Фойдаланилган адабиётлар:
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi
ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. - 104 b.
2. Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси “LЕХ.
UZ” сайти.
3. Karimova V. «Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot». - T.: 1999.
4. Шамсиев У.Б., Мухамедова Д.Г. Меҳнат психологияси ва менеджмент. Дарслик. Тош-
кент, 2018.
78
Февраль 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA MASALA VA MASHQLARNING AHAMIYATI
Sotimova Gulnoza Qudratovna
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi
28- maktabning oliy toifali biologiya fani o`qituvchisi,
gulnozasotimova01/gmail.com/91-442-50-13
Annotatsiya:
Mazkur maqolada biologiya fanini o’qitishda masala va mashqlarning o’rni
haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
G’o’za, ildizpoya, barg, taqqoslash. tahlil qilish mashqlari
Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning nazariy asosi sanalgan
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan biri oʼquvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlashni
rivojlantirish sanaladi. Fikr inson faoliyati, uning oʼz kuchi, qudrati va bilimini tashkil etuvchi
maʼnaviy-insoniy sifatidir. Fikr rivoji ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi
kuchi boʼlganligi uchun, oʼqitish jarayonida oʼquvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritishni
koʼnikmalarini rivojlantirish zarur.Oʼquvchilarning ijodiy va mustaqil fikr yuritishni koʼnikmalarini
rivojlantirishda biologiyadan tashkil etiladigan taʼlim-tarbiya jarayonida masala va mashqlar
yechishni yoʼlga qoʼyish muhim ahamiyat kasb etadi:
1. Oʼquvchilarning biologiyadan oʼzlashtirgan nazariy bilimlarni amaliyotga qoʼllash orqali
mustahkamligi taʼminlanadi.
2. Oʼquvchilarda mantiqiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish koʼnikmalari rivojlantiriladi.
3. Oʼquvchilarning biologiyani oʼzlashtirishga boʼlgan qiziqishi ortadi, ilmiy dunyoqarashi
kengayadi.
4. Oʼquvchilarning bilish faoliyati faollashadi, taʼlim samaradorligi ortadi. Аvvalo
oʼquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va faollashtirish muammosini anglab olish lozim.
Taʼlim jarayonida oʼquvchi oʼqituvchining bevosita rahbarligida, taʼlim mazmuni, metodlari,
vositalari va shakllari yordamida organik olamning qonuniyatlari, hodisa va voqealarning
mohiyati, oʼziga xos xususiyatlarini oʼrganadi va bilim, koʼnikma va malakalarni egallaydi.
Bundan koʼrinib turibdiki, oʼquvchilar uchun oʼquv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati
esa bilish faoliyatidir.Oʼqituvchi taʼlim jarayonida oʼquvchilarning bilish faoliyatini tashkil
etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va oʼqitishdan koʼzda tutilgan taʼlimiy, tarbiyaviy
va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga
zamin yaratadi. Oʼqituvchi uchun taʼlim jarayoni oʼquvchilarning faoliyati bilan uzviy bogʼlangan
va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda oʼzgartirishlar kiritadigan
ish jarayoni, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda oʼquvchilarning bilish faoliyati va
oʼqituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uygʼun ravishda tashkil etilgandagina oʼqitishdan
koʼzda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin.
Biologiya faniga o`quvchilarning qiziqishini oshirishish uchun mantiqiy va matematik
masalalarning o`rni juda katta. Bu borada 6-sinf biologiya fani bo`yicha turli xil masalalar
o`quvchilarning mantiqiy fikrlashini oshirish bilan birgalikda, fan bo`yicha kerakli raqamlar
va ma`lumotlarni esda saqlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.Quyidagi
masalalar o`quvchilarning bilimini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.Bu masalalar biologiyaning
botanika bo`limidagi ma`lumotlar asosida tuzilgan.
1-masala.G`o`za o`simligining ildizi sutkasiga 2-3 sm o`sishi ma`lum bo`lsa, bir tup
g`o`zaningildizi 25kunu 6 soatda necha sm o`sadi?
2-masala. Bitta o`simlikning ildiz tukchalari bir –biriga ulansa 20 kmni tashkil etsa,1540 ta
o`simlikning ildiz tukchalri bir-biriga ulab chiqilsa qancha bo`lishini hisoblang?
Botanikani oʼqitishda foydalaniladigan mashqlar ichida obʼektlarning nomini sanab, ularni
topish lozim boʼlgan mashqlar ham uchraydi. Mazkur mashqlarda oʼquvchilarning obʼektlar yoki
ularning qismlarini tanish koʼnikmalari rivojlantiriladi.
1-mashq. Bargning koʼndalang kesimi tasvirlangan rasmni koʼrib chiqing. Barg usti epidermisi
( ), barg eti hujayralari ( ), gʼovak toʼqima hujayralari ( ), barg osti epidermisi ( ), ustьitsa
(barg ogʼizchasi) ( ), tomirlar ( ), mexanik tolalar ( ), oʼtkazuvchi naylar ( ) qaysi raqamlarda
berilganligini aniqlang va qavslar ichiga yozing.
Botanikani oʼqitishda foydalaniladigan mashqlar ichida taqqoslash, tahlil qilishni taqoza
79
Do'stlaringiz bilan baham: |