bob.Nasos stansiyalari.
Suv ta’minot tizimlari nasos stansiyalarini texnologik loyihalashtirish 3.1.1.Suv ta’minot tizimlarining turlari
Tayanch so’zlar: suv ta’minot tizimlari, I ko‘tarish nasos stansiyalari, II ko‘tarish nasos stansiyalari, III va undan yuqori darajali ko‘tarish nasos stansiyalari, yuqoriga uzatuvchi nasos stansiyalari, ishonchlilik toifasi, statik dam (napor), so‘ruvchi va dam quvurlari, cho‘ktirilgan va chala cho‘ktirilgan nasos stansiyalari, haydash patrubkasi, ko‘tarish-transport uskunalari, sarf hisoblagich- o’lchagich, uskunalar, armaturalar, drenaj nasoslari, yer osti suvlari, ishlab
chiqarish suv taminoti, artezian suvlari, suv saqlovchi, skvajina
Shaharlarda, odatda, birlashtirilgan xo‘jalik-ichimlik suvi va o‘t o‘chirish suv tarmog‘ini jihozlab, undan ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha va mahalla ichlari qoplamalariga suv sepish uchun, shuningdek korxonalarni ta’minlash va faqat ichimlik suvi sifatidagi suv talab etiladigan alohida uskunalar uchun suv uzatishda foydalanadilar. Shuningdek, bundan tashqari, suvni shahar ichkarisida joylashgan korxonalarga texnologik maqsadlarda etkazib beradigan suv tarmoqlari ham uchrab turadi.
Sanoat korxonalarida ko‘pincha quyidagi suv ta’minot tizimlari barpo qilinadi:
bir yoki bir nechta ishlab chiqarish suv tarmoqlari va o‘t o‘chirish maqsadidagi va xo‘jalik-ichimlik suvini uzatish birlashtirilgan tarmog‘i;
birlashtirilgan ishlab chiqarish va o‘t o‘chirish maqsadidagi suv tarmog‘i va alohida xo‘jalik-ichimlik suvi uzatish tarmog‘i;
birlashtirilgan ishlab chiqarish va o‘t o‘chirish maqsadidagi va xo‘jalik- ichimlik suvini uzatish tarmog‘i.
Sanoat korxonalarining xo‘jalik-ichimlik suvi tarmoqlari odatda o‘zlari joylashgan shaharlar xo‘jalik-ichimlik suvi tizimlari tarkibiga kirgan bo‘ladilar. Bu holda yirik sanoat korxonalarining (metallurgiya kombinatlari va b.) ishlab chiqarish suv tarmoqlari ko‘pincha shahar xo‘jalik-ichimlik suvi tizimlariga umuman ulanmagan bo‘lib, o‘z ichiga alohida suv olish inshootlarini, nasos stansiyalarini, so‘ruvchi va dam suv quvurlari (yo‘llari), ishlab chiqarish maqsadidagi taqsimlash suv tarmoqlarini oladilar.
Sanoat korxonalarida ko‘pincha quyidagi suv ta’minot tizimlarini barpo qiladilar1:

Do'stlaringiz bilan baham: |