Markazdan qochma nasoslar va nasos uskunalarida kavitatsiya 2.5.1.Kavitasiya va uning kelib chiqish sabablari haqida umumiy ma’lumotlar
Kavitatsiya hodisasi bilan suyuqlik muhitlari oqimlari bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqilishida duch kelinishi mumkin – tomirlarda qon oqishidan boshlab, turbinalar va kema vintlarini loyihalashtirishga qadar. Kavitatsiya paydo bo‘lishi suyuqlik muhitining fizik xossalari va uning oqish parametrlariga (bosim, harorat, tezlik) bog‘liq bo‘ladi. Qon aylanish tizimidagi kavitatsiya yurak va qon tomirlari kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Texnikadagi kavitatsiya esa suv osti qanotlari ko‘tarish kuchi kamayishiga; nasoslar, turbinalar, vintlar va boshqa mexanizmlar ishchi tavsiflarining yomonlashuviga, shu jumladan ular FIKining keskin tushib ketishiga; sanab o‘tilgan mashina va mexanizmlarning ishchi organlari yasalgan metalllar
eroziyasiga olib keladi.
Kavitasiya suyuqlik muhiti bosimining pasayishi tufayli kelib chiqqan bug‘ hosil bo‘lish va havo ajralib chiqish hodisasidir. Uning kelib chiqishi sababi – suyuqlik muhitining normal haroratda va past bosimda qaynashidir. Bosim kamayganida ajralib chiqadigan, suvda erigan havo ham kavitasiya paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Agar nasos kirishida haydalayotgan suyuqlik muhitining mutlaq bosimi11 uning to‘yingan bug‘lari bosimiga yaqin kattalikka qadar kamayib ketsa, markazdan qochma nasosda bug‘ kavitatsiyasi (haydalayotgan suyuqlik muhitining qaynab ketishi) yuzaga keladi (2.18-rasm).
Kavitatsiya haydalayotgan suyuqlik muhiti mutlaq bosimining umumiy yoki mahalliy pasayib ketishi sababli ro‘y beradi.
Kavitasiya suyuqlik muhiti mutlaq bosimining umumiy yoki mahalliy pasayishiquyidagilarga bog‘liqbo‘lishimumkin:
joyning balandligi ko‘tarilishi yoki nasos uskunasidan foydalanish xususiyatlaridan kelib chiqqan nasos qurilmasidagi atmosfera bosimining tushib ketishi (masalan, suyuqlik muhiti siyraklashish ostidagi rezervuardan olinganida);
nasosning so‘ruvchi quvurida, masalan, uning ifloslanishi, tiqilib qolishi tufayli kelib chiqadigan qo‘shimcha energiya yo‘qotilishi yuzaga kelishi;
haydalayotgan suyuqlik harorati oshishi tufayli uning to‘yingan bug‘lari bosimining ortib ketishi;
suyuqlik muhitining nasos bilan so‘rilish geometrik balandligining tavsiya etilgan qiymatga nisbatan oshib ketishi.
Suyuqlikmuhitimutlaqbosiminingmahalliypasayishinasosning oqim qismidagi oqishining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq va bunga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
oqimning siqilishi tufayli haydalayotgan suyuqlik muhiti oqim tezligining ortishi;
oqim burilganida yoki turtib chiqib turgan elementlarni aylanib oqib o‘tganida suyuqlik muhiti normal oqish chizig‘i traektoriyasidan chetga og‘ishi;
oqimning yo‘naltiruvchi yuzalardan uzilishlari;
aerodinamik sirtlarning notekis va g‘adir-budurliklari;
bir nechta yo‘naltiruvchi yuzalar qo‘shilgan sohalarda oqimlarning o‘zaro dinamik ta’siri;
alohida ish elementlari ortidagi turbulent oqimlarda (izlarda) bosimning pulsasiyalanishlari;
aylanadigan va harakatsiz elementlar orasidagi turli bo‘shliqlarda va yoriqlarda ikkilamchi oqimlar mavjudligi.