***
Hurmatli bilimdon, kayfiyatlar qalay? O‘zingizni qanday his qilyapsiz? Bugun ajoyib bir muvaffaqiyat retseptini bermoqchiman. Ko‘pchilik biror yangi ish boshlaganida, avvaliga juda katta o‘zgarishlar, natijalar ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun ular o‘zlarini yaxshi his qiladilar. Lekin biroz vaqt o‘tgach, ularning kayfiyati tushib ketadi, ishtiyoqlari so‘nadi. Chunki o‘zgarishlar avvalgi tezlikda bo‘lmayotgandek tuyuladi. Bizning uslubimiz bo‘yicha shug‘ullanayotganda ham bir turdagi kishilar xuddi hech nima o‘rganmayotgandek tuyulib qilayotgan ishini to‘xtatishi mumkin. Bunday odamlar muvaffaqiyatsizlar yoki tashlab ketuvchilar deyiladi. Bu juda ko‘pchilikda sodir bo‘ladigan holat. Aslida o‘sha paytda ham o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bo‘ladi, lekin hech nima o‘rganmayotgandek ko‘ringani uchun oxirigacha yetmay, tashlab qo‘yiladi. Tashlab ketgan esa hech qanday g‘alabaga erisholmaydi. Afsuski, har ikki kishidan biri shunday. Ikkinchi turdagi kishilar tashvishlanuvchilar deyiladi. Bu guruhga deyarli uchdan bir qism insonlar kiradi. Ular har xil yo‘llarini izlashadi va tashvishlanishadi. Ya’ni u yo‘lini ham qilib ko‘radi, bu yo‘lini ham, savollari ko‘p tug‘iladi, javob izlaydi va ba’zan javob topib yana davom etaveradi. Bu ham unchalik yaxshi emas. Chunki bunday holatda muvaffaqiyatga erishmay turib ishni tashlab ketish ehtimoli yuqori. Ana endi uchinchi turdagi insonlarga kelsak, ular doim muvaffaqiyatli bo‘lishadi. Biror narsani o‘rganishni boshlashadi va ozroq vaqtdan so‘ng o‘rganish boshidagichalik tez bo‘lmay qolishini bilishadi. Ular tashvishlanmaydi, bu paytda nima qilishni oldindan o‘ylab yurgan bo‘ladi va albatta bu sekin o‘rganish yoki sust o‘zgarishlar fazasidan chiqib ishni davom etishadi. Xuddi shu holat biznesda ham bo‘ladi. Sevgida ham shunday: dastavval munosabatlar juda yaxshi rivojlanayotgandek, keyinchalik esa, sekinlashib,
250 speak english easily, fast and automatically
yaxshilanmayotgandek tuyuladi. Siz muvaffaqiyatlilar guruhiga kiring-da, xuddi uchinchi turdagi odamlar kabi o‘ylang va harakat qiling. Til o‘rganishda ham shu, avval juda ko‘p o‘rga nayotgandek, keyinchalik to‘xtab qolgandek, o‘zgarish bo‘lmayotgandek tuyuladi. Aslida esa juda katta o‘zgarishlar bo‘layotgandi. Sizga bu sabog‘im ham katta yordam beradi.
Bittagina shart, buni tezlik bilan amalda qo‘llashingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |