2-HISOB-GRAFIKA ISHI
Strelkali o‘tkazgich. Strelkali o‘tkazgichlarni birgalikda joylashtirish (o‘rnatish)
1-vazifa. Qalam yordamida vazifada ko‘rsatilgan yakka bir tomonlama strelkali o‘tkazgichni chizing. Strelkali o‘tkazgichning asosiy o‘lchamlarini ko‘rsating.
Yo‘llarni birlashtirish maqsadida strelkali o‘tkazgichlar qo‘llanadi. Strelkali o‘tkazgichlar yakka, juft, kesishuvchi turlarga bo‘linadi. Yakka o‘tkazgichlar bir tomonlama (chap va o‘ng) va ko‘p tomonlama (simmetrik, nosimmetrik) bo‘ladi. Bir tomonlama yakka strelkali o‘tkazgich uch qism – strelka, ulanish qismi va krestovinadan iborat.
Strelka tarkibiga quyidagilar kiradi:
ikkita rama relsi;
ikkita ostryak;
o‘tkazish mexanizmi.
Bog‘lovchi qismi tarkibiga quyidagilar kiradi:
bog‘lovchi ulanish to‘g‘ri chizig‘i (yo‘li);
bog‘lovchi egri chizig‘i (yo‘li).
Krestovina tarkibiga quyidagilar kiradi:
o‘zak (сердечник);
ikkita usovik;
ikkita kontrrels.
Strelkali o‘tkazgichlarni yo‘lga o‘rnatishda, shuningdek stansiyalar rivojlanish loyihalarini ishlab chiqishda ularning quyidagi o‘ziga xos o‘lchamlarini bilash shart:
m – rama relslari (ulama стык)laridan ostryaklar boshlanishiga qadar bo‘lgan masofa;
a0 – ostryaklar boshlanishidan O‘M ga qadar bo‘lgan masofa;
O‘M - strelkali o‘tkazgich markazi (asosiy yo‘l o‘qining yonlama yo‘l o‘qi bilan kesishish nuqtasi);
b0 – O‘M dan KMM gacha bo‘lgan masofa.
KMM – krestovinaning matematik markazi;
q - KMM dan krestovina oxirigacha bo‘lgan masofa;
m + a0 = a – rama relslari ulamasidan O‘Mgacha bo‘lgan masofa;
b0 + q = b - O‘M dan krestovina oxirigacha bo‘lgan masofa;
a + b = Ln - strelkali o‘tkazgichning to‘liq uzunligi.
Strelkali o‘tkazgich sxemasini yo‘l o‘qlarida chizish. Stansiya sxemalari va temir yo‘llar rejalarini tasvirlash hamda o‘qish qulayligi uchun chizmaga faqat yo‘l, strelkali o‘tkazgich, yopiq kesishmalar va strelka ko‘chalari o‘qlari hamda o‘tkazgich markazlarini kiritish qabul qilingan.
Oddiy strelkali o‘tkazgich tasviri yo‘l o‘qlarida o‘tkazgich markazidan krestovina ά burchagi ostida uzoqlashayotgan ikki chiziq ko‘rinishida bo‘ladi.
4-rasm. Oddiy strelkali o‘tkazgichning o‘qlardagi sxemasi.
O – o‘tkazgich markazi; Lp - strelkali o‘tkazgichning to‘liq uzunligi; ά – krestovina burchagi.
Stansiyalarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida talabalar strelkali o‘tkazgichning tarkibiy tuzilishi va unga qo‘yiladigan talablar haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishlari kerak.
Strelkali o‘tkazgichlarni o‘rganishda, adabiyotdan ularning turlari, tuzilishi va qo‘llanishi haqidagi ma’lumotlarni to‘liq o‘rganib, konspekt qilish tavsiya etiladi.
Strelkali o‘tkazgichlar temir yo‘llarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, harakat xavfsizligini ta’minlash ko‘p jihatdan o‘tkazgichlarning sozligiga va ularning ishga yaroqli holatda saqlanishiga bog’liq. Temir yo‘llardan texnik foydalanish qoidalarida strelkali o‘tkazgichlarning ishga shay holatini ta’minlashga qo‘yiladigan talablar zikr qilinishi bilan birga, ulardan foydalanishni taqiqlovchi bir qator nosozliklari ham sanab ko‘rsatilgan. Jumladan, bunday nosozliklarning jami 10 xil bolib, ulardan birortasi mavjud bo‘lgan taqdirda strelkali o‘kazgichni ishlatish taqiqlanishi belgilangan. Strelkali o‘tkazgichlarni o‘rganishda, ushbu nosozliklarni ham tahlil qilish talab etiladi.
Strelkali o‘tkazgichlar bo‘yicha topshiriqni bajarishda, uning chizmalarini berilgan rusumda aniq chizish, belgilangan tartibda o‘lchamlarini qo‘yish va rasmiylashtirish talab qilinadi. Quyidagi jadvallarda topshiriqni bajarish uchun strelkali o‘tkazgichlar haqida zaruriy ma’lumotlar ilova qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |