Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. I.A.Karimov- Toshkent - «O`ZBEKISTON» - 2013
2. Mustaqil O`zbekiston tarixi. A.Sabirov. -Toshkent: Akademiya, 2013.
3. Azizxo`jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar.- Toshkent: 2001.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqdirib o’tgan edilar. O‗zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o‗tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to‗lovlari keng qo’llanildi. I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;
to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak.
beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir.
Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik jihatga alohida e’tibor qaratildi. 1994 yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003 yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi.O’zbekiston Respublikasi bo’yicha 2017 yilda mehnat resurslari soni 18672,5 ming kishini tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 183,6 ming kishiga, yoki 1,0 % ga o’sishi kuzatildi. Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. jarayonining mohiyatida islohot – islohot uchun emas Bugungi kunda ham o’zgarishlar, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir. Mamlakatnmizda ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj toifalarga kam ta`minlanganlar, ko’p bolali onlalar, nogironlar, yolg’iz qariyalar va boshqalar kiradi. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining bunday toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Adolatli jamiyat hamisha ularni himoya qilishni o’z zimmasiga oladi. SHuning uchun ham O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishganidan keyin kuchli ijtimoiy siyosat yuritdi. 2017 yilning 16 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―SHoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmoni e‘lon qilindi. Har tomonlama etuk avlodni tarbiyalash hamda salomatligini ta‘minlashda ta‘lim va tibbiyot muassasalarining o’rni beqiyos. Shu bois ham bugungi kunda ushbu sohalarni tubdan isloh qilish masalasiga e‘tibor kuchaytirilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 21 avgustdagi -Ta‘lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi qarori ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning mantiqiy davomi sifatidagi choralarni o’z ichiga oldi. Insoniyat tarixidan ma‘lumki, korrupsiya jamiyatni yemiradigan, shaxsni axloqiy jihatda inqirozga uchratadigan, har qanday davlat iqtisoliyotiga salbiy ta‘sir qiladigan ijtimoiy illatdir. Prezident SH.M.Mirziyoev korrupsiyani mohiyati va unga qarshi kurashish zarurligi haqida quyidagi fikrni bejiz aytmagan edi: -Jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan yana bir illat - bu korrupsiya balosidir. Bunday xatarga qarshi kurashish maqsadida yaqinda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan -Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunni tezroq amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko’rishimiz lozim. Bularning barchasi, o’z navbatida, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan- Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunida - korrupsiya tushunchaga quydagicha ta‘rif berildi: - Korrupsiya” deganda - shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish tushuniladi; shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik deganda - korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish tushuniladi. Shuningdek, qonunda manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasiga ham izoh berilgan bo’lib - u shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta‘sir ko‗rsatayotgan yoxud ta‘sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat anglanadi. O’zbekiston Respublikasining 2008 yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (2003 yil 31 oktyabr, Nyu-York), shuningdek, 2010 yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha Istanbul harakat rejasiga (2003 yil 10 sentyabr, Istanbul) qo’shilishi korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini rivojlantirishda muhim rol o’ynadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilab qo’yildi: - aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish; - davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo’yicha choralarni amalga oshirish; korrupsion huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish. Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda.
Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |