National researches of uzbekistan: conferences



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/101
Sana15.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#553699
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

MEROSLARNING AHAMIYATI 
Otaxonova Fotima Ulugʻbekovna
Fargʻona yuridik texnikumi axborot 
resurs markazi mutaxassisi
Annotatsiya
: maqolada yoshlar qalbiga milliy qadriyatlarni singdirishda ma’naviy, madaniy 
meroslarimizni ahamiyati xususida fikrlar berilgan. 
Kalit so‘zlari
: ma’naviy madaniy meros, milliy qadriyatlar, yoshlar. 
Bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini 
takomillashtirishda ta’limiy va ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarimizning o‘rni beqiyos. Bugun 
milliy qadriyatlarimiz halqimizning milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda bosh omillardan biri 
bo‘lib, xizmat qilmoqda. Milliy qadriyatlarimizni tiklanishiga hamda targ‘ibot qilinishiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlarni ilmiy o‘rganish, olingan natijalarni zamonaviy talablar asosida 
xolisona tahlil qilish va amalda qo‘llash muhim muammolardan biridir. Markaziy Osiyoda yashab 
o‘tgan buyuk mutafakirlar Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdullo 
Avloniy va boshqalar boy tarixiy, ma’naviy, madaniy meros qoldirganlar. Xususan, Alisher 
Navoiyning «Farhod va Shirin», dostonida Farhodning kuch-qudrati buyuk jasoratlarni amalga 
oshirishga yordam bergani, Amir Temur tuzuklarida har bir inson yuksak jismoniy yetuklikka ega 
bo‘lishi, bularning barchasi yoshlarni barkamolligini ta’minlashda xizmat qiluvchi g‘oyalardir.
Respublikamiz milliy istiqlolni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq ta’lim-tarbiyani tubdan 
yangilashga ehtiyoj sezildi. Bu ehtiyoj mamlakatimizda jadal amalga oshirilayotgan ta’lim 
islohotlarining yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Xususan, aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan ta’lim-
tarbiya uyg‘unligini ta’minlash zamon talablariga aylanib bormoqda. Ayni paytda xalqimiz 
istiqbolini belgilab beruvchi yosh avlodni bilimdon mutaxassis sifatida tarbiyalashning samarali 
yo‘llari qidirilmoqda. 
Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo‘lib, u millatning, tili, madaniyati, 
tarixi, urf-odati, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy 
hayotining barcha tomonlarini qamrab oldi. Insoning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi 
tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Bu tuyg‘u kishilarda millatning tarixi, 
ruhiyati, hozirgi holati va xususiyatini tushunish, his qilish shaklida mujassamlashgan bo‘ladi.
Mustaqillikka erishganimizda so‘ng ta’lim-tarbiya, odob-ahloq masalalarida tub burilish davrida 
milliy qadriyatlarimiz o‘z qadrini rostladi. Yoshlarda milliy iftixor, milliy g‘ururni shakillantirish 
va mustahkamlashga alohida ahamiyat berila boshlandi. Hozirgi paytda taraqqiyotimiz taqdirini 
ma’naviy jihatdan yetuk insonlar hal qiladi. Aqliy zakovat, ruhiy, ma’naviy kamolot insofu-
diyonat, muruvvat, mehr-oqibat – bular ma’rifatli, ma’naviyatli insonning asosiy fazilatidir. Ana 
shu fazilatlarni yoshlarimizda yanada shakllantirish olimlar, ziyolilar, o‘qituvchilar, tarbiyachilar 
zimmasiga yuklanadi. Biz kelajagi buyuk davlat barpo etmoqchi ekanmiz har tomonlama 
rivojlangan, barkamol, aqliy, milliy qadriyatlarimizni hurmat qiladigan va ularga to‘la rioya 
qiladigan insonni tarbiyalash zarur. Zero mustaqillik – yangi jamiyatni shakillantirish, yangi davlatni 
barpo etish bilan birga ta’lim tarbiyada yangi jamiyat fuqarolarini topishdek katta mas’uliyatni 
ham qo‘yadi. Ana shu yuksak vazifani hal etishda mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq 
o‘tmish madaniyatimizga, qadriyatimizga asoslanib, mustaqillik tamoyillari belgilanadi. Milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarimizga asoslanib, (mustaqillik tamoyillari) jamiyatni yangilash, 
tariximiz, ma’naviy merosimizni tiklash, tarbiya masalalarini hal etishga jiddiy kirishildi.
Xalqning madaniy qadriyatlari ma’naviy me’rosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun 
qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy 
tazyiqqa qaramay O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy 
qadriyatlarni hamda o‘ziga xos an’analarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridan ajdodlarimiz 
tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy 
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. 
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, milliy o‘zlikni anglashning o‘sishdan xalqning ma’naviy 
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish