Насослар ва насос станциялари


Suv ta’minot tizimlari nasos stansiyalari uchun so‘ruvchi va dam o‘tkazgichlari va quvurlari hisobi va ularni konstruksiyalash



Download 13,37 Mb.
bet29/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Suv ta’minot tizimlari nasos stansiyalari uchun so‘ruvchi va dam o‘tkazgichlari va quvurlari hisobi va ularni konstruksiyalash


Suv tashish tizimlarining asosiy elementlaridan biri so‘ruvchi va dam suv o‘tkazgichlari va quvurlaridir. So‘ruvchi quvurlar va suv o‘tkazgichlar hisobini o‘quv qo‘llanmalaridan yoki boshqa shunga o‘xshash nashrlardan foydalanib bajarish tavsiya etiladi. Dam quvurlari uchun hisob-kitoblar tex. fanlari doktori, prof. F.A. Shevelev jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi


Markazdan qochma nasosni zalivka qilish sxemasi, quvurlarning gidravlik hisoblarida quyidagilarni vakuum-nasosni 87 o‘rnatish bilan hisobga olish shart: so‘ruvchi quvur – gidravlik jihatdan qisqa quvur bo‘lib, uni hisob-kitob qilishda ham quvur uzunligi bo‘yicha gidravlik dam yo‘qotishlari, shu bilan birga gidravlik damning har bir mahalliy yo‘qotilishi hisobga olinishi shart; dam quvuri — gidravlik uzun quvur, uning uzunligi bo‘yicha gidravlik yo‘qotishlar mahalliy
yo‘qotishlarga nisbatan shu qadar katta bo‘ladiki, ularni quvur uzunligi bo‘yicha gidravlik yo‘qotishlar topilgan qiymatini 5–10% ga ko‘paytirib topish mumkin bo‘ladi.
Qator masalalarda (masalan, quvurlar tarmog‘i tavsifini qurishda) gidravlik jihatdan uzun quvur HJ uchun uzunligi bo‘yicha gidravlik dam yo‘qotilishini aniqlash maqsadida, m, soddalashtirilgan formuladan HJ = sQ2 foydalanish mumkin, bu yerda s — gidravlik damning quvur uzunligi bo‘yicha solishtirma yo‘qotilishi, m; Q — quvur bo‘yicha suv sarfi, m3/s. I va II ishonchlilik toifali nasos stansiyalariga tortilgan so‘ruvchi suv o‘tkazgichlari miqdori esa o‘rnatilgan, shu jumladan o‘t o‘chirish nasos agregatlari soni va guruhidan qat’i nazar, kamida ikkita bo‘lishi shart.

3.8-rasm. Cho‘ktirma nasosni chuqurlashtirilgan nasos stansiyasiga montaj qilish variantlari: a

    • nasos haydalayotgan suvga cho‘ktirmagan holda o‘rnatilgan; b — nasos haydalayotgan suvga cho‘ktirgan holda o‘rnatilgan

III toifadagi ishonchlilik nasos stansiyasida bitta so‘ruvchi suv o‘tkazgich bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. I va II toifadagi ishonchlilik nasoslaridan dam suv o‘tkazgichlari soni kamida ikkita bo‘lishi kerak. III ishonchlilik toifali nasos stansiyasida bitta dam suv o‘tkazgichi o‘rnatishga ruxsat beriladi. Bir suv o‘tkazgich o‘chirilganida, ishonchliligi I va II toifali qolgan nasos stansiyalari uchun suvning to‘liq sarfini o‘tkazishga, hamda III ishonchlilik toifasidagi nasos stansiyalari uchun suv sarfining 70% ni o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Quvur liniyasi hamda so‘ruvchi va dam suv quvurlarida quvurlar obvyazkasi va to‘sqich armaturasini joylashtirish quyidagi imkoniyatlarni ta’minlashi kerak:

  • har bir o‘rnatilgan ishlaydigan nasos agregati bilan ularni o‘chirishda so‘ruvchi suv quvurlaridan suv olish;

  • nasos agregatlarini, nazorat vanalarini va asosiy to‘xtash vanalarini almashtirish yoki ta’mirlash, shuningdek, suv ta’minoti ta’minlanish talablarini buzmagan holda nasos agregatlarining tavsiflarini tekshirish;

  • so‘ruvchi suv o‘tkazgichlardan biri o‘chirilganida har bir ishlaydigan dam suv o‘tkazgichiga har bir nasos agregatidan so‘ruvchi suv quvurlaridan har biriga suv uzatish.

Har bir nasosning so‘ruvchi quvurlarida to‘sqich armaturasini quyish ostida yoki umumiy so‘ruvchi quvurga ulangan nasos agregatlari yaqinida o‘rnatiladi.
So‘ruvchi quvurning diametri nasos so‘ruvchi quvurining diametridan kattaroq bo‘lishi kerak. So‘ruvchi quvur nasos tomonga uzluksiz ko‘tarilishga ega bo‘lib, uning kattaligi KMK 2.04.02-97 yoki nasos uskunalarining ishlab chiqaruvchi zavodlarning talablari bilan belgilanadi (51-rasm).
Nasosning so‘ruvchi trubkasidan eng yaqin fiting va armaturagacha bo‘lgan masofa so‘ruvchi quvurining shartli o‘tishining kamida beshta diametriga teng bo‘lishi kerak.
Suv quvurlari va quvurlarining shartli o‘tish diametri nasos stansiyalarining, shaklli qismlar va armatura texnik-iqtisodiy hisob-kitob asosida va KMK 2.04.02-
97 talablarini hisobga olgan holda qabul qilinadi. So‘ruvchi quvurning diametri nasos so‘ruvchi patrubkasining diametridan kattaroq bo‘lishi kerak. Gorizontal joylashgan so‘ruvchi quvurlar uchun o‘tishlar ular ichida havo yostiqlari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ekssentrik shaklda bo‘lishi talab etiladi.





3.9-rasm. Nasoslarning so‘ruvchi quvurlarini o‘rnatish namunalari: a – noto‘g‘ri o‘rnatish; b - to‘g‘ri o‘rnatish

3.3-jadval Nasos stantsiyalaridagi vodovod va quvur o’tkazgichlarda tavsiya etiladigan suvning


harakat tezliklari



Quvur o’tkazgichlarning shartli diametri, mm

Suv harakatining tezligi, m/s

So’ruvchi quvur o’tkazgich
(vodovod)

Bosimli quvur o’tkazgich
(vodovod)

250 gacha

0,6-1

0,8-2

250 dan yuqori 800 gacha

0,8-1,5

1-3

800 dan yuqori

1,2-2

1,5-4

Nasos stansiyalaridagi quvurlar, shuningdek ulardan tashqaridagi so‘ruvchi suv o‘tkazgichlar,odatda, payvandlash orqali biriktiriladigan trubalardan (po‘lat yoki sharsimon grafitli o‘ta mustahkam cho‘yandan ishlangan) bajariladi. Quvurlarga


armatura va nasoslarni qo‘shish uchun flanetsli birikmalar ko‘zda tutiladi. Bu
holda trubalarning ular nasos agregatlariga tayanishiga, hamda nasos agregatlaridan quvur uzellariga va uzellardan agregatlarga vibratsiya uzatilishiga yo‘l qo‘ymaydigan mahkamlanishi ko‘zda tutilishi shart.



    1. Download 13,37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish