***
Bugungi darsimizda oson boyish haqida aytib bermoqchiman. Men juda oddiy oilada tug‘ilganman. Oilamizda pul doim keragidan ozgina kamroq bo‘lardi. Toshkentga kelganimdan keyin “Nega ba’zilar boyib ketadi, boshqalar esa kambag‘allikda davom etadi?” – degan savolga javob izlay boshladim. Hozirgi kunda o‘zimga yoqqan ish bilan shug‘ullanaman, moliyaviy ahvolim yaxshi. Maqtanmoqchi emasman. Men sizga hozir bermoqchi bo‘lgan maslahatimni o‘zim allaqachon amalda qo‘lladim hamda natijasini ko‘rdim demoqchman. Buni men milliarderlardan o‘rganganman. Har bir milliarder buni yaxshi biladi. Ular doim e’tiborini shunga qaratadi. Tayyormisiz? Demak, boshladik!
Kam pul ishlayotganlarning qancha ko‘p insonga yordam berayotganligiga e’tibor qarataylik. Masalan: quruvchi. U bir vaqtning o‘zida bir oy yoki bir yil, xullas, belgilangan vaqt mobaynida faqat bir kishiga yordam bera oladi. Bu ahvolda u milliarder bo‘lish haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi. Yoki bir kompaniya kotibasini olaylik. U kotiba faqat direktorgagina yordam beradi. Shuning uchun uning oladigan puli juda kam miqdorni tashkil etadi. Endi boshqa misolda ko‘proq odamlarga yordam beradigan insonni olamiz: eshik va deraza romlari sexi egasi. Bu kishining sexi bir vaqtning o‘zida 10 kishining uyiga eshik va romlar ishlab chiqarishi mumkin. Demak, bu sex egasi o‘z-o‘zidan boyagi kotibadan ko‘proq odamga yordam beradi va kotibaga qaraganda, albatta, ko‘proq pul topadi. Men ko‘p ishchilarni ishlatishga ulgurganman. Faqat olish haqida ko‘p gapiradigan ishchi va xodimlarni ishga qabul qilmayman. Nega? Chunki u kompaniyaga ko‘proq narsa berish haqida o‘ylamayapti, ko‘proq berish haqida o‘ylamayaptimi, demak, kompaniya u bilan o‘smaydi, uning oyligi ham ko‘tarilmaydi. Aksincha, berish haqida gapiradigan xodimlarni ishga olishni tavsiya qilaman. Lekin hamisha faqat berishni gapiradiganlarni topishga harakat qilmang, umuman biron xodimsiz qolishingiz mumkin. Ana endi siz-u bizga ma’lum eng boy odamlar haqida gaplashib ko‘raylik. Dunyoning eng boy odamlaridan biri Rey Krokning Mc Donalds oshxonalar tarmog‘i orqali bir kunda 68 milliondan ko‘proq odam ovqatlanadi. Endi, siz tushunayotgan bo‘lsangiz kerak nega boylar boy-u, kambag‘allar kambag‘al ekanligini? Nega Rey Krog juda boyib ketdi? Chunki u har doim odamlarga ko‘proq yordam berish haqida o‘ylagan. Dunyoning eng boy odamlaridan yana biri – Mark Sukerberg “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali milliardlab insonlarni bog‘lab turibdi. Boshqacha qilib aytganda, Mark bir paytning o‘zida milliardlab insonlarga yordam berayapti. Shuning uchun Mark dunyoning eng boy odamlari qatorida turibdi! Siz ham boyib ketishingiz uchun, albatta, boshqalarga yordam berishingiz kerak. Qanchalik ko‘p odamga yordam bera olishingiz naqadar boy bo‘lishingizni belgilab beradi. Agar biron kompaniyada ishlayotgan bo‘lsangiz, faqat va faqat berish haqida o‘ylang. Nima olishingiz har doim nima berishingizga bog‘liq. Agar shundoq ham ko‘pchilikka yordam berayotgan bo‘lsangiz, qanday qilib yanada ko‘proq odamlarning hojatini chiqarishim mumkin degan savol bilan biznesingizni kengaytiring. Har doim shu haqida o‘ylang. Menimcha, bugunga yetadi! Keyingi darsimizda ko‘rishguncha!
Do'stlaringiz bilan baham: |