National researches of uzbekistan: conferences


Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Foydalanilagan adabiyotlar ro’yxati
1. Mamarajabov M. Kompyuter grafikasi va Web dizayn. Darslik, T: 2013.
2.”Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”. Tal’at G’afforova. 
“Tafakkur”nashriyoti Toshkent-2011.


18
Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
MODULLI OʻQITISH TEXNOLOGIYALARINI OʻQUV JARAYONIDA 
QOʻLLASHNING AHAMIYATI
Abdurahimova Mohira Numonjonovna
Fargʻona viloyati Yuridik texnikumi 
oʻquv boʻlimi uslubchisi
Annotatsiya: 
maqolada modulli oʻqitish texnologiyalarini oʻquv jarayonida qoʻllashning 
ahamiyati va ustun tomonlari yoritilgan. 
Kalit soʻzlari: 
modulli oʻqitish, ta’lim dasturi, modullikompetentli.
Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar pirovard 
natijada jahon talablari darajasidagi bilim va malakalarga ega, raqobatbardosh kadrlarni 
tayyorlashni koʻzda tutadi. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Davlat 
ta’lim standartlari, oʻquv rejalari hamda dasturlarida rivojlangan davlatlar tajribasidan oʻtgan bilim 
va malakalar tizimi oʻzining ijodiy aksini topmoqda. Ushbu tizimda kadrlar kasbiy koʻnikmalarini 
shakllashtirish va rivojlantirish ham oʻzining ahamiyati va koʻlami bilan muhim oʻrin tutadi.
Modulli oʻqitish ancha yillardan beri fanlarni oʻrgatishda qoʻllanilib kelinmoqda. Modulli 
oʻqitish – oʻqitishning istiqbolli tizimlaridan biri boʻlib hisoblanadi, chunki u taʼlim oluvchilarning 
bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
Oʻ.Tolipov modullashgan texnologiyaning afzalligi haqida quyidagicha fikr bildiradi: 
“Modullashgan texnologiyaning afzalliklaridan biri – ta’lim mazmunini tartibga solishdan iborat 
boʻlib, bunda mavjud axborotdan shundaylarinigina qat’iylik va qunt bilan tanlab olish kerakki, 
ular davlat ta’lim standartlari doirasida talabalar faoliyatini yetarli darajada muvaffaqiyatli amalga 
oshirish imkonini berishi lozim”.
Kasbiy-pedagogik tayyorgarlik jarayonida ta’limning nazariy, amaliy va ijtimoiy jihatlarini 
birlashtirish orqali ta’lim jarayonida qator yangi imkoniyatlar hosil boʻladi, modullikompetentli 
yondashuv asosidagi ta’limni amalga oshirish uchun qoʻshimcha didaktik shart-sharoitlar 
yaratiladi, ya’ni: 
1. bilimlarning tizimliligi va fanlararo integrasiyasi ta’minlanadi; 
2. ta’lim mazmunining dinamik ravishda kengayib borishiga imkon yaratiladi;
3. ishlab chiqarish texnologiyalariga mos ravishda mutaxassislarning faoliyat yuritish rejala-
rini tuzish imkoniyatlari paydo boʻladi; 
4. funksional vazifalari va majburiyatlari bilan tanishtiriladi; 
5. harakatlar va bajariladigan ishlarni amalga oshirishning yoʻllari koʻrsatiladi;
6. boʻlajak mutaxassislarning lavozimga oid va shaxsiy manfaatlari hisobga olinadi.
Oliy kasbiy ta’limda modulli -kompetentli yondashuv asosidagi oʻquv jarayoni shunday tashkil 
etiladiki, bunda ta’limning maqsadi sifatida ta’lim oluvchining kasbiy kompetensiyalarining 
yigʻindisi, unga erishish vositasi sifatida esa kasbiy ta’limning mazmunini va tuzilmasini modulli 
tarzda qurish hisoblanadi. Modul ta’lim dasturining muayyan kasbiy kompetensiyani yoki 
kometensiyalar guruhini shakllantirishga qaratilgan mustaqil birligi hisoblanadi. Boshqacha 
qilib aytganda, modul – ta’lim dasturining bir yoki bir nechta kompetensiyani shakllantiruvchi 
tugallangan birligi hisoblanadi hamda ta’lim oluvchilarning bilim va koʻnikmalarining nazorati 
bilan yakunlanadi. Demak, modulli ta’lim dasturi muayyan kompetensiyalarni egallashga qaratilgan 
boʻlib, ma’lum ketma-ketlikda joylashgan modullarning yigʻindisidan iborat. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, modulli oʻqitish dasturining tuzilishi, oʻquv vositalari, 
tashkiliy ishlarining sifatiga ham baho berish mumkin. Natijalarni muntazam baholab borish aniq va 
adolatli xulosalarga olib keladi. Baholashda mazkur xulosalarning umumlashtirilishi baholashning 
aniq boʻlishiga yordam beradi. Talabani muntazam ravishda oʻz natijalari toʻgʻrisida xabardor 
qilib turish uning maqsad sari intilishi va istaklarining amalga oshishiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi. 

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish