Насослар ва насос станциялари



Download 13,37 Mb.
bet16/114
Sana22.07.2022
Hajmi13,37 Mb.
#838380
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114
Bog'liq
fayl 1824 20210916 (1)

Nasos uskunasining ish parametrlarini rostlashning eng tejamkor yo‘li nasos ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasini o‘zgartirish bilan bog‘liq. Zamonaviy nasos uskunalarida bu maqsadlarda ko‘pincha maxsus qurilmalar — chastota o‘zgartirgichlaridan foydalanib, ular nasos agregatlarini ta’minlaydigan elektr tarmog‘ining doimiy o‘zgarmas parametrlarini (kuchlanish, chastota), o‘zgaruvchan tusga keltiradilar. Bu parametrlar o‘zgarishiga mutanosib tarzda chastota o‘zgartirgichiga ulangan nasos agregatining elektrodvigatelining aylanish chastotasi, mos ravishda nasos elektrodvigateli ishchi g‘ildiragining chastotasi ham o‘zgaradi.
Nasos ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasi kamayishi bilan nasos ishchi g‘ildiragining tavsifi ham pastga tomon siljiydi (2.17-rasm). B nuqta ishchi nuqtaga muvofiq keladi. Bunda nasos uskunasining uzatishi va to‘liq dami quyidagi qiymatlargacha o‘zgaradi, QBA va HBA.


2.17-rasm. Nasos ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasini o‘zgartirish bilan nasos uskunasining ish parametrlarini rostlash:


𝐻𝐴 , 𝐻Б -nasos uskunasining to‘liq damlari; QA, -nasos uskunasining uzatishi; Hstat,A statik
𝑡,𝐴 𝑡,𝐴 A A
dam (napor); HA, HБ-nasos uskunasidagi gidravlik dam yo‘qotishlari.
J J

Nasos ishchi g‘ildiragi aylanish chastotasining o‘zgarishi uning butun ish parametrlari o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunda nasos tavsiflarining holati o‘zgaradi. Nasos tavsiflarini boshqa chastotaga qayta hisoblash quyidagi asosiy formulalar yordamida amalga oshiriladi7:


𝑄1 = 𝑛1

𝑄2 𝑛2


7 Workin Guide to Pump and Pumping Stations Calcuations and Simulations / E.Shashi Menon, Pramila S. Menon. 2010 E. Shashi Menon. Published by Elsevier Inc. All rights reserved. ISBN: 978- 1-856 17-828-0. Page 135.

𝐻1 =
𝐻2
𝑛1 2
(𝑛2)

𝑁𝑃𝑆𝐻𝑅2 =
𝑁𝑃𝑆𝐻𝑅1
𝑛1 2
(𝑛2)

bu yerda Q1 — uning ishchi g‘ildiragining nominal (nasos pasportiga ko‘ra)
aylanish chastotasida nasos uzatishi, m3/s; Q2 — ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasi pasayganidan so‘ng nasos uzatishi, m3/s; n1 — nasos ishchi g‘ildiragining nominal aylanish chastotasi, ayl/daq; n2 — nasos ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasi, u chastota o‘zgartirgichi yordamida pasaytirilganidan so‘ng, ayl/daq; H1 — ishchi g‘ildiragining nominal aylanish chastotasida nasosning to‘liq dami, m; H2 — ishchi g‘ildiragi aylanish chastotasi pasayganidan so‘ng nasosning to‘liq dami, m; NPSHR1 — ishchi g‘ildiragining nominal uzatishi va aylanish chastotasida nasos kirishidagi talab darajasidagi kavitatsiya usti dami, m; NPSHR2 — uning ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasini kamaytirilganidan so‘ng nasos uzatishidagi nasos kirishidagi talab darajasidagi kavitatsiya usti dami, m (NPSHR to‘g‘risida batafsil qar. 2.5.3 b.).
Keltirilgan formulalar suyuqlikning nasosdagi faqat turbulent harakatlanishi uchun to‘g‘ri.
Nasos uskunasining ish parametrlarini muvofiqlashtirishning anchagina sodda va tejamkor usuli nasos ishchi g‘ildiragining diametrini o‘zgartirishdan iborat. Nasos ishchi g‘ildiragining diametrini uni yo‘nish yoki boshqa diametrli ishchi g‘ildiragiga almashtirish bilan o‘zgartiradilar. Ishchi g‘ildiragining diametrini kichraytirish mumkin bo‘lgan chegaraviy kattalik, tezyurarlik koeffitsientiga (ns) bog‘liq bo‘lib, ishchi g‘ildiragi nominal diametrining 20% dan ortmaydi.
Nasoslar ishlab chiqaruvchi zavodlar bir modelli nasos uchun turli diametrli bir necha xil ishchi g‘ildiraklari ishlab chiqaradilar, shu sababli nasoslarning ishchi g‘ildiraklarini ulardan foydalanish joyida yo‘nishga kamdan-kam hollarda murojaat qilinadi.
Turli diametrli ishchi g‘ildiraklari bilan jihozlangan nasos tavsiflari nasosning texnik hujjatlarida keltiriladi.

Nasos tavsiflarini uning ishchi g‘ildiragining boshqa diametriga qayta hisoblash quyidagi asosiy formulalar yordamida bajariladi:

𝑄1
𝐷1 2

𝑄2 = (𝐷2)

𝑄1 = 𝐷1



(𝑛
< 150 𝑏𝑜′𝑙𝑔𝑎𝑛𝑑𝑎)

𝑄2 𝐷2
2


𝐻1


𝐷1 2

𝐻2 = (𝐷2)
bu yerda Q1 — nominal diametrli (nasos pasporti) ishchi g‘ildiragi bo‘lgan nasosning uzatishi, m3/s; Q2 — kichraytirilgan diametrli ishchi g‘ildirakli nasosning uzatishi, m3/s; D1 — nasos ishchi g‘ildiragining nominal diametri, m; — D2 — nasos ishchi g‘ildiragining kichraytirilgan diametri, m; H1 — nominal diametrli ishchi g‘ildiragi bo‘lgan nasosning to‘liq dami, m; H2 — kichraytirilgan diametrli ishchi g‘ildiragi bo‘lgan nasosning to‘liq dami, m.
Ishchi g‘ildiragining diametri o‘zgarishi bilan nasos FIKi deyarli o‘zgarmaydi.

Download 13,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish