Talabalarning bitiruv malakaviy amaliyotida bajarishi lozim bo’lgan vazifalari
Talabalar bitiruv malakaviy amaliyotida bitiruv malakaviy ishining asosiy ikkkita texnologik va qismlarini bajarishlari kerak.
Talabalar bitiruv malakaviy ishining texnologik qismida quydagi vazifalarni bajarishi lozim:
1. Bitiruv malakaviy amaliyotini o’tayotgan korxonadagi ruda koni haqida ma’lumotga ega bo’lish va qayta ishlanayotgan rudaning kimyoviy va mineralogic tarkiblarini bilan tonishish va o’rganish;
2. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha to’liq texnologik sxemasi va dastgohlar ketma-ketligi zanjir sxemasini tanishish va o’rganish;
3. Kondan kelayotgan rudani qabul va boyitishga tayyorlash bo’limining texnologik sxemasi va dastgohlar ketme-ketligi zanjir sxemasini o’rganish;
3.1 Boyitishga tayyorlash bo’limining asosiy dastgohlari ya’ni maydalagich, tegimon, tasniflagich, g’lvirlarning ishlash prinsipini va ish unumdorligini hisoblash bilan tanishish va o’rganish;
3.2 Boyitishga tayyorlash bo’limining texnologik jarayonini nazorat qilishni va sifat-miqdor, suv-shlam sxemalari bo’yicha ish unumdorligini hisoblashni o’rganish va bajarish.
3.3 Boyitishga tayyorlash bo’limining yordamchi dastgohlarini ishlash prinsipini o’rganish;
3.4 Boyitishga tayyorlash bo’limining texnika xavfsizlik qoidalari va hayot faoliyati xavfsizligi yo’riqnomalari bilan tanishish va o’rganish;
4. Korxonaning boyitish bo’limi gravitatsiya, flotatsiya, magnitli saralash va h.k. larning texnologik sxemasi va dastgohlar ketme-ketligi zanjir sxemasini o’rganish;
4.1 Boyitish bo’limining asosiy dastgohlari ya’ni gravitatsiya usulida cho’ktirish mashinasi, konsentratsion stol, vintli saralagich, markazdan qochma saralagichlar, shlyuzlarning ishlash prinsipini va ish unumdorligini hisoblash bilan tanishish va o’rganish;
4.1.1 Boyitish bo’limining flotatsiya usulida boyitish dastgohlari ya’ni mexanik flotatsiya mashinalari, pnevmotik flotatsiya mashinalari va pnevmomexanik flotatsiya mashinalarining ishlash prinsipini va ish unumdorligini hisoblash bilan tanishish va o’rganish;
4.1.2 Boyitish bo’limining magnitli saralash dastgohlari ya’ni suvli magnitli saralagichlar, quruq usulda magnitli saralagichlar, kuchli magnit maydonli magnitli saralagichlar, kuchsiz magnit maydonli saralagichlar, doimiy magnit maydonli saralagichlar, o’zgaruvchan magnitmaydonli saralagichlarning ishlash prinsipini va ish unumdorligini hisoblash bilan tanishish va o’rganish;
4.2 Boyitish bo’limining gravitatsiya usulida boyitish dastgohlarining texnologik jarayonini nazorat qilishni va sifat-miqdor, suv-shlam sxemalari bo’yicha ish unumdorligini hisoblashni o’rganish va bajarish;
4.2.1 Boyitish bo’limining flotatsiya usulida boyitish dastgohlarining texnologik jarayonini nazorat qilishni va sifat-miqdor, suv-shlam sxemalari bo’yicha ish unumdorligini hisoblashni o’rganish va bajarish;
4.2.2 Boyitish bo’limining magnitli saralash usulida boyitish dastgohlarining texnologik jarayonini nazorat qilishni va sifat-miqdor, suv-shlam sxemalari bo’yicha ish unumdorligini hisoblashni o’rganish va bajarish;
4.3 Boyitish bo’limining yordamchi dastgohlarini ishlash prinsipini o’rganish;
4.4 Boyitish bo’limining texnika xavfsizlik qoidalari va hayot faoliyati xavfsizligi yo’riqnomalari bilan tanishish va o’rganish;
5. Korxonaning Sorbsiyali sianlash va regeneratsiya bo’limining texnologik sxemasi va dastgohlar ketme-ketligi zanjir sxemasini o’rganish;
5.1 Sorbsiyali sianlash va regeneratsiya bo’limining asosiy dastgohlari ya’ni sianlash va sorbsiyalash pachugi, barabanli qatronni yuvuvchi g’alvir, shepa tutuvchi g’alvir, regeneratsion kalonnalar va h.k.larning ishlash prinsipini va ish unumdorligini hisoblash bilan tanishish va o’rganish;
5.2 Sorbsiyali sianlash va regeneratsiya bo’limining har bir texnologik zanjir bo’yicha dastgohlarining texnologik jarayonini nazorat qilishni va bo’limning umumiy texnologik sxemasi asosida ish unumdorligini hisoblashni o’rganish va bajarish;
5.3 Sorbsiyali sianlash va regeneratsiya bo’limining yordamchi dastgohlarini ishlash prinsipini o’rganish;
5.4 Sorbsiyali sianlash va regeneratsiya bo’limining texnika xavfsizlik qoidalari va hayot faoliyati xavfsizligi yo’riqnomalari bilan tanishish va o’rganish;
6 Korxonaning quyultirish va reagentlar tayyorlash bo’limining texnologik sxemasi va dastgohlar ketme-ketligi zanjir sxemasini o’rganish;
6.1 Quyultirish va reagentlar tayyorlash bo’limining asosiy dastgohlari ya’ni quyultirgichlar, bo’tanani haydovchi nasoslar, toza suv nasoslari, kimyoviy reagentni aralashtirish uskunalari, reagent saqlovchi qurilmalarning ishlash prinsipini va ish unumdorligini hisoblash bilan tanishish va o’rganish;
6.2 Quyultirish va reagentlar tayyorlash bo’limining har bir texnologik zanjir bo’yicha dastgohlarining texnologik jarayonini nazorat qilishni va bo’limning umumiy texnologik sxemasi asosida ish unumdorligini hisoblashni o’rganish va bajarish;
6.3 Quyultirish va reagentlar tayyorlash bo’limining yordamchi dastgohlarini ishlash prinsipini o’rganish;
6.4 Quyultirish va reagentlar tayyorlash bo’limining texnika xavfsizlik qoidalari va hayot faoliyati xavfsizligi yo’riqnomalari bilan tanishish va o’rganish;
7. Korxonaning tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’limining texnologik sxemasi va dastgohlar ketme-ketligi zanjir sxemasini o’rganish;
7.1 Tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’limining asosiy dastgohlari ya’ni elektroliz uskunasi, kuydiruvchi pechkalari, induksion tegelli pechlar, olovli tozalash pechlarining ishlash prinsipini va ish unumdorligini hisoblash bilan tanishish va o’rganish;
7.2 Tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’limining dastgohlarini texnologik jarayonini nazorat qilishni va bo’limning umumiy texnologik sxemasi asosida ish unumdorligini hisoblashni o’rganish va bajarish;
7.3 Tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’limining yordamchi dastgohlarini ishlash prinsipini o’rganish;
7.4 Tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’limining texnika xavfsizlik qoidalari va hayot faoliyati xavfsizligi yo’riqnomalari bilan tanishish va o’rganish;
Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishda va bitiruv malakaviy ishiga ma’lumotlarni to’plash, va texnologik hisoblash ishlari, chizmalarni bajarish, iqtisodiy qismini bajarishda korxonadan va institutdan tayinlangan rahbarlar yordamida korxonadan olinadi.