Kalit soʻzlari:
zamonaviy ta’lim, ta’lim metodlari, “Keys stading” metodi.
Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy ta’lim tizimini yangilanib, yangi pedagogik va
innovatsion texnologiyalar jadal rivojlanib bormoqda. Tez sur’atlar bilan oʻzgarib rivojlanib
borayotgan hozirgi zamon va yangi talablar asosida faoliyat yuritishni davrning oʻzi taqoza
etmoqda. Shaxsni hozirgi davr talabi darajasida tarbiyalash, gʻoyaviy, ma’naviy-ahloqiy bilimni
oshirish uchun har bir pedagoglar mohir va ijodkor boʻlishi, oʻz kasbiga vijdonan yondashishi
lozim.
Ta’lim jarayonida oʻquvchi oʻqituvchining bevosita rahbarligida, ta’lim mazmuni, metodlari,
vositalari va shakllari yordamida hodisa va voqealarning mohiyati, oʻziga xos xususiyatlarini
oʻrganadi va bilim, koʻnikma hamda malakalarni egallaydi. Bundan koʻrinib turibdiki, oʻquvchilar
uchun oʻquv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir.
Ta’lim jarayonida oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsning,
oʻquvchilarning oʻtgan mavzu yuzasidan oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlash,
ularni tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalami nazorat
qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni oʻrganish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish maqsadga muvofiq.
Dars davomida muammoli masalalami oʻqitishda “Keys” metodidan foydalanish yuqori
samara beradi. “Keys” — case studies ingliz tilidan olingan boʻlib, “jarayon” yoki “vaziyat”
degan ma’noni beradi. Keys-stadining mohiyatiga koʻra koʻrib chiqilayotgan muammoli vaziyat
boʻyicha maslahatchilar rolini bajarishi kerak boʻlgan talabalarga quyidagilar taklif qilinadi:
- keysda bayon qilinganida ayni bir paytda tashkiliy hayotdagi tipik amaliy muammoni aks
ettiradigan va amaliyotda ushbu muammoning hal etilishida oʻzlashtirilishi va qoʻllanilishi lozim
boʻladigan muayyan bilimlar majmuini dolzarblashtiradigan vaziyatni idrok etish va tahlildan
oʻtkazish;
- muammoli vaziyatni maqsadga muvofiq tarzda hal etadigan usullar va vositalarni izlash;
- taklif etilgan muqobil jihat(alternativa)larni baholash va ular orasidan qoʻyilgan muammoga
nisbatan eng qulay variantini tanlash;
- tanlangan muqobil usul(alternativa)ni amalga oshirish boʻyicha aniq yechimni butun tafsilotlari
bilan ishlab chiqish.
Keys-stadi metodi boʻyicha oʻrganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga
oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yigʻindisi alohida keysni
tashkil qiladi. Bu metod ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa,
hozirgi kunlarda ta’lim sohasidagi dolzarb boʻlgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni
hal qilish imkonini berishi bu metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatib turibdi.
Barcha texnologiyalar kabi keys-stadi texnologiyasi oʻz manbalariga ega. Ba’zi fikrlarga koʻra
keysning asosiy manbasi hayotiy vaziyatlar hisoblanadi. Hayotiy hodisalar baxslarga sabab boʻladi,
muammoni yechish jarayonini jadallashtiradi. Ijtimoiy hayotning barcha koʻrinishlari keysning
faktologik va muammoviy bazasi boʻlib xizmat qiladi, shuningdek keys tarkibining asosini tashkil
qiladi.
Keyslarning yana bir muhim manbasi ta’lim-tarbiya hisoblanadi. Uning yordamida keys
texnologiyasining maqsadi, vazifasilari, ta’lim tizimida tutgan oʻrni belgilanadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, keys stading metodidan foydalanib mashg`ulotlarni
tashkil qilish talabalarni ma’lumotlarni chuqur oʻzlashtirishlarini ta’minlaydi va shu bilan
birga egallagan bilimlardan kelgusi xayotida, qanday vaziyatlarda fodalanishlari boʻyicha
tushunchalarga ega boʻladilar. Bu esa talabalar ma’lumotlarni yanada puxta egallashlarini, fanga
boʻlgan qiziqishini orttiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |