O’zgaruvchan tok generatorlaring ishchi tavsifnomalari. Tayanch iboralar



Download 24.76 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi24.76 Kb.

Aim.uz

O’zgaruvchan tok generatorlaring ishchi tavsifnomalari.

Tayanch iboralar

O’garuvchan, ishchi, aylanish, tavsifnoma, faza, garmonik, sinusoid, unum, nuqta, yuklama, yulduz, chulg’am, yuza.



Reja:

  1. Ishchi tavsifnomasi

  2. To’la unum bilan ishlash nuqtasi

  3. O’zgaruvchan tok generatorlarining konstruksiyasi va ularing o’ziga xos tomonlari.

Ishchi tavsifnomasi deb generator salt yoki bar xil qiymatdagi yukiamalar bilan ishlaganda uning kuchlanishi U ni aylanishlar chastotasi n ga bog'liqligiga aytiladi, ya'ni U = f(n). Generatoning ishchi tavsifnomalaridan ko'rinib turibdiki (1.24-rasm), yukiama tokining qiymatidan qat'iy nazar, rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatoning kuchlanishi o'sib boradi va uning qiymati tok iste'molchilari uchun xavfli bo'lgan darajagacha ko'tarilishi mumkin. (Masalan, 12V li avtomobil tok tarmog'i uchun - 28...30 V gacha). Bundan tashqari, generator harakatni dvigatelning tirsaklivalidan olganligi uchun, uning aylanishlar chastotasi juda katta chegarada o'zgarib turadi. Shuning uchun, avtomobil generatori beradigan kuch-lanishni avtomatik ravishda rostlab turish zarur.


1.23-rasm. Faza kuchlanishi U ni birinchi U, va garmonika sinusoidalaning yig'indisi

shaklidagi ko'rinishi.





1.24-rasm. O'zgaruvchan tok generatorining ishchi tavsifnomasi.
Ishchi tavsifnomalaridan generatoning unum va tola unum bilan ishlash nuqtalari aniqlanadi.

Unum bilan ishlash liuqtasi deb generator salt ishlaganda, nominal kuchlanishli tok ishlab chiqish uchun rotoning zarur bo Igan aylanishlar chastotasi o aaytiladivau 7, =0 bo'lgandagi ishchi tavsifnoma nominal kuchlanish Uy, chizig'ini kesib o'tgan nuqta 0 bilan belgilanadi(1.11- rasm).

Tola unum bilan ishlash nuqtasi deb generator nominal yukiama toki bilan ishlaganida nominal kuchlanish ishlab chiqish uchun zarur bo 'Igan aylanishlar chastotasi n, ga aytiladi va u I = I bo'lgandagi ishchi tavsifnoma nominal kuchlanish U chizig'ini kesib o'tgan nuqta N bilan belgilanadi (1.11-rasm).

Ishchi tavsifnomalaning tahlilidanyana bir muhim amaliy xulosa chiqarish mumkin generatoning yukiama toki ortishi bilan nominal kuchlanish ishlab chiqarish uchun zarur bo 'Igan aylanishlar chastotasi ham oshib boradi. Unum bilan ishlash n va tola unum bilan ishlash nuqtalari n generatoning texnik holatini belgilovchi muhim ko'rsatkichlar bo’lib, generatorianing texnik tavsifnomalarida keltiriladi.



O'zgaruvchan tok generatorlaringkonstruksiyasi va ularing o'ziga xos

tomonlari

Kontakt halqali o'zgaruvchan tok generatorlarining avtomobillarda juda keng ko'lamdatatbiq topgan turlaridan bin 32.3701 (T250) belgili generator va uning ko'p sonli bar xil ko'rinishlaridir. 1.25-rasmda shu generatoning tuzilishi berilgan.

Generatoning halqasimon stator o'zagi 10, uyurma toklari kamaytirish maqsadida bir-biridan lok bilan izolatsiya qilingan, qalinligi l ,0 mm bo'lgan elektrotexnik po'lat tasmalardan yig'ilgan, ular tashqi yuzadagi aylana bo'ylab oltita nuqtada o'zaro kavsharlangan. Statorning ichki yuzasida 18 ta bo'ylama ariqchalari bo’lib, ular bir-biridan tishchalar bilan ajratilgan. Har bir tishchaga sirlangan mis simdan o'ralgan 18 ta g'altak 8 o'mashtirilgan. G'altaklar uchta faza chulg'amlariga bolinib, har bir chulg'amga ketma-ket ulangan oltita g'altak kiradi. Bitta fazaga taalluqli g'altaklar ikkita tishcha oralatib uchinchisiga kiygizilgan. Faza chulg'amlari o'zaro "yulduz" sxemasi bo'yicha ulangan, ulaning boshlang'ich uchlari birjoyda tutashib uch fazali sistemaning nol nuqtasini hosil qiladi. Faza chulg'amlarining ikkinchi uchlari to'g'rilagich bloki 3 ning qisqichlari 2 ga ulangan. Rotor (1.25-b rasm) taramlangan valga presslangan, ikkita, biri ikkinchisinining orasiga kirgan, qarama-qarshi qutbli (bin shimoliy qutb N, ikkinchisi janubiy qutb S ),oltiuchli tumshuqsimon po'lat o'zaklar 9 dan va ular orasidagi po'lat vtulka 72 ga sirlangan mis simdan o'ralgan uyg'atish chulg'ami LI dan iborat. Uyg'otish chulg'amining uchlari valdan va biri-biridan izolyatsiya qilingan mis kontakt halqalari 4 ga qalaylab ulangan.

Rotor, qopqoqlargao’rnatilganyopiqturdagi, zo'ldirli podshipniklarda aylanadi. Generatomi yig'ish jarayonida podshipniklar yuqori sifatli konsistent moy bilan to'ldiriladi va ishlatish davrida boshqa moylanmaydi. Aluminiy qotishmalaridan, bosim ostida quyish yo'li bilan tayyorlangan generator qopqoqlarida shamollatish darchalari qoldirilgan. Kontakt halqalari joylashgan tomondagi qopqoq I ga ikkita mis-grafit cho'tka o’rnatilgan, plastmassadantayyorlangan cho'tkatutqich 6 va to'g'rilagich bloki Jjoylashtirilgan. Cho'tkalarmis halqalarga cho'tkatutqichdagi prujinalar Zyordamida bosib turiladi.

Generator qopqoqlari, dvigateldagi tayanchga mahkamlash uchun o'ljallanganteshikli quioqchalarga ega. Yuritma tomondagi qopqoq 13 da esa yana bir quioqcha bo’lib, unga uzatma tasmasini taranglik darajasini rostlash plankasi mahkamlanadi. Har ikkala qopqoq stator o'zagi bilan birgalikda uchta vint bilan bir-biriga tortilgan. Generator valiga shponka yordamida parrakli shkiv o’rnatilgan. Parraklar 4 qopqoq-

lardagi shamollatish darchalari orqali havo oqimini o'tkazib, generator chulg'amlarim va to'g'rilagich blokidagi diodlari sovitib turadi.

Hozirgi zamon avtomobil generatorlarida, asosan, ikki turdagi to'g'rilagich bloklari ishlatilmoqda:

a) aluminiy yoki uning qotishmalaridan tayyorlangan shina - issiqlik tarqatgichga

presslangan yoki kavsharlangan yarim- o'tkazgichli diodlardan tashkil topgan to'g'rilagich;

b) kuchli darajada qovurg'alaligan qobiqqa kavsharlangan tabletkasimon diod-lardan tashkil topgan to'g'rilagich.

Birinchi turdagi to'g'rilagichlar toifasiga Rossiya avtomobillarining generatorlarida keng tatbiq topgan BFIB belgili to'g'rilagich bloki kiradi. Generator qopqog'iga o’rnatilgan ELIB to'g'rilagich bloki (1.26-rasm) uchtato'g'ri o'tkazuvchan diodlar 3 presslangan, yarim aylana musbat shina 5 va uchta teskari o'tkazuvchan diodlar 2 presslangan, yarim aylanali manfiy shina I dan iborat.

Aluminiydan tayyorlangan shinalar bir-biridan tola izolyatsiya qilingan bo’lib, ular tok o'tkazgich va diodlar qizib ketishdan saqiovchi issiqlik tarqatgich vazifasini bajaradilar. To'g'rilagich blokining kremniyli diodlari o'zaro uch fazali, ikkita yarim davrli, ko'prik sxemasi bo'yicha ulangan. Diodlardan chiqqan uchlar, shinalardan izolatsiya qilingan, vintli qisqichlar 4 ga mahkamlangan bo’lib, ularga stator faza

chulg'amlari6 ning ikkinchi uchlari ulanadi.

lkkinchi turdagi to'g'rilagichlarga misol tariqasida "Magneti Marelli" (Italiya) firmasining AA125R belgili generatorlariga o’rnatilgan to'g'rilagich blokini keltirish mumkin (1.27- rasm). Bu to'g'rilagichlarda aluminiy qotishmalaridan ekstruziya usuli bilan yasalgan kuchli qovurg'alangan ikki radiator - issiqlik tarqatgichlari, ulari bir-biridan ajratib turuvchi plastmassadan tayyorlangan yig'ish taxtachasiga mahkamlangan. Tabletkasimon oltita katta quvvatli yarim o'tkazgichli diodlar kontakt

yuzalari bilan issiqlik tarqatgichlarga va yig'ish taxtachasining metall shinalariga kavsharlangan. Uyg'otish chulg’amining uchta kam quvvatli diodlari alohida blokka birlashtirilgan bo’lib, ular yig'ish taxtachasining tegishli shinalariga kavsharlanadi.

a)

b)


1.25-rasm. 32.3701 belgili o'zgaruvchan tok generator

a) ko'ndalang kesimi; b) asosiy qismlari.
32.3701 ,(F250) belgili generatorining turli rusumli avtomobillar uchun mo'ljalangan 16.3701, 19.3701, 29.3701 ko'rinishlari (modifikasiyalari) mavjud. Bu generatorlaring hammasida nominal kuchlanishi 14V, umumiy tuzilish - bir xil. Ular biri-biridan yuritma shkivining o'lchamlari yoki uyg'otish chulg'ami uchlarini qopqoqga chiqarish usiubi bilan farq qiladi. 32.3701 generatorining nominal kuchlanishi 28V bo'lgan va asosan dizil dvigatelli avtomobillardaishlatish uchun mo'ljallangan 3812.3701, F272, F273 ko'rinishlari ham bor.

BA3 2101, 2103, 2106 avtomobillarida o’rnatilgan F221 generator 32.3701 dan statoridagi ariqchalaring soni ikki baravar ko'pligi (z =36) bilan farq qiladi. Statorning chulg'amlari ikki qatlarli bo’lib, to'lqinsimon usulda o'ralgan va uning har bir g'altagi bir yo'la uchta tishchani qamrab olgan. Faza chulg'amlari "yulduz" sxemasi bo'yicha ulanib, nol nuqtasi akkumulator zaryad qilinishini ko'rsatadigan nazorat relesining lampachasiga ulangan. Bu nazorat lampachalari BA3 avtomobillaridaampermetr o'mida ishlatiladi



1.26-rasm. БПВ turidagi to'g'rilagich bloki.
"O'zDAEWOOavto" avtomobillariga ("TIKO", "DAMAS", "NEXIA") Deico Remy firmasining CS-121 va CS-130 belgili o'zgaruvchan tok generatorlari o’rnatilgan. "TIKO" va "DAMAS" avtomobillariga o’rnatilgan generatorlaning stator chulg'amlari "yulduz" sxemasi bo'yicha, "NEXIA" avtomobillarida esa "uchburchak'" sxemasi bo'yicha ulangan.

NEXIA avtomobiliga o’rnatilgan CS-130 belgili generator (1.28-rasm) ikki xil sovitish tizimiga ega. Yuritma shkividagi markazdan qochma ventilyatordan tashqari rotor vauning kontakt halqalari joylashtirilgan tomonga qo'shimcha "olmaxon g'ildiragi" turidagi (1.28- b, rasm) markazdan qochma plastmassa ventilyator o’rnatilgan. Bu generatorning stator chulg'amlarini sovitish sharoitlarini ancha yaxshilaydi.

Umuman, zamonaviy avtomobillarda sovitish parraklari ichki qismiga joylashtirilgan generatorlar tobora keng joriy qilinmoqda. Ular kompakt konstruksiyali generatorlar (1.29-rasm) deb yuritiladi va an'anaviy tuzilishgaega bo'lgan generatorlardan asosan quyidagilar bilan farqlanadi:

a) ikkita sovitish parraklari generator korpusinllig ichiga joylashtirilib, ular rotor vauning ikkala tomoniga o’rnatiladi. Bu sovituvchi havo oqimini ancha kuchayishiga va generator o'lchamlarini o'zgartirmagan holda quvvatini 10... 12% ga oshirish imkonini beradi;

b) kontakt halqalari, cho'tkatutqich va cho'tkalar, kuchlanish rostlagichi va to'g'rilagich bloki generatoning ichki qopqog'idan tashqariga joylashtiriladi va maxsus himoya qobig'i bilan berkitiladi. Bu generator korpusi o'lchamlarini,

kontakt halqalar diametrini kichraytirisH, podshipnikiami sovitish sharoitlarini yaxshilaydi;

c) kompakt generator yuritmasi elastik poliklin tasma vositasida rotor valiga o’rnatilgan ko'pjilg'ali vadiametri kichraytirilgan shkiv orqali amalga oshiriladi. Uzatmaning uzatish nisbati 3,5 gacha orttirilgan va bu dvigatel salt ishlagan hollarda ham akkumulatorlar batareyasini zaryad qilish imkoniyatini beradi.


1.27-rasm. "Magneti Marelli" (Italiya) firmasining

AA125R belgili generatorining to'g'rilagich bloki: I-musbat issiqlik tarqatgich, 2-manfiy issiqlik tarqatgich, 3-uyg'atish chulg 'amining qo'shimcha to'g'rilagichi va uning ulanish qisqichi, 4—tabletsasimon yarim o 'tkazgichli diod.



b) d)
1.28-rasm. Delko Remi firmasining CS-130 belgili generatori:

a) ltmumiy ko'rmishi; b) rotor; c) to'g'rilagich bloki; d) kuchlanish rostlagichi va cho'tka tutqick; I- musbat issiqlik tarqatgich; 2-manfiy issiqlik tarqatgich.

Nazorat savollari

  1. unum va to’la unum bilan ishlash nuqtasi orasidagi garqni ayting?

  2. O’zgaruvchan tok generatorlari o’zgarmas tok generatorlariga nisbatan qanday afzalliklarga ega?

  3. O’zgaruvchan tok generatorlarining tuzilishini ayting?

Adabiyotlar

1. G’. Maxmudav, D. Hoshimov “Avtomobil elektr va electron jihozlari” Toshkent-2003.



  1. X. Mamatov “Avtomobillar” Toshkent “O’zbekiston”-1995.

  2. Y. I. Borovskix, Y. V. Buralev “Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash” Toshkent “Talqin” 2005.

  3. S. Qodirov, E. Nikitin “Avtomobil va traktor dvigatellari” Toshkent “O’qituvchi” 1992.

5. J.R. Qulmuhammedov, E. karimov “Avtochilangar” Toshkent “Fan” 2003


Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa