Umumiy tarzda xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki
, bunday natijaga erishish amaliyotda
o’quv jarayonida loyixalash va pedagogik texnologiyalarni qo’llashni taqazo etadi. Ular juda
xilma – xildir. Bular yangi interfaol usullar va ta’lim metodlari hamda hozirda dars jarayonida
qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar shular jumlasidandir. Ta’kidlash lozim-ki, yuqorida
keltirilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o’qitishning samarasini oshirishga yordam
beruvchi texnologik treninglardan keng foydalanilsa, o’quvchilarda aqliy, ijodiy va mustaqil
fikrlash shakllanadi. Ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga, yetuk mutaxassis bo’lishlariga
hamda mutaxassisga kerakli bo’lgan kasbiy fazilatlarini oshirishga keng yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.
O’zbekiston 2017 yil, - 489b.
2. Azizxo’jayeva N. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» Toshkent:, O’qituvchi».,
2006 yil.
3.Karimova D. «Musiqiy pedagogik mahorat asoslari»Toshkent., «Moliya» , TDPU., 2008 yil.
46
Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
YANGILANAYOTGAN O`ZBEKISTON SHAROITIDA TALABALARNING
FUQAROLIK SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Umarov Djamshed Saytmurotovich
Nizomiy nomidagi TDPU, erkin tadqiqotchi
Annotasiya :
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarning fuqarolik savodxonligini
rivojlantirish, insonning o‘z-o‘zini fuqarolik, axloqiy va siyosiy qobiliyatini kamolga yetkazishda
shaxsning integrativ shakllanishidir.
Tayanch so`zlar
:
O‘zbekiston,
jamiyat,
talabalar, fuqarolik, savodxonlig, rivojlantirish, inson,
axloqiy, siyosiy, moddiy , ma’naviy, dunyo, global.
Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatining ravnaqi – uning moddiy va ma’naviy sohalari bilan
bevosita bog‘liq. Butun dunyodagi va mamlakatimizdagi global o‘zgarishlar tufayli ijtimoiy
hayotdagi, iqtisodiy, ekologiya, demografiya inqirozli vaziyatlarni yengish zamonaviy hayotning
mavjud salbiy holatlari bartaraf etiladigan yangi turdagi jamiyatni qurish bo‘yicha davlat va
fuqarolarning hamkorlikdagi urinishlarini talab etadi. Bu qanday jamiyat? Bu javob hamma uchun
tanishdek tuyuladi: bu fuqarolik jamiyatidir.
O‘zbekiston taraqqiyotining bosh yo`li jamiyatni demokratlashtirish va fukorolik davlatini
kurishdan iboratdir. O‘zbekistonda demokratik jamiyatni kurish eng avvalo, aholini o‘zbek
xalqining ming yilliklar tarixi, ma’naviy taraqqiyoti, buyuk madaniyati, ma’naviy meros va
boy an’analari bilan yaqindan tanishtirish, ular to‘g‘risida yetarli bilimga ega bo‘lishlari uchun
sharoit yaratish zarur. Ana shunday sharoitlardan biri - bu ta’lim jarayonida talabalani milliy tarix,
madaniyat va turmush tarzi bilan yaqindan tanishtirib borish, o‘quv fanlari va ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar mazmuniga milliy kadriyatlarni singdirish sanaladi.
Mustaqil O‘zbekiston jamiyat a’zolarining fuqarolik bilimlarini yuksaltirib borish, fuqarolik
demokratik davlat qurishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik jihatdan bilimli
bo‘lgan insonlar fuqarolik davlat qonun ustuvorligiga asoslanishini his qila oladi. Prezidentimiz
ta’kidlaganidek, fuqarolik davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko‘zi ham, so‘zi ham qonundir.
Fuqarolik davlatda qonunlar doimo ustuvor bo‘lishi kerak. Shu bilan birga oliygoh talabalarda
fuqarolik savodxonligini rivojlantirish eng avvalo, huquqiy tarbiya ta’sirida shakllanadi. Huquqiy
tarbiya tartib-intizom darajasining oshishiga, burch va mas’uliyat hissining mustahkamlanishiga
hamda oliygoh talabalarda fuqarolik savodxonligini rivojlantirishga yordam beradi.
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarning fuqarolik savodxonligini rivojlantirish
fuqarolik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun ayniqsa talaba-yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashni ham taqozo qiladi. Chunki Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, vatanparvarlik
tuyg‘ulari insonda o‘z-o‘zidan, ongsiz ravishda paydo bo‘ladigan, shakllanadigan narsalar emas.
Ular har bir kishida jamiyatda uni o‘rab turgan ijtimoiy madaniy muhit ta’sirida jamiyatning ta’lim-
tarbiyasi asosida shakllanadi va rivojlanadi. Albatta ushbu fazilatlar shaxs faoliyatida kamol topadi.
Shunday ekan barkamollik, bilimdonlik, mexnatsevarlik, ahloqiy soflik kabi fuqarolarga xos his-
tuyg‘ularni shakllantirish, insonparvar, vatanparvar shaxsni voyaga yetkazishda muhim hisoblanadi.
Chunki, ushbu fazilatlar insonda ma’naviy-ahloqiy salohiyat va ijtimoiy faollikni oshirib, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirish bilan birga, fuqarolik savodxonligini rivojlantirish burchi va
vazifalarini bajarish mas’uliyatini rivojlantiradi. Demak, sog‘lom, iymon-e’tiqodli, aqlan teran,
ahloqan pok, o‘z hak-huquqlari, burch va mas’uliyatlarini chuqur anglaydigan yoshlarni voyaga
yetkazish fuqarolik savodxonligini rivojlantirish jamiyatini asosini tashkil etadi.
Shunday ekan, mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik
jamiyat asoslarini shakllantirish, uning quruvchilari hisoblangan yosh avlodning fuqarolik
tarbiyasini takomillashtirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Fuqarolik savodxonligini
rivojlantirish fuqarolik madaniyatini shakllantirish, jahonda ro`y berib, kuchayib borayotgan
xalqaro terrorizm, diniy fundamentalizm va ekstremizmning oldini olish; ayrim yoshlarning
o‘qishga, mehnatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qiziqishining susayib, ular o‘rtasida avj olgan
giyohvandlik, ichkilikbozlik, huquqbuzarliklarni bartaraf etish; har bir insonning erkin, mustaqil
ongli, bunyodkor, tashabbuskor va to‘laqonli huquq va erkka ega, davlat boshqaruvida faol
ishtirokchi shaxs qilib voyaga yetkazish kabi talablarini to‘liq bajaradi. Axloqiy yondashuv asosida
talabalarning fuqarolik savodxonligini rivojlantirish bir vaqtda: o‘z burchi va majburiyatlarini
47
Do'stlaringiz bilan baham: |