oʻzbekcha:
turkcha:
gapirmoq
konuşmak
soʻzlamoq
bahsetmek
Koʻrinib turibdiki, bunday lug‘atdan olingan ekvavalentlar soni sinonimlar qatoridagi soʻzlardan
kamroq. Shuning uchun turkiy tillarda feʼlning tugallangan va tugallanmagan turlari qarama-qarshi
qoʻyilmaganligini hisobga olib, “gapirmoq” tushunchasi uchun rus tili orqali ekvavalentlarni
topganda ruscha “govorit” va “skazat” soʻzlarining ekvavalentlarini olishimiz kerak. Shunda:
O’zbekcha:
turkcha:
Gapırmoq
konuşmak
So’zlamoq
bahsetmek
Tıldan foydalanmoq
söylemek
Aytmoq
demek
Izhor qılmoq
guruh ekvavalentlar topildi. Koʻrinib turibdiki, oʻzbek tilidagı guruh “gapirmoq” soʻzining
sinonimlari qatoriga yaqinroqdir. Shu tariqa barcha turkiy xalqlar tillarida “gapirmoq”
tushunchasinıng ekvavalentlari topıladı” [1]
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Каримов Б.Р., Муталов Ш.Ш. Ўртатурк тили. Тошкент. Мехнат. 1992.
2. Nurmonov A. Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar.-Toshkent: Sharq, 2001. Каримов
Б.Р., Муталов Ш.Ш. Усредненные языки: Попытка решения мировой языковой проблемы.
Тошкент. Фан. 2008.
42
Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
KITOBXONLIK - MA’NAVIYAT SARCHASHMASIDIR
Tovbayeva Feruza Baxtiyorovna
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani
3-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Inson ma’naviyatining sarchashmasi bo’lmish kitob hamda
kitobxonlik, aholi orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantiirish haqida fikr mulohazalar
bildiriladi.
Kalit so’zlar
: Kitobxonlik madaniyati, Alisher Navoiy, Shavkat Mirziyoev, PQ-3271 sonli
“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”,
intellektual saviya.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish
bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz
va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va
ma’naviyatimiz ravnaqida katta siljishlarning debochasi bo‘lishiga astoydil ishonib turibmiz.
Ayniqsa, bu o‘rinda xorij tajribasini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual
saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga talabni o‘rganish kabi masalalarning ko‘tarilgani
g‘oyatda tahsinga loyiqdir. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek,
“kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Xalqimiz
tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir
maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik
– ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming
yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-
hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni
kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi
kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini
yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017
yil 13 sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish
tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi ham ushbu
sohada amalga oshirilayotgan ishlarning dalilidir desak, aslo, xato bo’lmas edi. Ushbu qarorga
muvofiq, qabul qilingan dastur bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
I bosqich – 2020–2021-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-
huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
II bosqich – 2022–2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;
III bosqich – 2024–2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish,
ularning intellektual salohiyati o‘sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.
“Ayni paytda, - deydi Shavkat Miromonovich, - axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yu-
tuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni
kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor
qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng
sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor
berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. Mamlakatimiz rahbarining kitob, kitobxonlik madani-
yatini yaxshilash to‘g‘risida kuyunib gapirayotganliklarining chuqur falsafasi bor. Birinchidan,
yuqorida qayd etilgani kabi, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma’naviy quvvatini
oshiruvchi buyuk kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, barchamizni
o‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy zaminimizni mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga
qodir mash’ala hisoblanadi. Shuning uchun ham bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod
qilish har doim ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko‘rsatuvchi muqaddas
tushunchalar hisoblanadi.
Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, Boladagi barcha tarbyaviy hislatlar dastlab oilada
43
Do'stlaringiz bilan baham: |