bob.Markazdan qochma nasoslar, nasos agregatlari va nasos uskunalarining xususiyatlari
Tayanch so’zlar: yalpi uzatish q, nasosning hajmiy uzatishi (sarf), nasosning to‘liq dami (oqim kuchi), nasosning chiqish quvvati, nasosning iste’mol qiladigan quvvati, mexanik FIK, gidravlik FIK, yuritma FIK, nasos agregatining umumiy FIK, nasos tavsiflari, nasos uskunasining uzatishi (hajmiy uzatishi), nasos uskunasining to‘liq dami, ishchi nuqta, nasos uskunasining statik dami, podvod, otvod, zichlanmalar, podshipniklar, elektromagnit nasos agregatlari, kavitatsiya (NPSHR), kavitatsion eroziya, NPSH bazaviy nuqta.
Bu bo’limda GOST ISO 17769–1–2014 1 asosiy qoidalariga muvofiq keladigan atamalar va ta’riflar; dinamik nasoslardagi va ular bilan birga ishlaydigan uskunalardagi suyuqlik muhiti oqimlariga oid harfli belgilanmalar va
elementlar; turli konstruksiyali nasoslardan foydalanish amaliyotida qo‘llab kelingan fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari taqdim etilgan. Umuman suv ta’minoti va suv ketkazish tizimlarini texnologik loyihalashda qo‘llanadigan birliklar, hamda ularning qo‘llanishiga doir axborot 1-3-ilovalarda berilgan.
Yalpi uzatish q — nasosdan chiqishda joylashgan nazorat kesimi orqali vaqt birligi davomida o‘tadigan suyuqlik muhiti massasi. Yalpi uzatishni tavsiflab keladigan o‘lchash birliklari: bir soniyada kilogramm (kg/s), bir soatda kilogramm (kg/s), bir soatda tonna (t/s) (tonna tavsiya etiladigan o‘lchov birligi bo‘la olmaydi).
Nasosning hajmiy uzatishi (sarf) Q — nasosning chiqish zonasidan vaqt birligi davomida oqib chiqayotgan suyuqlik muhiti hajmi. Nasosning hajmiy uzatishini tavsiflab keladigan o‘lchov birliklari: bir metrda kub metr (m3/s), bir soniyada kub metr (m3/s), bir soatda litr (l/s), bir daqiqada litr (l/daq). Nasosning hajmiy uzatishi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi
𝑄 = 𝑞
𝜌
bu yerda ρ — suyuqlik muhiti zichligi, massaning hajm birligiga nisbati sifatida tegishli o‘lchov birliklarida ifodalangan.
Nasosning to‘liq dami (oqim kuchi) H — nasosning chiqishidagi to‘liq dam va nasosga kirishdagi to‘liq dam orasidagi farq. Damni tavsiflab keladigan o‘lchov birligi — metr (m).
Nasos quvvati nasosning chiqish quvvati va nasosning iste’mol qiladigan quvvatga bo‘linadi.
Nasosning chiqish quvvati Pu — foydali mexanik energiya, nasos orqali o‘tayotgan suyuqlik muhitiga uzatiladi. Nasosning iste’mol qilayotgan quvvatini tavsiflab keladigan o‘lchov birliklari, — vatt (Vt) yoki kilovatt (kVt). Nasosning chiqish quvvati quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi:
𝑃𝑢 = 𝜌𝑄𝑔𝐻
Nasosning iste’mol qiladigan quvvati P — nasosga uning yuritma mexanizmi tomonidan uzatiladigan quvvat. Nasosning iste’mol qiladigan quvvatini tavsiflab
keladigan o‘lchov birliklari — vatt (Vt) yoki kilovatt (kVt). nasosning foydali ish koeffitsienti (FIK-KPD) η — mavjud ekspluatatsiya sharoitlarida nasosning iste’mol qiladigan quvvatida olingan chiqish quvvatining ulushi. Nasos FIK ini tavsiflaydigan o‘lchov birligi — foizlar (%). Nasos FIKi quyidagi formulaga binoan hisoblab topiladi:
𝜂 = 100 𝑃𝑢
𝑃
Mexanik FIK ηm — mazkur ekspluatatsiya sharoitlarida mexanik yo‘qotishlar istisno etilganidan so‘ng mavjud bo‘lgan nasosning iste’mol qilinadigan quvvat ulushi P PJ,ab. Nasos FIK ini tavsiflaydigan o‘lchov birligi — foizlar (%). Mexanik FIK quyidagi formulaga binoan hisoblab topiladi:
𝜂 = 100 𝑃 − 𝑃𝐽,𝑎𝑏 = 100 𝑃𝑎
𝑚 𝑃 𝑃
Gidravlik FIK ηm – nasosning iste’mol qilinadigan foydali quvvatining ulushi, nasos chiqish quvvatining kattaligini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |