Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
LISONIY MEROS – O‘ZBEK TILI TARAQQIYOTINING POYDEVORI
Isroilova Nilufar Xusanovna
Toshkent shahar Olmazor tumanidagi
191-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
o’zbek tili fani o’qituvchisi
Annotatsiya.
Mazkur maqola o‘zbek tili izohli lug‘atining amaliyotda qo‘llanilishi
muammolariga qaratilgan bo‘lib, ana shu muammolarni bartaraf etish yo‘llari hamda uning asosiy
xususiyatlari ochib berilgan. Lug‘atlar orqali ana shu jarayonga yanada aniq oydinlik kiritish
muhimligi ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
o‘zbek tilining izohli lug‘ati, so‘zning ma’no tomoni, sinonimlar lug‘ati,
omonimlar lug ‘ati, ularning amaldagi o‘rni va ahamiyati
Annotation.
This article takes into consideration for difficulties of application of the Uzbek
explanatory dictionary and issuess related to this complication are depicted in this article. The
necessity of process with working dictionary is emphasized.
Keywords:
The Uzbek explanatory dictionary, semantic theory of word, the dictionary of
synonyms, homonyms, their role and importance in the sentences.
Til inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir inson o‘zining tilidan foydalanib, jamiyat
bilan muloqot qiladi, o‘z fikr-mulohazalarini tinglovchiga bayon qiladi. Biz uchun o‘zbek tili ana
shunday imkoniyat beruvchi ona tilidir. Darvoqe, ona tilimizning boyligi-yu qudratini, g‘o‘zalligi-
yu nafosatini, hayotimizda tutgan o‘rni-yu va salohiyatini kim ham bilmaydi?!
O‘zbek tilining boy til ekanligiga XV asrda yashab ijod qilgan ulug‘ mutafakkir bobomiz
Alisher Navoiy(o‘z asarlarida 26 mingdan ortiq so‘z qo‘llagan)ning ilmiy va badiiy merosi
ham dalolatdir. Turkiy til qudratini dunyoga yoygan bobomiz Alisher Navoiy o‘zining ikki til
muhokamasiga bag‘ishlangan “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida juda ko‘plab turkiy so‘zlarning
keng imkoniyatlarini ochib, ma’nosi va mazmunini hamda samarali foydalanish o‘rinlarini asoslab
berdi. Asrlar davomida til jamiyat taraqqiyoti natijasida boyib, sayqal topib kelgan. Til taraqqiyotida
buyuk mutafakkirlarimiz, so‘z san’atkorlarining lisoniy merosi va so‘z qo‘llash mahorati muhim
omillardan sanaladi. Til hamisha so‘z bilan tirikdir. So‘z jamiki insoniyatning voqelikni idrok
qilish va bayon qilish vositasidir.
Tilning barcha imkoniyatlari so‘z va uning ma’nolari orqali borlig‘icha namoyon bo‘lishi
e’tiborga olinsa, til jamiyatining bugungi vakillari, xususan, yosh avlod til imkoniyatlarini qay
darajada o‘zlashtirishi; so‘zni, uning ma’no tomoni va ularning nozik tovlanishlarini qay darajada
idrok etishi, his qilishi birlamchi dolzarb masala sifatida qayd qilinishi tabiiy. Ma’lumki, umumta’lim
maktablari va akademik litseylarda ona tili fanini o‘qitish faqatgina grammatik qonun-qoidalargа
аsoslanadi. Fikrimizcha, ona tilining ulug‘vorligi, qudrati va jozibasini faqat nazariy bilimlarni
o‘rganish orqali his qilish juda ham mushkuldir. Binobarin, 10-, 11-sinflar Ona tili darsliklarida
so‘zlarning ma’nosi izohlanganligini ko‘ramiz. Ammo bu ma’lumotlar, izoh va manbalar yetarli
darajada emas. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da 85 000 dan ortiq so‘z jamlanganligining o‘zi
ham ona tilimizning nihoyatda boy til maqomida ekanligini ko‘rsatib turibdi. Tilimiz lug‘at
boyligi rang-barang so‘z va ifodalarga to‘la, turli ma’no va ularning nozik tovlanishlari beqiyos va
betakrordir. Faqat ularni o‘rganish, his qilish, maqsadli va samarali foydalana olish talab etiladi,
xolos. Ana shunday so‘zlar miqdori va turli munosabatli ko‘rinishlarini istagancha kuzatishimiz
mumkin. Xususan, nutq ta’sirchanligini ta’minlash, go‘zal ifoda yaratish, nutqni chiroyli tuzish va
uni ifoda etish kabilarga xizmat qiluvchi so‘z va uning ma’nolariga diqqat qaratamiz. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |