Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
ashishi, ko‘zda oq parda hosil bo‘lishi, teri yallig‘lanishi, qichima va boshqa teri kasalliklaridir.
O‘lchamlari 5 mkm dan kichik bo‘lgan chang zarrachalari o‘ta xavfli hisoblanadi. Ular yuqori
nafas olish organlarida ushlanib qolmasdan o‘pkaning ichgi qismiga (alveolga) chuqur kirib borib
silikoz (kvarsli changni yutganda), antrokoz (ko‘mir changini yutganda), asbestoz (asbest changi-
ni yutganda) va kimyoviy tarkibiga bog‘liq holatda boshqa turdagi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Chang zaharli va zaharsiz bo‘lishi mumkin. Bu uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Zaharli changlar
kukunsimon pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ishlaganda hosil
bo‘ladi. Bundan tashqari zaharsiz chang tarkibida turli mikroorganizmlar va mikroblar bo‘lishi
mumkin. Bu holat uning zararli ta’siri oqibatini og‘irlashtiradi.
Chang zarralarining havoda qolish muddati ularning hajmi va ob-havo sharoitlariga bog‘liq: ha-
jman yirik zarrachalar tezroq cho‘kadi, kichikroq zarrachalar esa yuqorida uchib yurishga ko‘proq
moyil bo‘ladi. Shuningdek, chang atmosferadan yog‘ingarchilik bilan yuviladi. O‘rtacha hisobda,
ular havoda bir necha soatdan (diametri 10 mikrometrdan ortiq bo‘lgan zarralar) 10 kundan ortiq
(diametri 1 mikrometrdan kichik bo‘lgan zarralar) muddatgacha saqlanib qoladi.
1- rasm.
«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, bunday hodisa mamlakatda 150 yil ichida,
ya’ni butun meteorologik kuzatuvlar davomida birinchi marta kuzatilgan. Bir qator hududlarda
atmosfera xavosining ko‘rinish darajasi 500−1000 metrgacha, Toshkent shahrida esa 200 metrgacha
yomonlashgan.
Chang bo‘ronlari qit’alararo tarqalishi tufayli ham ijobiy, ham salbiy global oqibatlarga olib
keladi. Masalan, chang o‘rmonlar va okean yuzasi suvlarini oziq moddalar bilan ta’minlash orqali
Yerning biogeokimyoviy sikllarida muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan bir qatorda chang issiqxona
effekti bilan bir xil ta’sirga ega: u Yer atmosferasiga kirib kelayotgan quyosh radiatsiyasini o‘ziga
singdiradi va tarqatadi, yer yuzasiga yetib keladigan miqdorni kamaytiradi va Yer sirtida aks et-
tirilgan uzun to‘lqinli nurlanishni o‘ziga singdiradi. Sayyoradagi radiatsiya balansidagi o‘zgarish-
lar qurg‘oqchilikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Havoning aralash zarrachalar, shu jumladan, chang bilan ifloslanishi ko‘p sonli odamlarning
sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki bunday aralashmalarning ta’sir kuchi xavfli
hisoblanmaydigan xavfsizlik chegarasi yo‘q. Chang zarralari nafas yo‘llarini zararlaydi va bronxit,
emfizema, yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, insult), ko‘z infeksiyalari, terining zararlanishi
va meningit kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi yoki chuqurlashtirishi mumkin. Bundan tashqari,
qum va chang bo‘ronlari ko‘rishning pasayishi va yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq o‘lim
va jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun chang zarralari hajmi sog‘liq uchun potensial xavfni aniqlashning asosiy
omilidir, jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, diametri 10 mikrondan kichik
bo‘lgan zarralar ( PM10)
Do'stlaringiz bilan baham: |