bor edi. U Makkada ancha obro‗li odam edi. Temur maxzum, SHom viloyatida mashhur folchiga
bor, odam yuboringlar, folbin qanday hukm qilsa, bajaringlar, dedi. Borgan odamlar folbindan
o‗ragan edilar, folbin shunday deb buyurdi: ―Abdullohni va o‗nta tuyani yonma-yon qo‗yib,
qur‘a tashlanglar. Qur‘a tuyaga chiqsa, tuyani qurbon qilinglar, Abdulloh qolsin. Abdullog‗ otiga
chiqsa, yana o‗nta tuya qo‗shinglar va qur‘a tashlanglar‖. Qur‘a tuyaga chiqquncha shunday
qildilar. Tuyalar miqdori yuztaga etganda, qur‘a tuyaga tushdi deya tuyalarni qurbon qildilar.
Abdulloh qoldi.
Bu voqeani Rabg‗uziy ―Bu kun shariatda er bahosi yuz tuyadan qoldi‖,
deb izohlaydi va Payg‗ambar a.s.ning ―Ikki bo‗g‗uzlanmishning o‗g‗liman‖, deb
aytgan hadisi ma‘nosini shu tariqa to‗liq ochib beradi.
Rabg‗uziy asarni yozish jarayonida o‗zining zimmasida katta mas‘uliyat
yotganini har doim his qilib turadi. SHu bois ham manbalarni chuqur va diqqat
bilan o‗rganishni maqsad qilib qo‗yadi. Uning uchun musulmon manbalari ham,
yahudiy manbalari ham birdir. U uchun eng muhimi – manbalarning
ishonchliligidir. Jumladan, Rabg‗uziy o‗zigacha yaratilgan tafsirlarni sinchiklab
o‗rganib, boshqa tarixiy, adabiy manbalar bilan solishtirib chiqqan, ixtilof bor
o‗rinlarda manbalarga aniq ishora qiladi. Masalan, Rabg‗uziy keltirgan
rivoyatlarga ko‗ra, YUsufga zarar etkazgan akalari payg‗ambar urug‗idan ekan.
Ammo Imom Abulhasan SHofi‘iyning ―Usmat ul-anbiyo‖ asarida YUsufning
qarindoshlari unga zarar etkazgan paytda yalavoch emas edilar, degan ma‘lumotni
keltiradi (106-bet).
―Qisasi Rabg‗uziy‖ – badiiy asar. Asar 72 qissadan tashkil topgan. Har
bir qissa tarkibida hikoyat, g‗azal, latifa, rivoyat, to‗rtlik (118-b.), savol va javob,
hikmat, hadis kabi janrlar va shakllar bor. Ayniqsa, YAssaviy hikmatlariga
mazmun va shakl tomondan hamohang hikmatlarning uchragani diqqatga sazovor.
Bu hikmatlar har bir qissada har bir payg‗ambarga bag‗ishlab yozilgan.
―Qisasi Rabg‗uziy‖ turkiy tilda so‗zlashuvchi kitobxonlarga payg‗ambarlar haqida
to‗laqonli, dalillarga asoslangan, ishonchli ma‘lumotlarni etkazish, shu bilan birga,
SHayx SHibliy (23), Umar Xattob raziyallohu (34), Imom SHayx Jo‗yboriy (34),
SHayx Basriy (107) kabi qator ulug‗ mutasavviflar hayoti va ta‘limotiga oid
lavhalar bilan tanishtirishdan iborat. Quyida ―Qisasi Rabg‗uziy‖dagi har bir janrni
ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: