Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

SHe‟riy janrlar
. ―Qisasi Rabg‗uziy‖dagi bu janrlar har bir qissada bor. 
Qissalar, odatda, she‘r bilan boshlangan. Asardagi barcha she‘rlarning muallifi 
Rabg‗uziyning o‗zidir. Rabg‗uziy qissalar debochasida payg‗ambarlarning 
hammasiga she‘r bilan ta‘rif beradi. Har bir payg‗ambarga xos fazilat, layoqat, 
Xudo in‘om qilgan qobiliyatlarni bayon qiladi. So‗ngra ana shu she‘rda 
payg‗ambarga berilgan ta‘rif-tavsiflarni qissa davomida sharhlaydi. Qissalarda 
biron payg‗ambarga oid voqealar bilan she‘rda keltirilgan voqealar, ta‘rifu tavsiflar 
hamohangdir. Jumladan, ―Sulaymon ibn Dovud alayhissalom qissasi‖dagi she‘rga 
murojaat etaylik: 
Dovud o‗g‗li ul Sulaymon Tengrimizning sovchisi, 
Er ulog‗liq shoh ediyu ham uchar qush elchisi. 
Odamiy, uchqan, yugurgan, dev, pari, ham el, bulut, 
Og‗ulug‗ bo‗lsun ozig‗lig‗ barcha aning ishchisi. 
Ko‗zi to‗rt yuz qangli erdi kunda qushlug‗ oshig‗a, 
Borg‗usida kur arslon, bo‗ri, qoplon qo‗ychisi. 
Tupuchoq otning urug‗i qoldi andin dunyoda, 
Tilda hujjat, tanda xidmat, qo‗lda mulkat qamchisi. 
O‗zi ―nima‘l abdu‖ atandi ham yalavoch ham malik, 
Yo‗ldin ozg‗anlarg‗a erdi o‗zi ujmox yo‗lchisi. 
Rabg‗uziy she‘riy janrlarni farqlaydi va har birini o‗z nomi bilan ataydi. 
Keltirilgan she‘r qofiyalanishiga ko‗ra g‗azalni eslatadi. Ammo Rabg‗uziy mazkur 
she‘rga nisbatan 
g„azal
terminidan istifoda etmaydi, balki 
she‟r
deb ataydi. YOki 
―Qissai Nuh nabiy alayhissalom‖da qissaning butun mazmunini o‗zida mujassam 
etgan she‘r bor. Bu she‘r ham shaklan - qofiyalanishi jihatdan va mazmunan xuddi 
yuqoridagi she‘rning aynan o‗zi. Rabg‗uziy bu qissada ham she‘r terminini 
ishlatadi. SHu turkumdagi ayrim she‘rlar maqtaida Rabg‗uziy taxallus keltiradi. 
Quyidagi 
Rabg‗uziy Nosir tayanma tunla kunduz ingranib, 
Sayrag‗il, suchuk tilingdin so‗z chiqar so‗zlar sog‗i (2, 
197) 
g‗azal maqtai bunga bir misoldir. Rabg‗uziy nima uchun bu turkumdagi – aynan 
qissalar boshlanmasidagi she‘rlarga g‗azal terminini qo‗llamaydiyu aynan g‗azal 
termini ostida berilgan baytlar uningcha g‗azal hisoblanadi? Rabg‗uziyning she‘riy 
janrlarga qarashi mavjud an‘anaviy usullardan kelib chiqqan. G‗azal maqtaida 
taxallus qo‗llamasdan mazkur janr talablariga rioya qilingan she‘rlar o‗zbek 
adabiyotida bor. Masalan,
Rabg‗uziy g‗azal terminini aynan mazkur janr talablariga javob beradigan 
she‘rga nisbatan qo‗llaydi. YUsuf qissasida 
g„azal
termini ostida keltirilgan janr 


buning yorqin misolidir. Bu g‗azalni Zulayho YUsufning firoqida o‗rtanganda 
aytgan. 
G„azal 
Jilva birla solnu chiqg‗an ol yangoqlig‗ yoni qor, 
Ko‗zlari yulduz, yuzi kun, olini ko‗kning oyidin. 
Ko‗rsayurman ko‗rkingizni ko‗rgu bo‗lmas ko‗zginam, 
Ko‗rk zakotin berki vojib qilsa ko‗rkning boyidin. 
Qosh otib ko‗nglumni olg‗an jon qo‗larsiz berayin, 
Ul netak oshiq bo‗lurkim, qaytsa ma‘shuq ra‘yidin. 
Nogahon bir qubla qo‗lsam o‗fqa birla hoyqirar, 
Jon berib o‗lgay telim ul jumla qilg‗on hoyidin. 
Rabg‗uziy qul Nosiruddin ta‘bi turluk so‗z tuzar, 
Gulchirab usruk o‗lay ko‗z boqsa quymoch qoshidin (1. 126). 
Mazkur g‗azal maqtaida Rabg‗uziy taxallusini keltiryapti. Ammo e‘tibor bersak, 
g‗azal janri qoidalariga xilof qoidani ko‗ramiz. Bu – g‗azalning matlai 
qofiyalanmaganidir, ya‘ni g‗azalning qofiyalanish tizimi 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish