Podshipnik — mexanizm harakatlanuvchi qismlarining uning boshqa qismlariga nisbatan holatini belgilab beradigan tayanch yoki yo‘naltiruvchi. Nasos agregatlarida podshipniklar nasos agregatining valiga qo‘yiladigan radial va o‘qqa tushadigan yuklamalarni o‘ziga olib, ularni ramaga, korpusga yoki boshqa qismlarga uzatadilar. Bunda ular yana valni bo‘shliqda tutib turilishini, uning minimal energiya yo‘qotishlari bilan aylanishini ta’minlaydilar (podshipniklarning nasosda va uning ayrim uzellarida joylashtirish joylarini, masalan, 25-rasmda qar.). Nasos agregatining FIK, ishlash qobiliyati va uzoq muddat xizmat qilishi ko‘p jihatdan podshipniklar sifatiga bog‘liq.
Konstruksiyasiga bog‘liq ravishda nasos agregatlari tebranish podshipniklari
(sharikli, rolikli) va sirpanish podshipniklari (2.15-rasm) jihozlanishlari mumkin.
2.15-rasm. Podshipnik turlari:
a — sharikli podshipnik; b — rolikli podshipnik; v — sirpanish podshipnigi
Markazdan qochma nasos agregatlari va nasos uskunalari ishini muvofiqlashtirish
Shaharlar va sanoat korxonalarida turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan nasos stansiyalarining tarkibida markazdan qochma nasos agregatlarining ishi quyidagicha tashkillashtirilgan:
rostlash sig‘imlari (idishlari) bo‘lmagan suv ta’minot tizimlarida nasos agregatlari doimiy ish jarayonida bo‘lib, ularning uzatishi va to‘liq dami muvofiqlashtirilmaydi. Suvni jiddiy tarzda notekis iste’mol qilish hollari mavjud bo‘lganida, u holda nasos agregatlarining uzatishi suv iste’molidagi kabi, sutka davomida katta hajmda tebranib, vaqti-vaqti bilan minimal va maksimal qiymatlarga etishi mumkin. Buning oqibatida optimal FIKga va boshqa ish parametrlariga ega bo‘lmagan nasos agregatlarini ekspluatatsiya qilinishiga to‘g‘ri kelib, bu kattagina elektr energiya sarfiga olib keladi. Bundan tashqari, erkin damlar sakrashlari tufayli taqsimlovchi suv tarmog‘idan suv oqib ketishi ko‘payib, shuningdek quvurlardagi avariyalar sni ortadi.
suv ko‘tarish minoralari (dam rezervuarlari) ko‘rinishidagi
muvofiqlashtiruvchi idishli suv ta’minot tizimlarida bitta nasos agregati (bir necha nasos agregatlari guruhi) suv taqsimlash tarmog‘iga suvni uzluksiz sarf bilan uzatadi. Boshqa bir nasos agregati (nasos agregatlari guruhi) kunning nisbatan ko‘proq suv iste’mol qilinadigan soatlarida qat’iy belgilangan grafik bo‘yicha ishga qo‘shilib, bir necha soat ishlaganidan so‘ng, suv iste’moli kamayishi bilan, o‘chiriladi. Odatda tejamkorlik nuqtai nazaridan kelib chiqib nasos stansiyasi tomonidan taqsimlash suv tarmog‘iga suv uzatishning bunday grafiklari ko‘pi bilan uch pog‘onadan tashkil topadi, ya’ni nasos agregatlarini bir sutkada uch martagacha yoqish (o‘chirish) bilan suv uzatilishini o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda kunning nisbatan kam suv iste’mol qilinadigan soatlarida nasos agregatlari bir vaqtning o‘zida taqsimot suv tarmog‘iga, hamda suv ko‘tarish minorasining bakiga (dam rezervuari) uzatadi; kunning nisbatan ko‘p suv iste’mol qilinadigan soatlarida esa suv taqsimot suv tarmog‘iga bir vaqtning o‘zida nasos stansiyasidan va suv ko‘tarish minorasining bakidan (dam rezervuaridan) uzatiladi.
Rostlovchi sig‘imlari bo‘lgan pnevmatik suv dami uskunalari ko‘rinishidagi suv ta’minot tizimlarida kunning nisbatan kam suv iste’mol qilinadigan soatlarida nasos agregati suvni taqsimot suv tarmog‘iga uzatadi; shu bilan bir vaqtda pnevmatik suv dami uskunasi tarkibidagi rostlash sig‘imi suv bilan to‘ldiriladi. Kunning nisbatan ko‘p suv iste’mol qilinadigan soatlarida suv ta’minot tizimlariga suv ham nasos agregati, ham pnevmatik suv ko‘tarish uskunasi tomonidan uzatiladi. Aslida pnevmatik suv uzatish uskunasi suv ko‘tarish minorasining (dam rezervuari) vazifasini bajaradi.
- Suv ketkazish tizimlarida nasos agregatlari nasos stansiyalarining qabul qilish rezervuarlari oqova suvlari bilan muayyan darajaga qadar to‘lganidan so‘ng nasoslar ishlab ketib, oqova suvlar sathi minimal qiymatga qadar pasayganidan so‘ng yana o‘chadilar. Nasos agregatlarining bir sutkadagi o‘chirib-yoqilishi 40-50 martagacha, ba’zan esa hatto 100 tagacha etishi mumkin. Quvvati 150-250 kVt ga teng bo‘lgan nasos agregatlari uchun bunday ish rejimiga yo‘q qo‘yilishi mumkin emas.
Suv ta’minot va suv ketkazish tizimlarining ishlashdagi ishonchlilik darajasini oshirish uchun nasos stansiyalarida o‘rnatilgan nasos agregatlarining uzatishi va to‘liq lamini rostlab turish talab etiladi. Bu barcha, ayniqsa nasos stansiyalarida rostlaydigan sig‘imlari bo‘lmagan suv ta’minot va suv ketkazish tizimlari uchun, shuningdek suv yoki oqova suvlar uzatish jarayonida nasos agregatlari ko‘p marotaba o‘chirib-yoqiladigan nasos stansiyalarida o‘ta dolzarb masala hisoblanadi.
Markazdan qochma nasos agregatlari bo‘lgan nasos uskunasining uzatishi va to‘liq damini rostlash.
Markazdan qochma nasos agregatlari bo‘ylgan nasos uskunasining uzatishi va to‘liq damini nasos uskunasining o‘z ish parametrlarini o‘zgartirish, ya’ni muvofiqlashtirishning miqdor usullari yordamida, yoki ana shu uskuna tarkibiga kirgan nasos agregatining ish parametrlarini o‘zgartirish, ya’ni sifat usullari yordamida rostlash mumkin bo‘ladi. Nasos uskunasining ish parametrlarini asosiy rostlash usullari:
suv ta’minot tarmog‘ida rostlash sig‘imlarini o‘rnatish (suv ko‘tarish minoralari, dam rezervuarlari, pnevmatik suv ko‘tarish qurilmalari);
bir vaqtda ishlayotgan nasos agregatlarining sonini o‘zgartirish;
to‘sqichli dam quvurlarini qo‘llash;
nasos agregatining dam quvurida yoki so‘ruvchi quvurida drossellash (to‘sqich yordamida rostlash);
baypaslash (nasos dam quvuridagi suv sarfining bir qismini qaytib manba- rezervuarga qo‘yib yuborish);
quvurlar tarmog‘i qarshiligi statik tarkibiy qismini (Hstat) manba-rezervuar va qabul qilish rezervuaridagi suv sathi belgilarining o‘zgarishiga muvofiq tarzda o‘zgartirish.
Nasos agregati ish parametrlarini sifat jihatidan rostlashning asosiy uslublari:
regulirovanie aylanish chastotasini ishchi g‘ildiragining nasosa;
nasos ishchi g‘ildiragining diametrini o‘zgartirish;
nasos ishchi g‘ildiragining botiq tomonidagi parraklarini charxlash (zatыlovka).
Shuningdek kombinatsiyali usullar qo‘llanishi ham mumkin:
baypaslash bilan birga drossellash;
nasos ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasini o‘zgartirish bilan drossellash.
Nasos uskunasining ish parametrlarini rostlashning uch asosiy uslubi ko‘rib chiqamiz — drossellash, nasos ishchi g‘ildiragining aylanish chastotasini rostlash va nasos ishchi g‘ildiragining diametrini o‘zgartirish6.
2.16-rasm. Bosimli quvur o’tkazgichdagi drosselli nasos qurilmasining ishchi parametrlarini tartibga solish:
𝐻𝐴 , 𝐻Б -nasos qurilmasining to’liq bosimi; 𝑄𝐴, 𝑄Б-nasos qurilmasining uzatishi; Hstat,A – statik
𝑡,𝐴
𝑡,𝐴
𝐴 𝐴
bosim; 𝐻𝐴, 𝐻Б, ∆𝐻𝐽-nasos qurilmasidagi gidravlik bosim yo’qolishi.
𝐽 𝐽
2.16-rasmda nasos uskunasining dam quvurida drossellashdagi (to‘sqich yordamida rostlash) ish parametrlarini rostlashdagi nasos va quvurlar tarmog‘i tavsiflari keltirilgan.
6 Workin Guide to Pump and Pumping Stations Calcuations and Simulations / E.Shashi Menon, Pramila S. Menon. 2010 E. Shashi Menon. Published by Elsevier Inc. All rights reserved. ISBN: 978- 1-856 17-828-0. Page 114.
Nasos agregatining to‘liq ochiq quvurga ishlashida nasos uskunasi ishining parametrlari A ishchi nuqtasi bilan belgilanadi: to‘liq damga qiymat HAtA, uzatishga esa — qiymat QAA to‘g‘ri keladi. Bunda nasos uskunasining to‘liq dami statik dam (HstatA) va gidravlik dam yo‘qotishlari (HAJt) summasiga teng.
To‘sqichning ochilish darajasi kichrayishi bilan quvurlar tarmog‘i tavsifi tikligi ham ortadi va Б nuqta ishchi nuqtaga aylanadi. Bu holda QБА gacha kamayib, nasos uskunasining to‘liq dami esa HБJt qiymatigacha ko‘tariladi. Bu holda quvurdagi dam to‘sqichdan keyin ΔHJt qiymatga kamayadi.
To‘sqichning ochilish darajasi kattalashishi bilan quvurlar tarmog‘i tavsifining tikligi kamayadi. Buning oqibatida nasos uskunasining uzatishi kattalashib, to‘liq dami kamayadi, quvurdagi to‘sqichdan keyingi dasturlash esa ortib boradi.
Shunday qilib, nasos uskunasining ish parametrlarini dam quvuridagi to‘sqich bilan rostlash uslubi nisbatan sodda bo‘lib, biroq tejamkor emas, chunki to‘sqichning qisman yopiq holatida gidravlik qarshilikni engib o‘tishga qo‘shimcha energiya sarfi talab etiladi.
Shuningdek, nasos uskunasining ish parametrlarini so‘ruvchi quvurda drossellash bilan rostlash usuli ham mavjud. Biroq bu usul kamdan-kam holda qo‘llanadi, chunki to‘sqichning ochilish darajasi kamayganida so‘ruvchi quvurda yuzaga keladigan qo‘shimcha gidravlik qarshilik nasosga kirishdagi haydalayotgan muhit bosimi tushib ketishiga, va ko‘pincha kavitatsiyaga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |