Kombinatsiyalanganlik - turli jarayonlar, qurilma va ishlab chiqarishni umumiy texnologiyaga birlashtirish.
Bu jarayon va qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularni hisoblash uslublarini o`rganish imkonini yaratadi. Shu bilan, yani yangi zamonaviy yaratilgan qurilma ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarishning bir necha sohalariga qo`llanilib korxonalarning unumdorligini oshirishga erishilsdi.
Bir korxona doirasida bir yo‘la bir necha xil boshqa mahsulotlar, masalan vinilatsetet ishlab chiqarishda atsetaldegid, sirka kislota olish mumkin va x.k..
Ushbu dastur zamonaviy texnika va uning rivojlanish istiqbol-
larini hisobga olgan holda malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashda uzluksiz mukammallashtirishga xizmat qiladi.
Oxirgi o‘n yil ichida kimyoviy, neft va gazni qayta ishlash oziq-
ovqat va boshqa sanoatlarda keskin o‘zgarishlar ro‘y berib, yangi texnologiyalar amalda qo‘llanib, rivojlanish boshlandi. Bunday o‘zgarishlar jarayon
va kurilmalarni yanada yuqori darajaga ko‘tarilishiga sababchi
bo‘ldi. Ushbu yo`nalishning bunday yuqori saviyaga ko‘tarilishiga hisoblash texnikasining gurkirab rivojlanishi ham o‘z xissasini qo‘shdi, chunki u jarayon va qurilmalarni o‘rganish, modellashtirish va hisoblash ishlarini misli ko‘rilmagan imkoniyatlarini yaratdi.
Har bir jarayonni o‘rganishda uning statikasi va kinetikasiga, ya’ni o‘rganilayotgan sistemaning muvozanat nisbatlari va jarayon mexanizmiga alohida e’tibor berish zarur.
Jarayon va qurilmalar quyidagi ketva-ketlikda o`rganiladi:
-gaz, suyuqlik, xom-ashyo va mahsulotlarning asosiy fizik-mexanik va issiqlik-diffuzion xossalari, o‘xshashlik nazariyasi asoslari, o‘xshashlik teoremalari va shartlari, o‘lchov birliklar tahlil usuli, hamda jarayon va kurilmalar tahlilining asosiy prinsiplari, mashina va qurilmalarga qo‘yiladigan talablar;
-gidravlika asoslari, ya’ni suyuqliklar gidrostatika va gidro-
dinamikasi, suyuqlik harakatining asosiy xarakteristikalari, truba quvurlaridagi gidravlik qarshilik, ularning optimal diametrini aniqlash, qattiq jismlarning suyuqlikdagi harakati, nasos va kompressor mashinalarining tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni tanlash;
-gidromexanik jarayonlar, ya’ni turli jinsli gazsimon va suyuqlik aralashmalarini ajratish, ya’ni tindirish va cho‘ktirish, filtrlash, gazlarni tozalash, mavhum qaynash qatlami gidrodinamikasi, aralashtirish, teskari osmos va ultrafiltrlash kabi jarayonlar;
- issiqlik almashinish jarayonlar nazariyasi, uni tashkil
etish usullari va qurilmalari, undan tashqari isitish, sovitish, bug‘latish va kondensatsiyalash jarayonlari, issiqlik eltkichlar turlari va ushbu jarayonlarning asosiy teorema va
qonuniyatlari, hamda eritmalarni bug‘latish usullari va qurilmalari, shu bilan birga, almashinish jarayonlarini intensivlash usullari, moslamalari va perspektiv issiqlik almashinish qurilmalari, turli issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash ketma-ketligi;
-massa almashinish jarayon va kurilmalari, jarayonning nazariy asoslari bilan birga, absorbsiya, haydash va rektifikatsiya,
ekstraksiya, adsorbsiya, quritish, kristallanish kabi jarayonlar
va ularni qurilmalar bilan jihozlash tizimlari;
- biokimyoviy jarayonlarda massa almashinish nazariyasi va uni
o‘tkazish uchun kurilmalar konstruksiyalari, tuzilishi va ishlash prinsiplari, hamda jarayonning umumlashgan texnologik sxemalari; - mexanik jarayonlar, ularda qattiq jismlarni maydalash usullari, jarayonlarning nazariy asoslari, klassifikatsiyalash,
granullash va presslash, hamda bu jarayonlarga tegishli kurilmalar
konstruksiyalari va ularni hisoblash uslublari berilgan.
-kimyoviy jarayonlar, unda jarayon muvozanati,
kinetikasi, tashkil etish usullari va reaktorlar konstruksiyalari,
hamda reaktorlarning aralashtirish, issikushk almashinish moslamalari va bu turdagi kurilmalarning hisoblash ketma-ketliklari;
-sun’iy sovuq olish, ya’ni o‘rta va o‘ta past temperaturalar olish usullari va qurilmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |