Keywords.
Work activity, work motivation, family, parental function.
O’smirlik davrida mehnat fa’oliyati motivasiyasini shakllantirishda ota-onalarning funksiyasi
muammosi pedagogic psixologiya fani muammolaridan biridir.o’smirlarni mehnatga tarbiyalash-
tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri bo’lgan pedagogic
jarayondir. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, intizom,
batartiblik, tashkilotchilik tashsbbuskorlik, ishchanlik, ishning ko’zini bilish singari sifatlarni
qaror toptirishga xizmat qiladi.
Mehnat hamisha inson hayoti va madaniyatining asosi bo’lgan. Mehnat inson ehtiyojlarini
qondirishning birinchi va asosiy vositasi bo’lganligi uchun ham mehnat tarbiyasi tarbiyaning
boshqa hamma turlaridan oldin paydo bo’lgan.
Mehnat tarbiyasi g’oyat keng falsafiy pedagogic-psixologik kategoriya bo’lib, “mehnat ta’limi”,
“kasbga yo’naltish”, “politexnik ta’lim”,“kasb ta’limi” singari tushunchalarni o’z ichiga oladi.
Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga
tayorlashning eng muhim vositasi bo’lib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilohiy kitoblar va
hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda mehnat tarbiyasiga kata e’tibor berilgan.
V.A.Suxomlinskiyning: “Bolalarga mehnat quvonchi bering. Bu quvonch unga muvaffaqiyat,
uning mahorati va bajarilgan isgning ahamiyatini anglash, boshqalarga quvonch baxsh etish
imkoniyatini olib keladi”(V.A.Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido”.T.”O’qituvchi”,1984y.) degan
fikri ham shu ma’noda aytilgan.
Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir ko’nikma va malakalarni
shakllantirish ko’zda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola o’zini anglay boshlashi
bilanaoq amalga oshirila boradi.
Jumladan, chaqaloqlar go’daklik bosqichga o’tishlari bilanoq,ularga dastlabki mehnat tarbiyasi
berila boshlandi. Shunday qilinmasa, bola faqat iste’molchiga aylanib qoladi va natijada u noshud
va yalqovgina emas, ma’naviyati kemtik shaxs ham bo’lib shakllanishi mumkin.
Bolalarga mehnat tarbiyasi berish bog’cha,maktab singari ijtimoiy pedagogic muassasalar kata
o’rin tutadi. Chunki bu muassasalarda mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli muassasalar tomoni-
dab uyushtiriladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari,
ruhiy, aqliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq bo’lishi lozim.
Bolaning imkoniyatlaridan yengil mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyat-
laridan og’ir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin.
Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va intizom bo’lishiga qat’iy amal qilinishi
joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin.
76
Do'stlaringiz bilan baham: |