnika xavfsizligi va yong`inga qarshi muhofaza yo`riqnomalaridan o`tish - 1 kun;
Korxonadagi biriktirilgan rahbar bilan barcha bo`limlaridagi mavjud bo`lgan qurilmalarining tuzilishi, ish prinsipi, texnologik parametrlari va texnologik sxemasi va iqtisodiy qism bilan batafsil tanishish va bitiruv malakaviy ishining rahbari tomonidan berilgan vazifalarni bajarish – 17 kun;
Amaliyot hisobotini yozish - 2 kun;
Amaliyot bo`yicha hisobotni rasmiylashtirish - 1 kun;