National researches of uzbekistan: conferences



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Список литературы:
1. Педагогика и психология инклюзивного образования [Текст]: учеб. пособие / Д.З. 
Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. – Казань: Изд-во «Познание» 
Института экономики, управления и права, 2013. – 256 с.
2. Что такое инклюзия в образовании [Электронный ресурс] / URL: http://perspektiva-inva.
ru/inclusive-edu/law/vw-371/http://perspektiva-inva.ru/inclusive-edu/law/vw-371/ .
3. Emanuelson I. Integrering og konsek-vensar av integreringsideologien. I: Haug P. (red.) 
Spesialpedagogiske utfordringar. Universi-etsforl-aget, Oslo, 1995.
4. Пургина, Е. И. Философские основы инклюзивного образования в контексте 
специального федерального государственного образовательного стандарта для детей 
с ограниченными возможностями здоровья [Текст] / Е.И. Пургина // Педагогическое 
образование в России. – 2014. – № 2. – С. 152–156


16
Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA MULTIMEDIYA VOSTALARIDAN 
FOYDALANISHNING TA’LIM SAMADORLIGIDAGI O`RNI
Nizomova Gulnoza Oybekovna
Namangan viloyati Mingbuloq tumani
45- sonli maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
Xushnazarova Feruza Saydullayevna
Namangan viloyati Mingbuloq tumani 
45- sonli maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich ta’lim tizimini rivojlantirish, innovatsion 
texnologiyalardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiya vositalari orqali ta’lim oluvchilarga 
ta’lim berishda qo’llanilayotgan usul va vositalar haqida tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
boshlang’ich ta’lim, innovatsion texnologiya, zamonaviy ta’lim, ta’lim oluvchi, 
innovatsion usul, multimedia vositalari, videodars loyihasi.
Ta’lim yangi bosqichga ko’tarilmoqda, o’quvchilar fikr darajasi kengaymoqda, axborot 
olish ossonlashmoqda, bunday o’sish jarayonida o’qitishda innovatsion texnologiyalardan 
foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi.
Boshlang’ich ta’lim tizimini rivojlantirishdagi asosiy tamoyillardan biri ta’lim tuzilishini 
va mazmunini isloh qilishdir. Buning uchun yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar 
tayyorlash, ta’lim bo’yicha kadrlarning faoliyatini uyg’unlashtirish, ta’lim innovatsiyalari, ilg’or 
pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish asosiy vazifamizdir. Boshlang’ich 
ta’limda dastlab o’qituvchi faoliyatini o’zgartirmay turib, ta’limda bir qadam ham oldinga siljib 
bo’lmaydi. Shuning uchun boshlang’ich ta’limni rivojlantirishda bo’lajak mutaxassislar faoliyati 
va yangilikka intilish motivatsiyasini, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirib, belgilangan 
maqsadga yo’naltirishimiz lozim.
Boshlang’ich ta’limda innovatsion jarayonlarni amalga oshirish, bu tizimga yangiliklar kiritish, 
o’quv jarayonlarining tuzilishini yangilash, avvaldan mavjud bo’lgan holatdan o’zgargan, farq 
qiluvchi ta’limni takomillashtirishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash, yaxshi natija beradigan 
mexanizmlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish kerak. Tajribadan o’tgan, ketma-ketlikda 
qo’llanadigan innovatsion texnologiyalar kafolatlangan natijani beradi. Bunday innovatsiyalar 
o’qitishning muayyan vazifalarini hal qilish uchun tayyor texnologik xarita vositasini bajaradi. 
Boshlang’ich ta’limni rivojlantirish, zaruriy darajadagi natijani olish uchun ta’lim tizimini 
takomillashtirish, bajarayotgan funksiyasini ijobiy tomonga yo’naltirish, zamonaviy innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish kerak.
Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanilganda o’qituvchining mahorati 
va ta’lim oluvchining mustaqil ishlash ko’nikmasi shakllanib boradi. Innovatsion texnologiyalardan 
boshlang’ich ta’limda eng ko’p qo’llanilayotganlari multimedia va videodarslar hisoblanadi. 
Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarda shaxsiy individual 
xususiyatlari, o’quv jarayonlarida faolligi, har bir mavzuga ijodiy yondashuvi va axborot bilan 
ishlash kompetensiyalarining rivojlanishiga olib keladi.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini ishlatish haqida ma’lumotga ega bo’lmagan o’qituvchi 
ta’lim sifatining pasayishiga sababchi bo’lib qoladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangidan tashkil qilingan ta’lim tizimida innovatsion 
texnologiyalar, multimedia vositalari va videodars loyihalari ishlab chiqilgan bo’lib, xalqaro 
tajribalar imkoniyatlaridan to’liq foydalanilmoqda. Boshlang’ich ta’limda multimedia 
texnologiyalari, videodarslar o’quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini oshiradi. Zamonaviy 
ta’lim o’qituvchi va o’quvchining fanlarga bo’lgan qiziqishini ortishiga, o’qitishning 
samaradorligini oshishiga, hajmi katta bo’lgan o’quv materiallarini o’rganishga ketadigan 
vaqtni ancha qisqartirilishiga xizmat qiladi. Innovatsion texnologiyalar o’quv jarayonida ta’lim 
oluvchining dars mashg’ulotlari davomida o’z fikrini ayta olishiga, munozara va muhokamalarda 
ishtirok etishiga, bilimini mustahkamlashga, o’z ijodkorligiga va tajribasiga suyana olishiga, 
axborot vositalari haqida boshlang’ich tushunchaga ega bo’lishiga, belgilangan fanlardan kerakli 
tushunchalarni ajrata olishiga, vazifa qilib beriladigan test, boshqotirmalar, savollarga to’g’ri 
javobni izlash ko’nikmalarining shakllanishiga o’zining yetarlicha ta’sirini ko’rsatadi. Umumiy 


17

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish