Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/84
Sana13.04.2022
Hajmi2,34 Mb.
#548765
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84
Bog'liq
Nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020 (2- qism) „O‘qituvchi

Iboralar:
ko‘ngil chog‘ligingizda, ko‘ngil ravshanligingizda; bahri di-
lingiz ochiladi, ko‘nglingiz ko‘tariladi; labidan kulgi arimaydigan, chehrasi 
ochiq; ko‘ngilni ko‘taradigan, ko‘ngilga xush keladigan; boshingiz ko‘kka yetsa, 
dimog‘ingiz chog‘ bo‘lsa; hash-pash deguncha, ko‘z ochib yumguncha.
13.4- mashq.
Quyidagi iboralar asosida og‘zaki gaplar tuzing. 
Ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan; nomi ulug‘, suprasi quruq; katta boshini kichik 
qilmoq; dami ichida qolmoq; suvdan quruq chiqmoq.
13.5- mashq.
Ikki guruhga bo‘linib, 
„Bu so‘z bizniki“ 
musobaqasini o‘tkazing. Be-
rilgan iboralarni 1- guruh sinonimik juftlik, 2- guruh antonimik juftlik shaklida yoz
-
sin.
Yerga urmoq; ko‘kka ko‘tarmoq; yuragi keng; yuragi tor; ko‘ngli joyiga tush
-
di; yuragiga g‘ulg‘ula tushdi; almisoqdan beri; almisoqdan qolgan; ammamning 
buzog‘i; og‘zing qani desa, qulog‘ini ko‘rsatadi; anqoga shafe; anqoning urug‘i; 
jag‘ida jag‘ qolmadi; og‘ziga mum solgan; jag‘i tinmadi; labi labiga tegmaydi; 
og‘ziga muhr bosilgan; og‘zida osh damlamoq. 
4 – Ona tili, 11-sinf
http://eduportal.uz


50
13.6- mashq.
Omonim ibora qatnashgan gap juftliklariga diqqat qiling. Ular -
ning ma’nosini izohlang.
1. Bugun, nihoyat, askarlarga dam berildi. Mashina balloniga nasos bilan 
dam berildi. 2. Haziling bor bo‘lsin, kulaverib ichaklarim uzilayozdi. Uzoq vaqt 
ovqat yemay ochiqqanimdan ichaklarim uzilayozdi. 3. Uzumingiz boshini yeb 
solibdi-ku. Ocharchilik ancha odamning boshini yeb ketdi. 4. Bu qiz shuncha 
qilgan yaxshiliklaringizni bilmay, sizdan yuz o‘girdi. Endigina chaqirish uchun 
og‘iz juftlamoq chi edim, o‘zi men tomonga yuz o‘girdi.
 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Metafora yo‘li bilan hosil qilingan iboralarga misol keltiring.
2.
Kalima keltirmoq va kalima o‘girmoq
iboralari orasida qanday farq bor? 
Misollar bilan tushuntirishga harakat qiling.
3. Suhbat matnini o‘qing. Unda qo‘llangan iboralarning izohli lug‘atini 
tay yorlang.
– Anavi xolang jag‘i tinmay biram sayradi, biram sayradi. Eshitib o‘tiraverib 
bag‘riginam xun bo‘ldi. 
– Tavba, aravani quruq olib qochganini qarang. Suprasida chaksa un yo‘q, 
uyida sichqonlar hassa tayanib qolgan, lekin tom boshida qo‘sh tandir, deb shu
-
naqalarni aytishadi-da.
– Lom-mim demay, hammasini ichimga yutdim. Bir oyog‘i yerda, bir 
oyog‘i go‘rda odam bilan tortishib, nima baraka topdim?
– Ha, burgaga achchiq qilib, ko‘rpani kuydirganingiz qolardi. Tortishmay 
yaxshi qilibsiz. Bir kuni insofga kelib qolar. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish