O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
«TASDIQLAYMAN»
Navoiy davlat konchilik
instituti rektori
___________ prof. K.Sanakulov
_____________________2021 y.
|
«KELISHILDI»
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi
____________i.f.d. A.T.Yusupov
____________________ 2021 y.
|
02.00.16 –“KIMYO TEXNOLOGIYASI VA OZIQ-OVQAT ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI VA APPARATLARI”
IXTISOSLIGI DASTURI VA BAHOLASH MEZONI
Tuzuvchilar: т.f.d., prof. X.SH. Baxronov
PhD, dots. N.Sh. Xudoyberdieva
Navoiy - 2021
Kirish
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
08 oktyabrdagii “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonidagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan ustuvor yo‘nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, u zamonaviy talablar asosida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi. Dastur mazmuni oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari va qonunchilik normalari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Ватанимиз халқ хўжалиги учун малакали мутахассислар тайёрлашда “kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlarini o`rganish alohida o`rin tutadi.
Ushbu dasturda - “Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayon va qurilmalarning nazariyasi, ushbu jarayonlarni amalga oshiruvchi mashina va qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsiplari va ularni hisoblash uslublarini hozirgi kundagi muammolari hamda istiqbolli jarayonlari bayon etilgan. Asosiy organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
-arzon va qulay xomashyo manbai;
- ko‘p tonnada mahsulot ishlab chiqaradi;
- ishlab chiqarish uzluksiz ravishda olib boriladi;
- mahsulotni ishlab chiqarish ko‘p variantlik;
- oraliq mahsulotlardan to‘liq foydalaniladi;
- jarayonlar birga qo‘shib olib boriladi,
- kombinatsiyalanganlik;
- ishlab chiqarish texnologiyasi tez yangilanadi;
- yuqori mehnat unumdorlikka ega; yuqori darajada avtomatlashtiriladi;
- ko‘p marshrutlik mavjud;
- uskuna va jihozlar turli tuman va x.k;
Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayon va qurilmalari xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlarini zamonaviy qurilmalar bilan ta’minlashda ishtirok etadi, shu bilsn ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilsdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |