ofatdir. El bo`ynini kesmoq, o`tkir qilich bilan boshni uchirmoq unga hamishalik
odatdir. U shunchalik qonxo’rki, kesilgan boshning kosasini qadah qilib may o`rniga
qon ichadi, qon emas, qatra-qatra zahar yutgandek qahr bilan nur sochadi.
Sen yana bir pok, toza gulbog` - Jannat ham bunyod etdingki, uning maqom
qiluvchisi hurdan ham afzaldir. U osmon mulkining shohi quyosh bo`lib, oromgohi
feruza rangli osmon taxtidir. U ko`k ahlining yarashiqli bezagi, ko`rar ko`zi, balki
ko`z qorachig`idir. Porloq chaqmoqlar unga ko`zgu bo`lib, da’volariga guvoh
zarralardir. Baland ko`pik peshtoqidagi quyoshmonand zarrin naqshlar singari ular
yeri ham ko`kda aylanuvchi moviy gumbazlar arodir.
Yana bir yuksak falakka serjilva Zuhra (Venera- Cho`lpon) yulduzini joylading.
Sozanda va xonandalar homiysi hisoblangan quyosh chehralik bu “barbad” chaluvchi
o`z sozini chalganda go`yo jon iplari unga tor bo`ladi. Sarguzashtlar uning toriga
guzorish beradi, tirnog`lari esa bag`rlarga – horish. U qachon yoqimli kuy bunyod
etsa, buyuk aql sohiblari ham faryod chekmay qola olmaydi. Barbatning ovozi yetib
brogan joyda na dilig`ashlik qoladi, na g`am-tashvish. U go’yo
doira ichidagi
qo`ng`iroqchalar singari ko`k tokida xotiri jamlik bilan ohang tuzadi.
Yana birini kutubxona qilib yaratding (Utorud – Merkuriy sayyorasiga ishora)
va u yerga kitobat ishlarida oqilu donolarni to`plading. Ular yashirin fikr va
mazmunlarni diqqat bilan tekshiruvchi nuqtadonlar orasidagi nozik hunar egalaridir.
Asosiy qismning so`nggi bobida yeti faylasuf hakim: Aflotun, Suqrot, Balinos,
Buqrot, Hurmus, Farfinyus va Arastu Iskandarning onasiga ta’ziya bildirgani
keladilar va shu bilan Iskandar voqeasi poyoniga yetadi.
Doston
boshqa dostonlardan farq qilib, kattagina xotima bilan yakunlanadi.
Xotima “Saddi Iskandariy” dostonini tugallash bilan muayyan ma`noda “Xamsa” ga
ham yakun yasaydi.
Dostonni so`nggi bobida Navoiy unga baxt-davlat rahnamolik qilib, nihoyat
“Xamsa”
ni yakunlaganini yozar ekan, “Hayratul-abror” dostonini yozishdan
boshlab, “Saddi Iskandariy” yakunlangunicha bo`lgan jarayonni birma-bir eslab
o`tadi. Navoiy tong otib kech kirguncha el-yurt tashvishi bilan band bo`lgani holda
salaflari uzoq muddat yozgan “Xamsa”ni juda
qisqa muddatda- ikki yilda
yakunlaganini, agar bevosita faqat yozish uchun ketgan vaqtni hisoblab chiqilsa, olti
oyga ham bormasligini faxriya tarzda bayon qiladi.
Biz aynan manashu qarashlarni ilmiy nuqtai nazardan to’laligicha bayon qilib
kitob holiga keltirib, dunyo ahliga yetkazishimiz va Navoiyning yana bir ilm
xazinasidan parchani namoish qilishimiz va
shu bilan kelajak avlodimiz
adabiyotlarini boyitishimiz lozim.
Navoiy asarlarining sehrli tilsimining kaliti ham mana shunda. Kimki bu
tilsimni tushuna olsa sehrli mamlakat darvozasini ochganday bo’ladi go’yo.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
318
http://oac.dsmi-qf.uz