Foydalanilgan adabiyotlar
.
1. Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: 1996
2. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. – T.: 1998
32
Апрель 2022 10-қисм
Тошкент
‘‘ЎЗБЕКИСТОНДА МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТЛАР: ДАВРИЙ АНЖУМАНЛАР:’’
MAKTAB O’QUVCHILARIDA ART TERAPIYADAN FOYDALANISHNING
AHAMIYATI
Qayumova Samigul Zokir qizi
TerDUPI pedagogika va psixologiya
mutaxassisligi 1-kurs magistranti
qayumovasamigul@gmail.com +998990952358
Rajabaliyev Shodibek Amondullo o’g’li
Surxondaryo viloyati Uzun tumani
XTB Bolalarni ijtimoiy-psixologik
qo’llab – quvvatlash markazining psixolog - metodisti
Annotatsiya:
Art-terapiyaning ahamiyati va funksiyalari. Maktab o’quvchilarida art-
terapiyadan foydalanishning ahamiyatini o’rganish.
Kalit so’zlar:
Art terapiya, korreksiya, san’at, kommunikativ, regulyatsiya, rivojlanish,
texnologiya, agressiya, ta’lim, tarbiya
So’nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini
oshirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 6108-sonli farmonida “ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni
joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglariga kiritish bo’yicha tizimli
ishlarni amalga oshirish” [1] to’g’risida fikr - mulohazalar bildirganlar.
Darhaqiqat ta’lim tizimiga yangicha xalqaro tajribalarni kiritish bo’yicha ko’pgina takliflar,
tavsiyalar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Xususan, psixologik xizmat sohasiga art-
terapiyani qo’llash bo’yicha tavsiyalar kiritilmoqda. Art-terapiya 60-yillarning oxirida Qo’shma
Shtatlarda mustaqil fan sifatida rasman asos solingan, garchi hali ham psixoanalizning nazariy
asoslarini o’zlashtirgan bo’lsa-da, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Art-terapiya san’at yaratishning
ijodiy jarayoni shifo va hayotni yaxshilash, fikrlar va his-tuyg’ularning og’zaki bo’lmagan muloqot
shakli ekanligi haqidagi g’oyaga asoslanadi. [2]
Art-terapiya mashqlari his-tuyg’ularni g’oyalarni va hodisalarni o’rganish, shaxslararo
ko’nikmalar va munosabatlarni rivojlantirish, o’z-o’zini hurmat qilish va ishonchni shakllantirish,
o’zini yanada ishonchli tasavvur qilish uchun vosita bo’lib xizmat qiladi. [3] Muxina va boshqa
tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, “bolalar uchun rasm chizish- bu sa’nat emas, balki nutq. Har
bir rang, har bir satr o’ziga xos kayfiyat, o’ziga xos xarakterga ega. Ularning yordami bilan bola
ichidagi hamma narsani yetkazadi”.
Ta’limdagi art-terapiya esa - tizimli innovatsiya bo’lib, “nazariy va amaliy” g’oylar, yangi
texnologiyalar majmuidir. Art - terapiyaning pedagogik salohiyati quyidagi 3 darajada ko’rib
chiqiladi: maqsad, mazmun va texnologiya. Maqsadli daraja konseptual gumanistik g’oyalar,
qadriyatlarga asoslanadi va o’quvchining shaxsiyati va ijodiy individualligini rivojlantirish bilan
bog’liq maqsadlarni shakllantirishga qaratilgan. Mazmun darajasi, shaxsning ma’naviy, ijodiy, ichki
dunyosini uyg’unlashtiruvchi, tasviriy san’at imkoniyatlarining mavjudligi bilan tavsiflanadi va
ijodiy faoliyatda shaxsning bilim va o’zini-o’zi anglash ehtiyojlarini shakllantirishga qaratilgan.
Texnologik daraja takrorlanuvchanlik , kafolatlangan natijalar bilan bir qatorda psixologik
jarayonni tashkil etishda, moslashuvchanlik va o’zgaruvchanlikni ta’minlash mumkin.
L.D.Lebedeva ta’limda art - terapiyaning quyidagi funksiyalarini belgilaydi:
1) Katartik-tozalash, salbiy sharoitlardan xalos bo’lish;
2) Regulyatsiya-neyropsixologik stressni olib tashlash, psixosomatik jarayonlarni tartibga
solish, ijobiy psxo-emotsional holatni modellashtirish.
3) Komunikativ-refleks-aloqa buzilishlarini tuzatishni ta’minlash, adekvat shaxslararo xulq-
atvorni shakllantirish, o’z-o’zini hurmat qilish.
Pedagogik art terapiya o’ziga xos gumanistik amaliyot bo’lib, ta’limda korreksion-
rivojlantiruvchi jarayonning barcha tarkibiy qismlarini (rivojlanish, ta’lim, tarbiya va tuzatish)
san’at yordamida amalga oshirishdir.[4]
Maktabda art-terapiya ishi o’quvchilarning psixologik salomatligi muammosining ahamiyatini
oshirishga imkon beradi va o’qituvchilar tomonidan ularning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunishga
33
Do'stlaringiz bilan baham: |