Mavzu: ko'rsatmalarni voqea joyida tekshirish psixologiyasi reja



Download 37,71 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2023
Hajmi37,71 Kb.
#951333
  1   2   3
Bog'liq
KO\'RSATMALARNI VOQEA JOYIDA TEKSHIRISH PSIXOLOGIYASI


MAVZU: KO'RSATMALARNI VOQEA JOYIDA TEKSHIRISH PSIXOLOGIYASI
REJA:
1. Tergov harakatini ishlab chiqishda psixologik omillarni hisobga olish.

  1. Ko’rsatmalarni voqea joyida tekshirish.

  2. Voqea sodir etilgan joyni ko’zdan kechirish psixologiyasi.
  1. TERGOV HARAKATINI ISHLAB CHIQISHDA PSIXOLOGIK OMILLARNI HISOBGA OLISH.


Bugungi kunda mamlakatimizning tinchligi, osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatimizda adolat hamda qonun ustuvorligiga erishish ichki ishlar idoralari xodimlari, qolaversa, har bir fuqaroning muqaddas burchidir.
Mamlakatimizda ichki ishlar idoralari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Vatan himoyasi, yurt tinchligi hamda davlat kelajagi uchun jonkuyar, olijanob, fidoyi, o‘z xizmat burchini sidqidildan bajaradigan vijdonli xodimlarni tarbiyalab yetishtirish vazifasini qo‘ymoqda. Chunki bugungi murakkab sharoitda ichki ishlar idoralari xodimlarining xalq oldidagi nufuzini ko‘tarish, unga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bevosita ana shu islohotlar samarasiga bog‘liq.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishadi va bu muloqot jarayonida har ikki tomon o‘zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Ana shu ruhiy holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Chunki ular doimiy ravishda turli toifadagi odamlar bilan uchrashadilar, muloqotga kirishadilar. Bu esa xodimdan yuridik psixologiya fanini, jumladan ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni yaxshi bilishni, ularga qarshi doimo tayyor turishni talab qiladi. Ana shu nuqtai nazardan yuridik psixologiya fan sifatida o‘rganiladi.
Yuridik psixologiya fanining rivojlanishiga S. S. Romanov, M. I. Yenikeyev, V. L. Vasilyevlar katta hissa qo‘shganlar. Shu ma’noda yuridik psixologiya psixik qonuniyatlarning huquqiy faoliyat va huquqiy tartibga solish jarayonlarida paydo bo‘lishi hamda amalda qo‘llanishini o‘rganuvchi fandir1.Yuridik psixologiya ilmiy- amaliy fan sifatida birinchidan, qonunga itoatgo‘ylik xulqi (huquqiy ong, axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereotiplar); ikkinchidan, jinoiy xulq (jinoyatchi shaxsining xulq-atvoridagi og‘ishishlar, jinoiy stereotip, jinoiy guruh tartibi, tuzilishi kriminogen vaziyat, jabrlanuvchining shaxsi, xulq-atvori va jinoiy xulqining genezisdagi roli); uchinchidan, huquqni muhofaza qilish faoliyati (profilaktik faoliyat psixologiyasi, tergov faoliyati psixologiyasi, sudpsixologik ekspertiza); to‘rtinchidan, huquqbuzarlarni resotsiolizatsiya qilish (jinoiy jazoni ijro etuvchilar psixologiyasi, ozodlikka chiqqanlar psixologiyasi); beshinchidan, voyaga etmaganlar kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi.
Yuridik psixologiya bir qator vazifalarni, jumladan, huquq va huquqni muhofaza qishi faoliyatida alohida shaxs, guruh va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish; ikkinchidan, qonunchilikni mustahkamlash, huquqni muhofaza qilish ishlarining samaradorligini oshirish, jinoyatga yarasha jazo tayinlash, jinoiy yo‘lga kirganlarni qayta tarbiyalash bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.
Yuridik psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.

  1. kriminal psixologiya;

  2. sud psixologiyasi;

  3. jinoiy jazoni ijro etish psixologiyasi;

  4. fuqarolik huquqlarini tartibga solish psixologiyasi;

  5. sud-psixologik ekspertiza;

  6. advokatlik ishlari psixologiyasi;

  7. notarial ishlar psixologiyasi;

  8. ichki ishlar idoralari faoliyati psixologiyasi.

Yuridik psixologiyaning tarkibiy qismlarini tizimlashtiradigan bo‘lsak, u quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
Huquqiy psixologiya: muhim hodisalarning huquqiy jihatdan individ va jamiyat oldidagi in’ikosi bo‘lmish huquqiy psixologiya; shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi, huquqiy ijod va huquqqa munosabat psixologiyasi; huquqni tushunish va huquqiy ong psixologiyasi; huquqni ijro etish xatti-harakati psixologiyasi.
Kriminal psixologiya: jinoiy xatti-harakatning sotsiogenetik determinantlari. Shaxs jinoiylashuvining biologik va ijtimoiy omillari; «jinoyatchi shaxs» tushunchasi; ayrim toifadagi jinoyatchilarning tipologik tavsifi. Jinoiy qilmish psixologiyasi, viktim xulq, guruhiy va uyushgan jinoyatchilar psixologiyasi. Yuridik psixologiyada voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish ma’lumot to‘plash jarayoni bo‘lib, ularni analiz, sintez qilish orqali zarur ma’lumotlarni yig‘ish demakdir.
Yurisprudensiyada voqea sodir bo‘lgan joy – jinoyat, baxtsiz hodisa, tabiiy ofat yoki hodisa jinoyat alomatlari bor deb qaraladigan joy.Ko‘rsatmalarni joyida tekshirish, ba’zi bir o‘xshashliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, so‘roq qilish, voqea sodir bo‘lgan joyni tekshirish, jinoyatchini tanish uchun ko‘rsatish, tergov eksperimenti kabi tergov harakatlaridan mohiyati jihatidan farq qiladi.
Tergov harakatida jinoyat izining qalbaki ekanligini:

  • jinoyat izini ochiq-oydin qoldirib ketishi;

  • jinoyat sodir bo‘lgan joyda har xil jinoyat izini qoldirish;

  • jinoyat sodir etilgan joyda jinoyat izlari bekitilganining aniq ko‘rinib turishi bilan belgilanadi.

Tergov harakatlarini ishlab chiqishda voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish kengroq maqsadlarga xizmat qiladi.
Birinchidan, so‘roq qilinayotgan shaxs voqea joyida bo‘lgan voqeaning mexanizmini namoyish qilish, voqeani xotirada qayta tiklash, u haqida yanada to‘liq, har tomonlama va obyektiv ko‘rsatmalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ikkinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rish jarayonida tergovchi ko‘rsatmalarini faqat eshitibgina qolmay, balki ularni ifodalovchi harakatlarni bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ko‘rsatilgan buyumlar, bino, yer uchastkalarini tekshirilayotgan ko‘rsatmalarga taqqoslash asosida yaxshiroq tushunib oladi.
Uchinchidan, voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarning qaytarilishida va natijalarini qayd qilishda faqat aniq shaxsning ko‘rsatuvlari ifodalanmay, balki boshqa qatnashchilarning harakatlari, xonadagi buyumlar, izlar shuningdek, real sharoit, vaziyat bilan olingan faktik holatlar ham qayd qilinadi. Shu bilan birga, mazkur tergov harakatini o‘tkazishda albatta xolis guvohlarning ishtirok etishi talab qilinadi. Voqea bo‘lgan joyda ko‘rsatmalarni tekshirish jarayonida faqat joyning, binoning, shaxs ko‘rsatgan yer maydonlarining o‘zigina tekshiriladi va qayd qilinadi. Agar ko‘rsatmada qayd etilgan joy ilgari tekshirilgan bo‘lsa, tekshiruv va tintuv vaqtida narsalarning holati o‘zgartirilgan, hatto ular tergov ishiga qo‘shib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar psixologik nuqtai nazardan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berishga sharoit yaratadi. Masalan, gumondor shaxs qo‘lidagi pistoletni hojatxonaga tashlab yuborganini aytsa, tergovchi bu pistoletni hojatxonadan topgan va ishga ilova qilib qo‘ygan bo‘lsa, bu ko‘rsatmaning to‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi. Shaxs so‘roq qilib bo‘linganidan keyingina uning ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish mumkin.

  1. Download 37,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish