Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
chuqur anglovchi, jamiyat hayotini yo‘lga ko‘yishda faol ishtirokchi, fuqarolik jamiyat oldida
turgan joriy va istiqbol vazifalarni xal etuvchi, jamiyatni boshqarishda bevosita va bilvosita ishtirok
etuvchi, mamlakat qudratini mustahkamlash yo‘lida moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi,
milliy qadriyatlarni asrab-avaylovchi, milliy an’analarga sodiq, millat vakillari tomonidan xalqaro
maydonlarda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan faxrlana oluvchi, millat va mamlakat obro‘si uchun
kurashuvchi, Vatan mudofaasini ta’minlovchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.
Fuqarolik madaniyati yuqori darajada bo‘lgan shaxs «..jamiyatga beruvchi foydalari va
jamiyatdan oluvchi manfaatlari nisbatini teran anglovchi hamda o‘z amaliyotida bu nisbatda
muvozanat buzilmasligiga qat’iy rioya etuvchi sub’yektdir»[1]
Yoshlarni tarbiyalash va unda fuqarolik savodxonligini rivojlantirish murakkab hamda
davomiylik hususiyatiga ega jarayon hisoblansada, talabalik yillari bu jarayonni yanada kengiroq
fikirlash uchun huquqiy bilimni talab qiladi.
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarning fuqarolik savodxonligini rivojlantirish,
insonning o‘z-o‘zini fuqarolik, axloqiy va siyosiy qobiliyatini kamolga yetkazishda shaxsning
integrativ shakllanishidir.
Yoshlarning asosiy elementlariga axloqiy va fuqarolik madaniyat kiritilib, u insonlarda o‘z
davlatiga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va boshqa insonlarga hurmat bilan qarashda
ifodalanadi. Uning tarkibiy elementlari axloqiy tarbiya, vatanparvarlik tarbiyasi, fuqarolik tarbiya
kabilardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lik holda tarkib topadi.[2] Yangilanayotgan O‘zbekiston
sharoitida talabalarning fuqarolik savodxonligini rivojlantirish madaniyati davlatning ob’yektiv
holatiga, jamiyatda demokratiya va insonparvarlikning rivojlanish darajasiga, har bir fuqaro
nuqtaiy nazarining, o‘z-o‘zini anglashining shakllanishiga bog‘lik
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida talabalarning fuqarolik savodxonligini rivojlantirish
madaniyati talabalar tomonidan fuqarolik savodxonligini rivojlantirish va bu holatni ifoda etuvchi
sifatlar mohiyatini chuqur anglay olinishi asosida rivojlanadi. Shu jihatdan olganda talabalar turli
mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida fuqaro tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan
hatti-harakatlar, ularning ijtimoiy-g‘oyaviy hususiyatlari bilan tanishtirib borish maqsadga
muvofikdir. Bu o‘rinda oliygohlarda tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham muhim
o‘rin tutadi. Talabalarda fuqarolik savodxonligini rivojlantirishda ijtimoiy muhitning ta’sirini
ham hisobga olish kutilgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi. Zero, ijtimoiy muhitda ro‘y
berayotgan holatlar, ularning yo‘nalishi, mazmuni va mohiyati, jamiyatda ustuvor o‘rin egallagan
ma’naviy-axloqiy qarashlar talabalarning fuqaro sifatida shakllanishlariga bevosita ta’sir etadi.
Muammo yuzasidan yaratilgan ijtimoiy-falsafiy, tarixiy, pedagogik va psixologik adabiyotlar
bilan tanishish, talabalarning faoliyatini har tomonlama o‘rganish, talabalar bilan bevosita
muloqatda bo‘lish, ularning faoliyatini pedagogik jihatdan tahlil qilish ularda fuqarolik
savodxonligini rivojlantirish madaniyatini shakllantirish yo‘lida ayrim muammolar mavjudligini
ko‘rsatdi. Jumladan:
- Oliygoh faoliyatida (ham ta’lim jarayonida, ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil
etish chog‘ida) talabalarda fuqarolik savodxonligini rivojlantirish madaniyatini shakllantirish
masalasi yetakchi o‘rin egallamagan;
- talabalarning ko‘pchiligi «fuqaro» hamda «fuqarolik» tushunchalari negizida qanday
ma’naviy-axloqiy sifatlar mavjud bo‘lishi to‘g‘risida yetarli tushunchalarga ega emaslar;
- fukarolik savodxonligini oshirishga doir samarali shakllantirishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar
yetarli emas;
- ma’naviy - ma’rifiy tadbirlar rejasida talabalarning fuqarolik savodxonligiga axloqiy
yondashuv, bu maqomga ega bo‘lishning asoslari, tarkibiy elementlari, fuqarolik savodxonligini
rivojlantirish omillari to‘g‘risidagi bilimlar bilan tanishtiruvchi, shuningdek, ularda fuqarolik
savodxonligini rivojlantirishga doir o‘zaro aloqador tadbirlar o‘z aksini topmagan;
- talabalarda fuqarolik savodxonligini rivojlantirishning yaxlit tizimi yaratilmagan va puxta
asoslangan mexanizmi ishlab chikilmagan.
Fuqarolik jamiyatni barpo etishda talabalarning yuksak madaniyat, intellektual salohiyat va
jismoniy kamolotga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan olganda, jamiyatning
faol a’zolaridan bo‘lgan oliygoh talabalarda fuqarolik savodxonligini rivojlantirish dolzarb
muammo sanaladi. Talabalarda fuqarolik savodxonligini rivojlantirishning asoslangan tizimini
ishlab chiqish, tadqiqot yo‘nalishini belgilab beradi.
Shu bilan birga, fuqarolik jamiyat – bu O‘zbekistonning haqiqiy adolatli, insoniy kelajagini
48
Do'stlaringiz bilan baham: |