Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot malakaviy bitiruvuv ishi oldi rahbarining vazifalari
Korxona o`z tomonidan bitiruv oldi amaliyotga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali muhandis-texnik xodimni tayinlanadi
Korxona tomonidan tayinlangan rahbarning vazifalari:
Kafedra tomonidan tayinlangan mas’ul professor-o’qituvchi bilan birgalikda amaliyot dasturini bajarish;
Talabalar bilan ish joylari ya’ni amaliyot o’tkazilayotga bo’lim haqida batafsil ma’lumot berish;
Talabalarga malakaviy bitiruv ishi oldi amaliyoti bo`yicha hisobot yozish uchun zarur ma'lumotlarni yig`ishda yordam berish va bitiruv malakaviy ishi rahbari tomonidan talabalarga berilgan vazifalarni bajarishda amaliy va nazariy yordam berish;
Malakaviy bitiruv ishi oldi amaliyotida korxona tomonidan tayinlangan rahbar talabalarni qo`shni bo’limlarga sayohat uyushtirish (agar ruxsat bo’lsa);
Talabalar amaliyot o’tash davrida mehnat intizomini buzsa,amaliyot rahbari kafedra tomonidan tayinlangan rahbarga ma'lumot berish;
Malakaviy bitiruv ishi oldi amaliyoti tugaganidan so`ng kafedradan tayinlangan rahbar bilan birgalikda hisobot qabul qilib, har bir talabaga tavsifnoma yozib berish va boshqalar.
Malakaviy bitiruv ishi oldi amaliyoti hisobotlarini tayyorlash va rasmiylashtirish
Malakaviy bitiruvishi oldi amaliyoti hisobotini bajarish har bir talaba tomonidan mustaqil bajariladi va buyruq bo`yicha tayinlangan korxonaning belgilangan bolimning ish joyida o`tkaziladi.
Amaliyot davomida yig`ilgan materiallar hisobot sifatida rasmiylashtiriladi. Hisobotning sarvarag`i dastur oxirida ilova qilingan (Ilova 1). Amaliyot davrida olingan dastlabki hamma ma'lumotlar talabalar tomonidan ish joyida yoziladi. Amaliyot uchun berilgan kundalik sistematik ravishda to`ldirib boriladi.
Hisobot qo`lyozma shaklida yoziladi va rasmiylashtiriladi (Ilova 2). Hisobotda korxonadan olingan chizmalar keltiriladi. Xisobot amaliyot davrida A 4 formatdagi varag`larga ilovada ko`rsatilgan tartibda yoziladi. Kundalikga korxonadan tayinlangan rahbar qisqacha o`z fikr-mulohazalarini yozib, hisobotga baho qo`yadi va hisobot sarvarag`iga imzo qo’yiladi, uning imzosiga korxona (bo’lim) muhri qo`yiladi. Hisobot davlat tilida (rus guruxlari uchun rus tilida) bajariladi.
Hisobot uchun talaba amaliyot o’tagan bo’limning texnologik sxemasi titul varag`i o`lchamidagi (yoki millimetrli) qog`ozga chiziladi, asosiy qurilmaning eskizi esa format yoki millimetrli qog`ozga chiziladi.
Amaliyot hisoboti talabaning sinov topshirishdagi asosiy xujjati hisoblanadi. Hisobotni yozishda amaliyot dasturi va uslubiy ko`rsatmasi asos qilib olinib, unga eshitilgan ma'ruza mavzusi va ekskursiyalar ro`yxati qayd qilinib kundalikga yoziladi.
1-ilova
Navoiy kon-metallurgiya kombinati
Navoiy davlat konchilik instituti
kimyo-metallurgiya fakulteti
«metallurgiya» kafedrasi
Bakalavr yo’nalishi – 5310300-«Metallurgiya»