Ishchi g‘ildiraklari
Ishchi g‘ildiragi nasos yuritmadan oladigan mexanik energiyani gidravlik energiyaga aylantirish va uni haydalayotgan suyuqlik muhitiga (suvga, oqova suvga, cho‘kindiga va b.) uzatish uchun mo‘ljallangan. Markazdan qochma nasoslar uchun radial ishchi g‘ildiraklari tayyorlaydilar. Bnda ishchi
g‘ildiraklarining bir necha xil konstruksiyalari mavjud. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Ular orasida eng keng tarqalgani bir tomonlama kirishli, yopiq tipdagi ishchi g‘ildiragi bo‘lib, u old (tashqi) disk va orqa (ichki) diskdan iborat bo‘lib, u asta- sekin ishchi g‘ildiragining markaziga stupitsaga o‘tib, u bilan esa, o‘z navbatida, ishchi g‘ildiragi nasos valiga mahkamlanadi (2.7, a-rasm). Disklar orasida silindrsimon yoki makondagi shaklga ega bo‘lgan parraklar (kurakchalar) joylashgan. Suv tarmog‘i (vodoprovod) nasoslarida odatda 6-8 ta parragi, kanalizatsion nasoslarning ishchi g‘ildiraklarida — 1-4 parrak mavjud bo‘ladi.
Ikki tomonlama kiriladigan ishchi g‘ildiragi (qar. 2.5-rasm) bir tomonlama kirishi bo‘lgan, xuddi shu diametrli ishchi g‘ildiragiga nisbatan ko‘proq suyuqlik uzata oladi.
Ochiq turdagi ishchi g‘ildiragi ba’zan kichikroq nasoslarda qo‘llanib, ularning old diski bo‘lmaydi va nasosning old qopqog‘i bilan kichik zazor orqali birikadi (27, b-rasm). Ana shunday ishchi g‘ildirakli nasoslarda gidravlik dam yo‘qotishlari kattaligi sababli FIKi past bo‘ladi.
Aksariyat hollarda ishchi g‘ildiraklari quyma qilib, metallni qolipga quyish bilan tayyorlanib, faqat alohida holatlarda, yirik nasoslar uchun, disklar va ishchi g‘ildiragining parraklari alohida quyish yoki boshqa usul bilan tayyorlanib, so‘ng payvandlash yordamida biriktiradilar.
Ishchi g‘ildiraklarini tayyorlash uchun asosan cho‘yan qo‘llanib, u g‘ildirakning etarli darajadagi mustahkamligini ta’minlab, ishlab chiqarish texnologiyasini soddalashtirish va qiymatini arzonlashtirish imkonini beradi. Biroq aylanish paytida yirik nasoslarning ishchi g‘ildiraklarida markazdan qochma kuch ta’sirida metallni emirishga qodir bo‘lgan katta zo‘riqishlar yuzaga keladi. SHuning uchun bunday nasoslar uchun ishchi g‘ildiraklari ko‘p hollarda cho‘yanga nisbatan ancha mustahkam bo‘lgan uglerodli po‘latdan tayyorlanadi.
2.7-rasm. Markazdan qochma nasoslar uchun ba’zi ishchi g‘ildirak tiplari:
a — bir tomonlama kirishi bo‘lgan yopiq tipdagi ishchi g‘ildiragi;
b — ochiq tipdagi ishchi g‘ildiragi
Tarkibida abraziv materiallari bo‘lgan suyuqlik muhitini haydaydigan maxsus nasoslar uchun ishchi g‘ildiraklari o‘ti pishiq va sifatli, margansovkalangan va boshqa legirlangan po‘latdan ishlab chiqariladi. Ayrim hollarda, maxsus nasoslar uchun, ishchi g‘ildiragining oqim o‘tadigan qismi yuzasi futerlanadi, ya’ni turli materiallar (elastik, korroziyaga qarshi va b.) bilan qoplanadi. O‘ta korroziyalaydigan xossalarga ega bo‘lgan suyuqlik muhitini uzatish uchun ispolzuyutsya bronzadan tayyorlangan ishchi g‘ildirakli nasoslar qo‘llanadi. Kislotali nasoslarda maxsus qotishmalardan (temirkremniyli, temir-xromli, titanli) tayyorlangan ishchi g‘ildiraklari ishlatiladi. So‘nggi yillarda ishchi g‘ildiraklarini ishlab chiqarish uchun turli plastmassalar va polimer materiallar keng ko‘lamda qo‘llanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |