Atorud bodpoyidin bo`lub shod,
Berib avroqu ajzosini barbod.
Yeturgach Zuhraga davlad rikobi,
Difin yirtib qudumi ehtisobi.
Quyoshga chun surub gardin xiromin,
Uyotdin yer quyi aylab maqomin.
Chopib Bahromg’a raxshin chu yaksar,
Bo`lub ul Nahsi Asg’ar Sa’di Akbar.
Tushub chun Mushtariy sori mururi,
Quyoshni yoshurib har lam’a nuri.
Atorud – Utorid- Merkuriy Sayyorasi. Forscha Dabir ham deyiladi. U
yozuvchilarning, san’atkorlarning, umuman donishmandlikning homiysi hisoblanadi.
Mushtariy – Yupiter – forscha Birjis ham deyiladi. Ilmi nujumda Mushtariyni
“Sa’di akbar” (yuksaklikdagi joy) va “Falak qozisi” deb ham yuritadigan joyi,
oltinchi falakda emish.
Qaro tun gar nishon aylab Suhoni,
Falakcha novakig’a ul nishoni.
Debon Turki falak otqonda zihlar,
Tavahhum toridin ochib girihlar.
Suho- Hulkar turkumidagi xira ko`rinadigan yulduzning nomi. Bu yerda shoir
Farhodning merganligini ta’riflab, shunday xira yulduzni ham nishonga ola bilar edi,
- deydi.
Turki falak – maj. Mirrix – Mars sayyorasi. Mirrix Sharq adabiyotida urush,
jangchilik, homiysi ma’nosida Bahrom ham deyiladi. Shoir Farhodning jangovarlik
yarog’larini mohirlik bilan egallaganini maqtab, u o’q otganda Mirrix ham ofarin
o’qiydi demoqchi.
Yeti gardung’a ofat shashparidin,
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
315
http://oac.dsmi-qf.uz
Bo’lub suv Hut bag’ri xanjardin.
Asad bo’ynin uzub sarpanja birla,
Zabuni bir asad har panja birla.
Hut – aynan: kata baliq; o`n ikkinchi oftob burjining nomi, fevral-mart oylariga
to`g’ri keladi.
Asad – aynan: arslon oftob burjlaridan beshinchisining nomi, iyul-avgust
oylariga to`g’ri keladi.
Bu va oldingi baytlarida Navoiy yana o`sha ig`roq san’atini, aqlga nomuvofiq,
hayotda mumkin bo’lmagan mubolag`ani ishlatadi. Farhod xanjarining zarbidan
Hutning bag`ri ezilib, suvga aylanib ketishi, panjasi bilan Asadning bo`ynini uzib
olishi mumkin, deb ta’riflanadi.
Yig`ochi soyasida charx koxi
Quyiroq shoxasidin Sidra shoxi.
Urub tig`i falak jismig`a suhon,
O`tub ul jismidin andoqki ko`hon.
Sidra –yettinchi osmondagi muhtasham daraxt.
Bo`lub g`orida har dun ankabuti,
Bir usturlobi gardun ankabuti.
Falakdek tab’i soyir, jismi sokin,
Layli va Majnun asarida
Navoiy Muhammad payg`ambarning sayyoralar,
yulduzlar, o`n ikki burj aro ko`kka ko`tarilishi tasviri ajoyib manzara kasb etadi.
Navoiy ilmi nujumdan yaxshi ma’lumotga ega bo`lganligi sababli sayyora,
yulduzlarning nomlaridangina emas, ularning xususiyatlarini ham ko`zda tutadi va
tashxis san’atidan foydalanib, koinotdagi jonsiz narsalarni insoniy sifatdan
jonlantiradi va Me’roj tunining mo`jizaviy holatini tasvirlaydi.
Bahrom ko`rub biyik janobin,
Tashlab qilichin, o`pub rikobin.
Birjisqa chun yetib rikobi,
Ish anga saodat iktisobi.
Soyislig`iga Zuhal urub fol,
Gaz dasta bila qo`lida g`arbol.
Savru Hamal aylabon fig`onlar,
Qurboni aning qilurg`a jonlar…
Ushbu asardagi Bahromni Mirrix ham deydilar; Forslarda Bahrom, yunonlarda
Mars sayyorasi. Uni urush homiysi hisoblaganlar. Qadimgi ilmi nujumga ko`ra
Bahrom beshinchi falak sayyorasi bo`lib, yerdan kichik, to’rtinchi o`rinda turadi.
Birjis – Mushtariy(Yupiter) sayyorasining forscha nomi. Ilmi nujumda bu
sayyora “Sa’di akbar” va “Falak qozisi” ham deb yuritiladi, joyi beshinchi falakda
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020
ISSN 2181-063X
316
http://oac.dsmi-qf.uz
deydilar. Shoir bu baytda Muhammad payg`ambar otining uzangisini Bahrom o`pdi,
keyin Birjisga rikobi yetishti va bundan u g`oyat saodatmand bo`ldi deydi.
Zuhal – Saturnning arabcha nomi, Kayvon ham deyiladi. Joyi oltinchi falakda
ekan. Shoir bu baytda Zuhal sayyorasi Muhammad payg`ambarga otboqar bo`lishni
orzu qilganini ta`riflaydi.
Savr- eski astralogiyada osmondagi o`n ikki burjning ikkinchisi. Quyosh yili
hisobida birinchi oy nomi mart oyiga to`g`ri keladi.
Hamal- o`n ikki burjning birinchisi, unga quyosh mart oyida kiradi. Quyosh yili
hisobida birinchi oy nomi mart oyiga tog`ri keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |