Natural english



Download 0,65 Mb.
bet1/92
Sana29.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#418133
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Jumanazar Khushbekov 0-2



Jumanazar Khushbakov
NATURAL ENGLISH
Speak english easily, fast and automatically
Volume 0–2
New method
Number#1 Key to Excellent English
KHB system
Your coach in a box


SO‘ZBOSHI
Assalomu alaykum!
Yangicha usuldagi ingliz tili darslarimizga xush kelibsiz.
Keling, statistikadan so‘z boshlaymiz. Ko‘plab kuzatishlar natijasiga ko‘ra, insonlarning faqat o‘n foizigina yangilikka tashna bo‘larkan. Bu kitob qo‘lingizda ekan, demak, siz o‘sha o‘n foizga mansubsiz. Qo‘llanma aynan shunday insonlar uchun yozildi. U sizni til o‘rganaman deya yillab mashaqqat chekishdan ozod etadi.
Men o‘n uch yildan buyon ingliz tilini o‘rganib kelaman. Turli uslublardan foydalanib ko‘rganman, ularni boshqalarga ham tavsiya qilganman. Har qaysi metod qanday natijaga olib kelishini juda yaxshi bilaman. Bu gaplarni o‘zim yangicha o‘rgatish tizimini yaratganim uchun aytmayapman. O‘sha uslublarning ish berishiga tilakdosh edim. Tashqaridan turib u uslublar haqida biron yomon fikr aytmayman. Chunki men o‘sha kitoblar, uslublarning ichidan chiqib kelganman. Sizni tabriklashim mumkin: ingliz tilini o‘rganishda eng zo‘r usulni izlash mashaqqatidan qutuldingiz. Qo‘lingizdagi kitobda kuchli o‘quv sistemasi bayon etilgan. Mazza qilib o‘rganish va harakat qilish vaqti yetdi.
O‘n bir yil davomida til o‘rganib erkin gaplashish darajasiga chiqa olmadim, ammo mazkur usul orqali ikki oyda kutgan natijamga erishdim.
Bu usul millionlab o‘rganuvchilarga ingliz tilida gapirishni qulay va tez o‘rgatdi. Sizga ham yordam beradi, albatta. Siz bu kitob uchun sarflagan pulingizni yana topishingiz mumkin. Men uchun esa sizning ishonchingiz va vaqtingiz qadrli.
Bir necha oyda erisha oladigan maqsadingizga ko‘p yillar sarflashingiz sizning katta xatoyingiz bo‘ladi. Bu kitobda berilgan aniq, oson va samarasi isbotlangan usul orqali ingliz tilini har qachongidan ko‘ra tezroq va osonroq o‘rganasiz.
Qo‘llanmadagi har bir fikr mening o‘n uch yillik tajribam va son-sanoqsiz tadqiqotlarning natijalariga asoslanib yozilgan. Kitobning so‘nggi sahifalariga yetib borganingizda men bilan ingliz tilida bemalol gaplasha boshlaysiz. Mazkur uslub mashg‘ulotlarimda ko‘plab o‘quvchilarga xarita vazifasini o‘tagan, endi navbat sizga.
Siz bilan ikkinchi kitobimda ko‘rishib turganimdan bag‘oyat xursandman. Bizning sistemamizda ingliz tilini yillab o‘rganib keluvchilar 6 oy, boshidan boshlab o‘rganadiganlar esa 7 oy shug‘ullanishini kerak bo‘ladi. Qo‘lingizdagi audio kursimizning 2 kitobi hisoblanadi. Bu kitobda sekin gapirishni tezlashtirishga harakat qilamiz. Ko‘pchilikka sevimli bo‘lib ulgurgan “Mini Story” darslari hamda grammatikasiz ham ingliz tilida ravon gapira boshlashingiz uchun POV darslari berilgan. Belgilangan tartibda belgilangan miqdorda eshitishda davom etaverasiz.
Ishonamanki, ingliz tilini o‘rganish yo‘lidagi yutuqlaringiz yoki shaxsiy hayotingizdagi o‘zgarishlar haqida seminarlarimda bevosita ko‘rishib gaplashamiz.
KIRISH
Tassavur qiling, birov zinalar orqali sakkizinchi qavatga ko‘tarildi. Agar u odam bosgan qadamlarni takrorlasangiz, siz ham xuddi shunday natijaga erishasiz. Osonroq tushunishingiz uchun yana bir misol keltiraymi?
Siz bir inson bilan tanishib qoldingiz, ammo telefon raqamini olmadingiz. Keyinroq u kishiga qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘g‘ri kelgan raqamlarni turli tartibda tersangiz, u bilan bog‘lanishga qancha vaqt ketadi? Taxminan, butun umringiz, shunday emasmi? Lekin undan telefon raqamini olsangiz (ya’ni qaysi raqamdan keyin qaysinisi kelishini aniq bilsangiz) va qo‘ng‘iroq qilsangiz, bor-yo‘g‘i bir necha soniyalarda niyatingizga yetasiz. Demak, aziz o‘quvchim, nimani qachon qilishni bilsangiz, bir necha soniyalarda g‘alabaga erishishingiz aniq. Kitob sahifalarida bor mahoratimni ishga solib, ingliz tilidagi g‘alabangiz uchun kerakli ma’lumotlarni qulay tartibda va sinalgan usulda keltiryapman. Faqat ingliz tilini o‘rgatish bilan cheklanmayman, hayotingizda asqatadigan ko‘plab fikrlarni ham berib ketaman. Chunki mening maqsadim – sizning g‘alabangiz, shunqorginam. Bular dunyoning eng muvaffaqiyatli insonlarini o‘rganish natijasida kelgan xulosalarimdir.
Har darsning yakunida, agar amalda qo‘llanilsa, sizni haqiqiy omadli insonga aylantiruvchi bitta muvaffaqiyat siri beriladi. Faqat bir sharti bor: men maslahatni beraman, siz esa uni amalda qo‘llaysiz. Bor-yo‘g‘i shu.
Katta sayohat boshlanmoqda! Tayyormisiz? Unda ketdik!

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish