Harakat tarkibi gabariti yo‘l o‘qiga perpendikulyar (ko‘ndalang) chegara chizig‘i bo‘lib, uning ichida tashqariga chiqmasdan to‘g‘ri va gorizontal yo‘ldagi yuklangan va bo‘sh harakat tarkiblari joylashishi kerak. Gabaritlar temir yo‘llarda inshootlarning va harakat tarkiblarining (lokomotivlar, vagonlar) yo‘l o‘q chizig‘iga nisbatan ko‘ndalang o‘lchamlarini belgilaydi.
Bugungi kunda 1520 (1524) mm koleya(oraliq)li temir yo‘llar tarmog‘i uchun T, 1-T, 0-T, 01-T, 02-T, 03-T harakatdagi tarkiblarning quyidagi gabaritlari belgilangan. Harakatdagi tarkib maksimal darajada me’yorlanadigan dopusklarga ega bo‘lishi mumkin. Gabaritlarning quyidagi qo‘llanish sohasi belgilangan:
1-T – temir yo‘llar tarmog‘ining barcha yo‘llari, korxonalarning tashqi va ichki yo‘llari bo‘ylab aylanishiga yo‘l qo‘yiladigan harakatdagi tarkib uchun;
T – MDH umumiy temir yo‘l tarmog‘i, sanoat va transport korxonalarining inshootlari va moslamalari S qurilmalarning yaqinlashish talablariga hamda elektrlashtirilmagan liniyalar uchun yuqoridan ko‘rinishga muvofiq tashqi va ichki yaqinlashish yo‘llari. Elektrlashtirilmagan yo‘llar uchun yuqoridan ko‘rinishi chizmasi bilan.
Binolar va harakatdagi tarkibning yaqinlashish gabariti hamda yonma-yon o‘tayotgan harakatdagi tarkiblar orasida ularning yo‘ldagi alohida elementlarning nosozligir (relslar yedirilishi, relslarni joylashtirishdagi chetlashishlar) tufayli ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy siljishlari, harakatdagi tarkibning tebranishlari va yonga egilishlari uchun ma’lum bo‘shliq qoldiriladi. Bu bo‘shliq poyezdlarning bemalol o‘tishini va odamlar xavfsizligini kafolatlab, nogabarit yuklar tashilishiga imkon beradi.
S va T gabaritlari o‘zaro joylashtirilganda ular orasida qoladigan bo‘shliq harakatlanuvchi tarkibni turli holatlarda, to‘g’ri va burilish joylarida harakat xavfsizligini ta’minlaydi. 4-chizmada S va T gabaritlarining birgalikdagi tasviri ko‘rsatilgan.
|
|
1.a-rasm. Temir yo‘larda harakat tarkibi gabariti T
|
1.b-rasm. Temir yo‘larda harakat tarkibi gabariti 1-T
|
|
|
1.v-rasm. Temir yo‘larda harakat tarkibi gabariti 0-T(1-VM)
|
1.g-rasm. Temir yo‘larda harakat tarkibi gabariti 01-T(0-VM)
|
|
|
|
|
1.d-rasm. Temir yo‘larda harakat tarkibi gabariti 02-T
|
1.e-rasm. Temir yo‘larda harakat tarkibi gabariti 03-T
|
•••••••• - faqat signal moslamalari uchun.
-----•----- - turtib chiqib turgan qismlar: tutqichlar, suv tushishi uchun koziryoklar, paravanlar uchun. Ochiq holatida paravanlar signal moslamalari uchun mo‘ljallangan chizgi (очертание) ga mos tushishlari kerak (1-rasm, a, b, v ga qar.).
– • • – – 1960-yilning 1-yanvariga qadar qurilgan harakatdagi tarkib uchun yo‘l qo‘yiladigan kengayish joyi.
Do'stlaringiz bilan baham: |