Kalit so’zlar:
chang zarrachalari o‘lchamlar, pestitsidlar, ko‘z infeksiyalari, optik elektr,
fotoelektrik, tuproqqa ishlov berish.
Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) qum va chang bo‘ronlarini odatda o‘simlik qoplami
cheklangan qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda sodir bo‘ladigan xavfli atmosfera
hodisasi sifatida ta’riflaydi. Kuchli shamol taqir va quruq tuproqdan ko‘p miqdordagi mineral
changlarni (qum va boshqa tuproqning ustki qatlami materiallari) ko‘tarib, ularni yuzlab, minglab
kilometrlargacha olib boradi.
Qishloq va suv xo‘jaligida bajariladigan juda ko‘p texnologik jarayonlarni va ishlarni bajarishda
inson organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi chang hosil bo‘ladi. Masalan, chang yer-tuproq ishlarini
bajarishda, tuproqqa ishlov berishda, yer tekislashda, kanallar va ariqlarni aktiv ishchi organga ega
bo‘lgan meliorativ mashinalar bilan qazishda, qurilish ishlarida, yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirib
olishda, transport ishlarini bajarishda va boshqa ishlarda amalga oshirshda juda jadal ravishda
ajralib chiqadi.Chang gazsimon muhitda muallaq (aerozol) yoki cho’kma (aerogel) holatda bo’lgan
eng kichik qattiq zarrachalardan tashkil topgan dispers tizim deb ataladi.
Chang atmosfera va sanoatga bo’linadi. Sanoat changlarining paydo bo’lish manbalari
materiallarni maydalash (maydalash, kesish) va sirtini qayta ishlash (silliqlash, silliqlash,
cho’tkalash va boshqalar), maydalangan materiallarni tashish, tashish va qadoqlash bilan bog’liq
texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish uskunalari hisoblanadi. Atmosfera changiga sanoat
(atmosfera havosining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi) va tog’ jinslarining parchalanishi,
vulqon otilishi, yong’inlar, ekin maydonlarining shamol eroziyasi, kosmik va biologik kelib
chiqadigan changlar (o’simliklar gulchanglari, sporalar, mikroorganizmlar) natijasida paydo
bo’ladigan tabiiy chang kiradi. Atmosferaga chang zarralarini chiqaradigan sanoat korxonalariga
qora metallurgiya, issiqlik energetikasi, kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari sanoati
va boshqalar kiradi.
Chang deb har qanday modda va jismlarning havoda muallaq holda uchib yurgan mayda zarra-
chalariga aytiladi. Havoda uchib yurgan chang aerozol deb, yuzaga cho‘kkani esa aerogel deb ham
aytiladi. Kelib chiqishiga qarab ular organik (o‘simlik va boshqa tirik organizmlardan ajralib chiq-
adigan) va noorganik (turli qattiq moddalar, minerallar va metallardan ajralib chiqadigan) hamda
yuqoridagi ikkisining qo‘shilgani - aralash changlarga bo‘linadi. O‘lchamlari bo‘yicha changlar
quyidagicha sinflanadi: ko‘zga ko‘rinadigan changlar – o‘lchamlari 10 mkm katta; mikroskopik
changlar – o‘lchamlari 0,25 10 mkm; ultramikroskopik changlar – o‘lchamlari 0,25 mkm kichik.
Inson organizmiga chang zararli ta’sirining darajasi nafas olishda yutilayotgan chang miqdoriga,
chang zarrachalari o‘lchamlariga, zarrachalar shakliga, changning kimyoviy tarkibiga va eruvchan-
ligiga bog‘liq. Nafas olishda yutilayotgan chang miqdori esa ish o‘rni havosining changlanganlik
darajasiga bog‘liq. Changlangan havo ishlash va undan nafas olish natijasida odam organizmining
nafas olish organlari, ovqat hazm qilish organlari, ko‘zi, terisi va boshqa organlari turli darajada
zararlanishi mumkin. Shularning ichida eng xavflilari o‘pka silikozi, ko‘zga qorachig‘ining xiral-
50
Do'stlaringiz bilan baham: |