Насослар ва насос станциялари



Download 13,37 Mb.
bet6/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Rotorli-aylanma nasoslar


Rotorli-aylanma nasos - rotorli nasos bo’lib, ishchi organlari aylanma harakatga keltiriladi. Bu tipdagi nasoslarga shiberli nasoslar ham oid hisoblanadi.
Shiberli nasos - rotorli-aylanma nasos bo’lib, uning ishchi organlari shiber ko’rinishida bo’ladi. Bunday nasoslarning ikki tipi mavjud:

  • figura-shiberli nasoslar;

  • plastinkali nasoslar (1.9-rasm).

1.9-rasm. Plastinkali nasos tuzilishi va ishlash sxemasi: a - suyuqlik muhiti so’rilish jarayonining boshlanishi; b - nasos ishchi kamerasining suyuqlik muhiti bilan to’lishi; v -


suyuqlik muhiti haydalish jarayonining boshlanishi
    1. Dinamik nasoslar


Dinamik nasoslar haydalayotgan suyuqlik muhitilarga ta'sir qiluvchi kuch turiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  • parrakli nasoslar;

  • ishqalanish nasoslari;

  • elektromagnit nasoslar.

Parrakli nasoslar


Parrakli nasos - mexanik energiyani aylanayotgan parrakli g’ildirak orqali haydalayotgan suyuqlik muhitiga, unga tezlik vektori va bosim berish maqsadida uzatish uchun mo’ljallangan mashina.
Parrakli nasoslarga quyidagilar kiradi:

  • markazdan qochirma nasoslar;

  • o’qli nasoslar;

  • diagonal nasoslar.

Markazdan qochma nasos - parrakli nasos bo’lib, unda suyuqlik muhiti ishchi g’ildiragi orqali uning markazidan chekkasiga (periferiyasiga) tomon harakatlanadi.
Zamonaviy markazdan qochma nasos va nasos agregatlarini quyidagi alomatlariga ko’ra guruhlashtirish mumkin:

  • nasos rotorining aylanish o’qi joylashishiga ko’ra - gorizontal nasos agregatlari (qar., masalan, 1.10, a-v-rasm; 1.12, a-rasm), vertikal nasos agregatlari2



2 Brian Nesbitt Handbook of Pumps and Pumping. Pumping manual international. Publisher: Elsevier Science & Technology Books. ISBN: 185617476X. Pub. Date: December 2006. Page 10.
(qar. masalan, 1.11, a, b-rasm; 1.12-rasm, v, d) va ularning nasos stansiyasida o’rnatilish usuliga bog’liq ravishda rotorning aylanish o’qi gorizontal, yoki vertikal joylashishi mumkin bo’lgan nasos agregatlari (qar., masalan, 1.10, g-rasm; 1.11, v- rasm; 1.12, b, g-rasm);

  • nasosning elektrodvigatel bilan ulanish usuliga ko’ra - konsolli nasos agregatlari (qar. masalan, 1.10, a-rasm; 1.11, a-rasm) va monoblok nasos agregatlari (qar. masalan, 1.10, v-rasm; 1.11, v-rasm);

  • ishchi organlari komplektlari miqdoriga ko’ra - bir pog’onali nasos agregatlari (qar. masalan, 1.10, 1.11-rasmlar) va ko’rsatkichlari pog’onali nasos agregatlari (qar. masalan, 1.12-rasm);

  • suyuqlik muhitining nasos ishchi organlariga podvodlari soniga ko’ra - bir tomonlama kirishi bo’lgan nasoslar (qar., masalan, 1.10, a, v, g-rasm) va ikki tomonlama kirishi bo’lgan nasoslar (qar., masalan, 1.10, b-rasm; 1.11, b-rasm; 1.12, d-rasm);

  • nasos agregatini haydalayotgan suyuqlik muhitiga cho’ktirish imkoniyatiga ko’ra - haydalayotgan suyuqlik muhitiga cho’ktirilishiga yo’l qo’yilmaydigan nasos agregatlari (qar., masalan, 1.10, a-v-rasm); yarim cho’ktirma nasos agregatlari (qar., masalan, 1.11, a-rasm); cho’ktirma nasos agregatlari3 (qar., masalan, 1.10, g-rasm; 1.12, b-rasm); ularning nasos stansiyasida o’rnatilish usuliga bog’liq ravishda cho’ktirilmagan holda, yoki haydalayotgan suyuqlik muhitiga cho’ktirish bilan joylashtirilishi mumkin bo’lgan nasos agregatlari (qar., masalan, 1.10, g-rasm; 1.12, b-rasm).



3 Brian Nesbitt Handbook of Pumps and Pumping. Pumping manual international. Publisher: Elsevier Science & Technology Books. ISBN: 185617476X. Pub. Date: December 2006. Page 15.



1.10-rasm. Ba'zi bir pog’onali gorizontal markazdan qochma nasoslar va nasos agregatlarining tuzilishi: a - bir tomonlama kirishi b lgan konsolli nasos; b -ikki tomonlama kirishi bo’lgan nasos; v – o’z-o’zicha so’ruvchi monoblokli nasos agregati; g - haydalayotgan suyuqlik muhitiga
cho’ktirmay, gorizontal o’rnatilgan cho’ktirma monoblokli nasos agregati



1.11-rasm. Ba’zi bir pog’onali vertikal markazdan qochma nasoslar va nasos agregatlarining tuzulishi: a- konsolli yarim cho’ktirilgan nasos agregati; b-ikki tomonlamali kirishli nasos; в-vertikal (tik) o’rnatilgan chiziqli (poydevorsiz) monoblokli nasos agregati.



1.12-rasm. Ba’zi ko’p pog’onali markazdan qochma nasoslar va nasos agregatlarining tuzulishi:
a-gorizontal sektsiyali nasos; b-cho’ktirma turdagi monoblokli nasos agregati, haydalayotgan suyuqlik muhitiga ch ktirmasdan gorizontal rnatilgan; v - quduq vertikal seksiyali nasos agregati, cho’ktirma turdagi; g - chiziqli monoblokli nasos agregati, vertikal o’rnatilgan; d - ikki tomonlama kirishli vertikal kondensatsion nasos.
Yuqoridagi markazdan qochirma nasoslarni guruhlarga bo’lish varianti to’liq emas. Bu nasoslar boshqa alomatlariga ko’ra tasniflanishi ham mumkin.
O’qli nasos - parrakli nasos bo’lib, unda suyuqlik muhiti ishchi g’ildiragi orqali uning o’qi yo’nalishida harakatlanadi.
O’qli nasosning ishchi g’ildiragi kemaning vintiga o’xshash (1.13-rasm). U bir necha parrak mahkamlangan vtulkadan iborat. O’qni yo’naltiruvchi apparat nasos otvodi (suyuqlik haydash) sifatida xizmat qiladi. Uning yordami bilan suyuqlik muhitining aylanishi bartaraf etilib, oqibatda natijada uning kinetik energiyasi bosim energiyasiga aylanadi.
O’qli nasoslar bir vaqtning o’zida kichik oqim bosimi bilan katta hajmdagi suvni uzatish zarur bo’lganida qo’llanadi.
O’qli nasosning turlaridan biri - diagonal nasos.
Diagonal nasos - bu markazdan qochuvchi kuch, shu bilan birga ishchi g’ildiragi parraklarining ko’tarish kuchi hisobiga oqim kuchini hosil qiladigan nasos. Diagonal nasosda suyuqlik muhiti ishchi g’ildiragiga o’q yo’nalishida kirib, nasos o’qiga burchak ostida chiqib ketadi. Konstruksiyasiga ko’ra diagonal nasos o’qli nasosga o’xshaydi, asosiy farqi - ishchi g’ildiragining shaklida.
Bir qator o’qli va diagonal nasoslar va nasos agregatlari 1.14-rasmda taqdim etilgan.

1.13-rasm. O’qli nasos sxemasi.
Markazdan qochma nasoslarning keltirilgan guruhlanish varianti uzil-kesil bo’lmay, balki bu nasoslarning boshqa alomatlariga ko’ra tasniflari ham mavjud bo’lishi mumkin.
O’qli nasos - parrakli nasos bo’lib, unda suyuqlik muhiti ishchi g’ildiragi orqali uning o’qi tomon harakatlanadi.
O’qli nasosning ishchi g’ildiragi kema vintiga o’xshab ketadi (1.13-rasm). U bir necha parrak mahkamlangan vtulkadan iborat bo’ladi. O’qdagi yo’nalitiruvchi apparat nasos uchun otvod (chiqarish quvuri) vazifasini o’taydi. Uning yordamida suyuqlik muhitining aylanib qolishi bartaraf etilib, buning natijasida uning kinetik energiyasi bosim energiyasiga aylantiriladi.
O’qli nasoslarni vaqt birligida kichik dam bilan katta hajmdagi suvni uzatish talab etilganida qo’llanadilar.
O’qli nasosning turlaridan biri bo’lib diagonal nasos hisoblanadi.
Diagonal nasos - markazdan qochma kuchning, shu bilan birga ishchi g’ildiragi parraklarining ko’tarish kuchi hisobiga damni (oqim kuchini) hosil qiladigan nasos. Diagonal nasosda suyuqlik muhiti ishchi g’ildiragiga o’q yo’nalishida kirib, nasos o’qiga burchak ostida chiqib ketadi. Konstruksiyasiga ko’ra diagonal nasos o’qli nasosga o’xshab ketadi, uning asosiy farqi - ishchi g’ildiragining shaklida.
Bir qator o’qli va diagonal nasoslar va nasos agregatlari 1.14-rasmda ko’rsatilgan.



1.14-rasm. Ba'zi o’qli va diagonal nasoslar va nasos agregatlarining tuzilishi: a - gorizontal diagonal nasos; b - gorizontal o’qli nasos; v - vertikal yarim cho’ktirma diagonal nasos; g – cho’ktirma diagonal nasos agregati; d – cho’ktirma o’qli nasos agregati

Download 13,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish