Suv ta’minoti tizimlari nasos stansiyalari uchun ishchi va rezerv nasos agregatlarining sonini tanlash
KMK 2.04.02-97 ga muvofiq ishchi nasos agregatlarining tipi va soni nasoslar, suv yo‘llari, tarmoqlar va muvofiqlashtirish sig‘imlarining birgalikdagi ishi hisob- kitobi asosida tanlanadi. Bunda loyihalashtirilayotgan suv ta’minot tizimining sutkalik va soatlik suv iste’mol qilish grafiklari; mavsumiy, suv iste’moliga ta’sir ko‘rsatadigan iqlimiy, meteorologik va boshqa omillar; o‘t o‘chirish sharoitlari; loyihalashtirilayotgan ob’ektning ishga tushirilish navbati hisobga olinadi.
Ishchi nasos agregatlarining soni loyihalashtirilayotgan nasos stansiyalari texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida optimallashtirilib, ular investitsiya xarajatlari, shu jumladan kompleks avtomatlashtirish va energiya samaradorlikni ta’minlash chora-tadbirlari xarajatlari, shuningdek operatsion xarajatlarni (elektr energiyasiga, tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish va b.) baholashni o‘z ichiga oladi.
Nasos stansiyalaridagi ishchi nasos agregatlarining minimal soni KMK 2.04.02-97 bilan tartiblashtirilgan:
I ishonchlilik toifasiga ega bo‘lgan nasos stansiyalarida — ikkita nasos agregati, shu jumladan o‘t o‘chirish nasos agregatlari ham;
II va III ishonchlilik toifasiga ega bo‘lgan nasos stansiyalarida — bitta nasos agregati.
Agar suvni turli iste’mol hajmiga, sutka soatlari bo‘yicha suv iste’mol qilish grafiklari, suv damiga turlicha talablari har xil bo‘lgan iste’molchilarga uzatilishini tashkillashtirish talab etilsa, yoki nasos agregatlarining ishchi parametrlariga ta’sir qiladigan boshqa farqlar mavjud bo‘lsa, u holda nasos stansiyasida har bir iste’molchiga yoki bir xil tipdagi iste’molchilar guruhiga suv uzatish uchun alohida nasos agregatlari yoki bir necha nasos agregatlaridan iborat nasoslar guruhi o‘rnatiladi. Nasos agregatlarini tanlashda har bir suv iste’molchisining yoki bir necha bir xil tipdagi iste’molchining individual xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Bir necha guruh nasos agregatlari bo‘lgan nasos stansiyasini loyihalashtirishda KMK 2.04.02-97 talablari hisobga olinadi:
xo‘jalik-ichimlik maqsadlari uchun suv uzatadigan nasos stansiyalarida, o‘tkir hidli va zaharli suyuqlik muhitlarini haydaydigan nasos agregatlarini o‘rnatish taqiqlanadi, o‘t o‘chirish tizimiga ko‘pik hosil qiluvchi aralashma uzatadigan nasoslar bundan mustasno;
unumdorligi turlicha bo‘lgan nasos agregatlari guruhini o‘rnatishda eng katta unumdorlikka ega bo‘lgan nasos agregatlari uchun rezerv nasos agregatlari bevosita nasos stansiyasida o‘rnatilib, kamroq unumdorlikka ega bo‘lgan nasos agregatlarining rezerv nasos agregatlari esa omborda saqlanadilar.
3 .2 - j a d va l Suv ta’minoti nasos stansiyalarida rezerv nasos agregatlarining talab etilgan miqdori
*Ishchi nasos agregatlarini soniga o‘t o‘chirish nasoslari ham kiritilgan
Nasos stansiyasining qurilishi bosqichida, ayniqsa, cho‘ktirilgan turdagi bo‘lsa, qo‘shimcha nasos agregatlari uchun asoslarni bajarish yoki dastlab katta hajmli poydevorlarni o‘rnatish uchun iqtisodiy va ichimlik, ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlar uchun suv iste’molini oshirish zarur bo‘lganida, nasos stansiyasining ish faoliyatini yaxshilash imkoniyatini ta’minlash uchun katta hajmdagi, keyinchalik bu asoslarga o‘rnatilgan nasos agregatlarini yuqori mahsuldorlik va dam bilan nasos agregatlariga almashtirish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |