National researches of uzbekistan: conferences


KUNIMIZDA O‘RTATURK TILI QANCHALIK DOLZARB?



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

KUNIMIZDA O‘RTATURK TILI QANCHALIK DOLZARB?
Tolyaganova Ra’no Ilyasovna
Toshkent shahar Olmazor Tumani
191-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 
o’zbek tili fani o’qituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada hozirgi barcha turkiy xalqlarning tillarini o‘rtalashtirish orqali bitta 
umumiy o‘rta til yaratish haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda hozirda vositachilik qilayotgan 
yokivositachilikka da’vo qilayotgan boshqa tillarning ijobiy va salbiy jihatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: 
Etnolingvopanizm, o‘rtaturk tili, o‘rtalashtirish, turkchilik, turkiy tillar, vositachi 
til.
Annotation.
The article discusses the creation of a single common language by sharing the 
languages of all modern Turkic peoples. It discusses the pros and cons of other languages that are 
currently being mediated or claimed to be mediated. 
Keywords:
Ethnolinguopanism, Middle Turkic, Middle Ages, Turkism, Turkic languages,
intermediate language.
Insoniyat yaralibdiki, til uning eng yaqin tayanchi, suyanchig‘i sifatida u bilan birga yashab
kelmoqda. Darhaqiqat, til insoniyat uchun aloqa almashinuvi vositasi sifatida bebaho ne’matdir. 
Shuning bilan birga til inson ijtimoiy ehtiyoji bo‘lgan insonlar o‘rtasidagi ruhiy yaqinligini, 
yakdilligini taminlovchi va ajralmas qadriyatining bir qismi bo‘lgan ma’naviy boyligidir. Demakki, 
tilning asosiy vazifasi bu- insonlarning birligi, hamjihatligiga xizmat qilishdir. Bugungi kunda, 
millatlararo ziddiyatlar keskinlashib bu ba’zan davlatlar o‘rtasida to‘qnashuvga, ba’zan ichki 
ziddiyatlarga, ba’zan esa mustahkam ko‘ringan davlatlarning parchalanishiga olib kelayotgan 
bir paytda tilning asosiy vazifasi, millatlar, xalqlarni birlashtirish vazifasi kun tartibiga chiqadi. 
Aynan mana shunday barqaror, mo‘tadil bo‘lmagan siyosiy vaziyatda barcha turkiy xalqlarni 
siyosiy, iqtisodiy va eng muhimi madaniy, ma’naviy jihatdan birlashtirib hamjihat bo‘lishiga 
xizmat qilishi mumkin bo‘lgan, hozirda mavjud barcha turkiy tillar uchun shaklan va mazmunan 
bir xil uzoqlikda va yaqinlikda bo‘ladigan o‘rtaturk tili taklif qilinyapdi. Tarixda ming yillar 
davomida yagona bo‘lgan qadimgi turk tili bugungi kunga kelib mustaqil, shaklan ma’lum 
darajada bir biridan uzoqlashgan bir nechta tillarga bo‘linib ketgan. Turkiy tilning shakillanish 
davrida bu tilda so‘zlashuvchi xalaqlar nafaqat til balki madaniy, manaviy, iqtisodiy jihatdan ham 
yakdil bo‘lgan. Turkiy tilning sheva va lahjalarga bo‘linish jarayoni o‘rta asrlarda boshlangan 
bo‘lishiga qaramay alohida til darajasidagi farqlanish XX asrda vujudga kelgan. Shu davrdagi 
ma’lum tarixiy jarayonlar natijasida til parchalangan va bu til bilan birga shu tilda so‘zlashuvchi 
xalqlarning ham madaniy, iqtisodiy va boshqa muhim ijtimoiy jihatdan bo‘linishiga sabab bo‘lgan. 
. Ushbu tilni qayta birlashtirish harakati XIX asr oxiri XX asr boshlarida qayta jonlanadi. Bu 
harakat shu davrdagi turkiy ellarning birlikka intilishi jarayoni bilan barobar kechdi hamda 
birgalikda “turkchilik”, “panturkizm” nomini oldi. turkiy xalqlarning keyingi taqdiri mustamlakasi 
bo‘lgan davlati bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Barcha qaram bo‘lgan turkiy tillarga rus tili va xitoy 
tilining fonetik leksik va uslubiy ta’siri kuchayib bordi. Turkiyadan tashqarida turkiy olamning 
rivojlanishi to‘xtab yagona turkiy til yaratish umidi ham tugatildi. Keyingi davrda esa turkchilik 
tarafdorlarini taqib va qatag‘on kutib oldi. Natijada, turkiy tillar rivojlanishi qiyin masalaga 
aylandi. Aslida turkchilik yoki barcha turkiy xalqlar uchun yagona til yaratish erkin, demokratik, 
xolis tushunchadir. “Turkchilik(panturkizm), slavyanchilik (panslavyanizm), germanchilik 
(pangermanizm), eronchilik(paneronizm) singari mohiyatan o‘xshash tushunchalarni qamrab 
oluvchi umumiy tushunchaga kiradi. Bu tushunchani eltilchilik( etnik lingvistik panizm, qisqacha 
etnolingvopanizm) termini bilan ifodalaymiz. Eltilchilik(etnolingvopanizm) potensial(salohiyat) 
yaxlitlik falsafiy konsepsiyasining tegishli ellar guruhiga nisbatan qo‘llanilishidir... 
Agar muayyan eltilchilikka oid mafkuraviy qarashlar demokratik huquqiy ko‘p millatli davlat 
konstitutsiyasiga xilof bo‘lmasa, mazkur davlatda ushbu etnolingvopanizmga mansublik boisidan 
qatag‘on usullarini adolatga zid deb tushunmoq kerak. Aks holda, millatning oʻz taqdirini oʻzi 
belgilash umumdemokratik huquqi tugul, hatto millat oʻz imkoniyatlarini, rivojlanish yoʻllarini 
oʻrganishi ham taʼqiqlangan boʻlib chiqadi. 


40

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish